1. Korxonalar moliyaviy holati tahlili tushunchasi va asosiy talablari



Download 33,54 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi33,54 Kb.
#597675
Bog'liq
MAVZU


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

“Iqtisodiyot turizmi” fakulteti


3-3 IQTIM 21 guruh talabasi
“Statistika” fanidan

MUSTAQIL ISHI
MAVZU: KORXONA MOLIYAVIY HOLATI VA SAMARADORLIGI KO'RSATGICHLARI

Bajardi: Bafoyev A.


Buxoro 2022-yil
MAVZU: KORXONA MOLIYAVIY HOLATI VA SAMARADORLIGI KO'RSATGICHLARI
Kirish .
1. Korxonalar moliyaviy holati tahlili tushunchasi va asosiy talablari.
2. Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari
3. Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqdashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xalq xo’jaligini bozor munosabatlariga o’tkazish bilan korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari, foyda va rentabellik, korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo’jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta ro’l o’ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti xisoblanadi. Korporativ boshqaruvni tubdan o’zgartirish lozim. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy xisobot shakllari qabul qilindi, ularni o’rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir kator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar xam kam emas. Moliyaviy tahlilni o’tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar


Korxonalar moliyaviy holati tahlili tushunchasi va asosiy talablari. Korxonalar moliyaviy holatini baholash korxonaning mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va banklar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishlari uchun juda katta ahamiyatga ega. Zero, ijobiy moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan korxonalar hech qanday to‘siqlarsiz kredit olishlari va uning hisobidan tovar-moddiy boyliklarni sotib olishi, salmoqli mablag‘larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, asbob-uskunalarni yangilashga yo‘naltirishlari mumkin. Salbiy moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan korxonalar bankdan kredit olmasada, o‘z moliyaviy ahvolini yaxshilash, ishlab chiqarish, sotuv hajmini, o‘z mablag‘lari miqdorini, rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risida axborotga ega bo‘ladilar. Korxonalarning moliyaviy holati bu: - kompleks ravishdagi tushuncha bo’lib, u o’z ichiga keng ko’rsatkichlar tizimini oladi, ular korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi; - korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo’jalik omillarining xarakati, ularning o’zaro aloqadorligi natijasidir; - korxonalarning mo’tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa faoliyati uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir; - korxonalarning boshqa xo’jalik sub’ektlari, organlari va tashkilotlari bilan o’zaro aloqalarni xaqiqiy aks ettirishidir.

Korxonalarning ichki va tashki omillar ta’siri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo’lgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatadi. Umuman korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va mikro iqtisodiyot, menejment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit, pul muomalasi va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo’lishlari lozim. Iqtisodiy adabiyotda, ma’lumki, “Moliyaviy tahlil” atamasidan foydalaniladi. “Moliyaviy tahlil” iqtisodiy tahlilning bir shakli xisoblanadi, ikkinchi shakli - bu “boshqaruv tahlili”. Demak, mazmunan “Moliyaviy tahlil” va “Korxonalarning moliyaviy holati tahlili” - bu xar xil mazmunga ega bo’lgan iboralar. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy tahlil — keng ko’rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab jarayon bo’lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat: - mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni borligini bilish; - moliyaviy tahlil mobaynida mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan birgalikda foydalanish; - moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga — alohida xodisalardan umumiy xodisalarga o’tish, moliyaviy holatning bir shakl ko’rinishidan umumiy ko’rinishga o’tish va deduktiv usulga — umumiy xodisalardan alohida xodisalarga o’tishga asoslanib tahlil qilish; - hamma foydalanilayotgan ko’rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi lozim; - moliyaviy holatni tahlil qilishda tahlil qilinayotgan korxona


ko’rsatkichlarini boshqa korxonalar, o’rtacha tarmoq ko’rsatkichlari va ilg’or korxonalar ko’rsatkichlari bilan taqqoslash; - moliyaviy tahlilning har tomonlama bo’lishligi va korxonalarning umumiy moliyaviy holatiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish; - moliyaviy tahlilni samarali o’tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni oldindan tayyorlash va bu borada asosiy tasdiqlangan moliyaviy manbalar bilan cheklanmasdan birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish; - moliyaviy tahlil ob’ektiv ravishda tashkil qilinib, u korxonalarning moliyaviy holati real darajasini ifodalashi lozim; - moliyaviy tahlil o’z vaqtida o’tkazilib, tahlil yakunlariga asoslanib, moliyaviy holatni yaxshilash choralarini o’z vaqtida amalga oshirishga imkon berish; - moliyaviy tahlil kompleks ravishda o’tkazilib, unda moliyaviy holatning hamma shakl va yo’nalishlari ifodalanishi lozim; - moliyaviy tahlil o’z vaqtida va xaqqoniy bo’lib, u moliyaviy holatni ko’tarishga bag’ishlangan tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga imkon berishi; - moliyaviy holatni tahlil qilish shunday vaqtda o’tkazilishi lozimki, tahlil yakunlari qo’yilgan maqsadni amalga oshirib, korxona boshqaruvini takomillashtirishga imkoniyat tug’dirishi lozim; - moliyaviy tahlil barcha yig’ilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanib, kerakli ko’rsatkichlardan foydalanib, bu ko’rsatkichlarning asosliligi to’g’ri usullarda aniqlanishi lozim, Ko’rinib turibdiki, moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab va muhim bo’lganligi sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo’lishi lozim. Yuqorida ko’rilgan talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda, quyidagi vazifalarni bajarishga yo’naltirilishi kerak: 1. Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash. 2. Moliyaviy holatning o’zgarishini aniqlash. 3. Moliya holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish. 4. Korxonalarda qo’lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifodalab, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zaxiralarni ko’rsatib berish. 5. Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shartsharoitlarini ko’rsatib berish. Bajariladigan vazifalar shuni ko’rsatayaptiki, moliyaviy holatni tahlil qilish korxonalarda shakllanayotgan boshqaruv tizimini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Moliyaviy tahlil boshlanmasdan tahlilning ob’ektlari va predmetlari aniqlanishi lozim. Moliyaviy tahlilning asosiy ob’ekti xo’jalik sub’ektlari, alohida korxonalar, tashkilotlar hisoblanadi. Lekin moliyaviy holat korxonalar guruhi, ishlab chiqarish tarmoqlari miqyosida ham aniqlanishi mumkin. Moliyaviy tahlilning predmeti korxona va tashkilotlarning moliyaviy faoliyati, ularning moliyaviy resurslaridan foydalanish jarayoni xisoblanadi. Moliyaviy tahlilning madsadi va uning yo’nalishini e’tiborga olsak, moliyaviy tahlil xar xil shaklda bo’lishi mumkin; tarmoqlararo, tarmoqda, korxonalar miqyosida, joriy va istiqboliy, tezkorlikda tugallangan bo’lishi mumkin. Tarmoqlararo moliyaviy tahlilda tarmoqlararo iqtisodiy aloqalarni nazarda tutgan holda tahlil qilinayotgan korxonalarning moliyaviy holati o’rtacha tarmoq ko’rsatkichlari bilan solishtiriladi. Tarmoq miqyosida o’tkazilayotgan moliyaviy tahlilda tahlil qilinayotgan korxonalarning moliyaviy ko’rsatkichlari shu tarmoqdagi boshqa korxona hamda ilg’or korxonalar ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Bozor munosabatlari davrida butun korxona va tashkilotlar mustaqil ravishda faoliyat olib borar ekan, moliyaviy tahlilning eng asosiy shakli alohida korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish hisoblanadi. Tugallangan moliyaviy tahlilda korxonaning butun moliyaviy holati tahlil qilinadi, undan tashqari korxonalar moliyaviy holatining alohida yo’nalishlari, shakllari tahlil qilinishi mumkin. Tezkor tahlil korxonalar faoliyatida doimo, uzluksiz bo’lishi kerak. Unda moliyaviy holatning alohida ko’rsatkichlari kuzatib boriladi va ularning o’zgarishiga qarab boshqaruv tadbirlari ishlab chiqilib amalga oshiriladi. Joriy moliyaviy tahlil chorak va yarim yillik moliyaviy xisobotlar bo’yicha o’tkazilib, moliyaviy holatni yil davomida o’zgartirib, yaxshilab turish imkoniyatini beradi. Faoliyat ko’rsatayotgan xar bir korxona o’z istiqboliga ega bo’lishi zarur, bu istiqbol tadbirlari esa korxonalar bo’yicha ishlab chiqilishi kerak. Shu munosabat bilan korxonalarning moliyaviy holati istiqbolini ham tahlil qilib turish kerak. Moliyaviy tahlilning yo’naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin: - gorizontal tahlilda xisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi; - vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlarning tarkibiy-tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni qoplovchi manbalarining xisobot davridagi tarkibi va uni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi ifodalanadi; - nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqa o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining va ularning manbalari o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa ifodalanadi; - taqqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida bo’limchalari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi; - pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi. Yuqorida ko’rsatilgan moliyaviy tahlilning shakllaridan tashqari yana amaliyotda ichki va tashki, moliyaviy va boshqaruvchanlik tahlili shakllari qo’llaniladi. Ichki moliyaviy tahlil korxonalarning xodimlari tomonidan o’tkazilib, shu korxonalarning boshqaruv tizimini kelgusida takomillashtirish va moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida o’tkaziladi. Tashqi moliyaviy tahlil korxonalarning xodimlari tomonidan emas, balki organlar, tashkilotlar xodimlari tomonidan o’tkaziladi. Bu tahlil korxonalarning iltimosi bo’yicha yoki tashqi organ, tashkilot, korxona xodimlari tomonidan nazorat sifatida o’tkazilishi mumkin. Bozor munosabatlariga o’tish bilan moliyaviy va boshqaruvlik tahlilidan keng foydalanilmoqda va bu tahlil shakllari katta ahamiyat kasb etayapti. Moliyaviy tahlil — korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy xisobotlarining ma’lumotlariga asoslanib o’tkaziladigan tahlildir. Yuqorida ta’kidlanganidek moliyaviy tahlilni korxonalarning xodimlari o’tkazishi mumkin, lekin moliyaviy xisobot ochiq bo’lganligi uchun bu tahlilni boshqa tashqi organlar, korxonalar va tashkilotlar — soliq, moliya, bank va boshqalar tomonidan o’tkaziladi hamda korxonalarning moliyaviy xolatiga baho beriladi. Boshqaruv tahlili bevosita korxonalar tomonidan o’tkazilib, u ham ochiq, ham yopiq xisobot axborotlariga asoslanadi va bu tahlil yakunlari korxonalar raxbariyati tomonidan boshqaruvlikni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Bu tahlilda yopiq ma’lumotlardan foydalanilganligi uchun bu tahlilni asosan tashqi korxona va organlar emas, bevosita korxona xodimlari olib boradilar, chunki bozor munosabatlari davrida xar bir korxona o’zining xisob siyosatiga ega. Shuningdek, uning faoliyatida tijorat sirlari bo’lib, ular moliyaviy xisob va xisobotda emas, boshqarma xisob va xisobotida ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari bir birini inkor qilmaydi, ular bir-biri bilan bog’lik, lekin bajaradigan vazifalari va xususiyatlari xar xil. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: - moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo’lib, ulardan hamma foydalanishi mumkin; - moliyaviy tahlilning sub’yektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan xisobot ma’lumotlariga asoslanadi; - moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o’tkaziladi; - moliyaviy tahlilning yo’nalishi moliyaviy xisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo’lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustaxkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.
O’z navbatida boshqaruv tahlili quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi: 1) korxona tijorat sirlarini saqlash maqsadida boshqaruvlik tahlilning yopiqligi; 2) boshqaruv tahlili o’tkazilganda foydalanadigan ma’lumotlar tarkibi chegaralanmaydi. Bu tahlilda ochiq moliyaviy xisobot ma’lumotlaridan tashqari, birlamchi buxgalteriya xisobi ma’lumotlari, maxsus tashkil qilib yig’ilgan ma’lumotlaridan foydalaniladi; 3) boshqaruv tahlilida tahlil yo’nalishlari, foydalanilayotgan ko’rsatkichlar, bajariladigan vazifalar chegaralanmaydi; 4) boshqaruv tahlilining yakunlari ichki maqsadlar xamda moliyaviy holatni yaxshilash uchun foydalaniladi. Ko’rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o’tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo’llanib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o’tkazish, mutlaq, nisbiy, o’rtacha, dinamik ko’rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim. Umuman tahlil qilish usullari, ayniqsa, moliyaviy holatni tahlil qilish usullari bozor munosabatlariga o’tish bilan yanada takomillashtirilishi, korxonalararo taqqoslash, raqobatchi va ilg’or korxonalar bilan taqqoslash hamda korxonalarning istiqbol moliyaviy holatini tahlil qilish usullari katta ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab ish bo’lib, u o’z ichiga korxonalarda shakllangan moliyaviy holatni, uning alohida yo’nalish bo’yicha moliyaviy holatini aniqlovchi shart-sharoit, omillarni, korxonalar moliyaviy holatini kelgusida ko’tarish imkoniyatlarini, zaxiralarini, yo’nalishlarini tahlil qilishni oladi. Demak, moliyaviy tahlilni xar tomonlama tayyorlab, so’ng o’tkazish lozim. Shu sababli moliyaviy tahlilni tayyorlash va o’tkazish bir qancha bosqichlarni o’ziga olib, ular quyidagilardan iborat: - moliyaviy tahlilni o’tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; - tahlilni o’tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning ro’yxatini tuzish; - tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to’plash; - moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlar tizimini aniqlash; - moliyaviy tahlil ko’rsatkichlarini xisoblash usullarini aniqlash; - tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlarni xisoblash va ularni umumlashtirish; - tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; - moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari bo’yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini ko’tarishga bag’ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; - moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig’ilishda muhokama qilish; - tahlil yakunlari bo’yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, korxonaning moliyaviy holatini ko’tarish maqsadida boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona raxbariyatining maxsus qarorida ifodalash. O’tkazilayotgan moliyaviy tahlilning darajasi va mazmuni foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasiga bog’liй iqtisodiy fanlarning rivojlanishi, buxgalteriya xisobi va xisobotlarining takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning manbalari bo’lib xisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalarning yillik va boshqa xisobotlarini ko’rish mumkin.
Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari
Moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takрoр ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot va tadbirkorlik doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini korxonalar, iqtisodiyot taрmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va saрflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning piрovaрd natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Eng avvalo, korxonalar (taрmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan faрqlash lozim. Korxona va taрmoqlar moliyasi ulardagi takрoр ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, soliqlarni, ijtimoiy sug’uрta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’uрtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy Markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’uрta (ijtimoiy sug’uрta, tibbiy sug’uрta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, taрixiy yodgoрliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati oрtib boradi. Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash manbalariga quyidagilar kiradi: 1) o’z mablag’lari; 2) davlat yoki mahalliy byudjet mablag’lari; 3) qarz yoki kredit mablag’lari; 4) xorijiy yoki mahalliy investoр mablag’lari; 5) homiylik, beg’aрaz yordam mablag’lari xali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. Bu xolat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy ro’l o’ynamoqda.
Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari
Boshqaruv faoliyati omillarining barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga saрflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqarishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi harajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuрitish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, korxona faoliyatini to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan daрak beradi. Boshqaruv faoliyati tizim taрzida quyidagicha tasviрlanadi:
Resurslar Boshqaruv funksiyalari Samara (ijobiy) Materiallar - Rejalashtirish Yaxshi sifatli tovar Mehnat - Тashkil etish Foyda va harajatlar Sarmoya - - Motivlashtirish Bandlik Energiya - Muvofiqlashtirish Ijtimoiy naflar Axborot - Nazorat qilish
Samara (salbiy)
Yaрoqsiz tovar
Moliyaviy zararlar
Ishsizlik
Ijtimoiy noxushliklar
Zamonaviy boshqaruv samaradorligini baholash mezonlari va uni oshirish yo’llari quyidagi chizmada tasviрlangan.
Korxonalar faoliyatining moliyaviy menejmenti – korxona moliyaviy munosabatlari va faoliyatini malakali boshqaruvi natijalarini ifodalovchi ko’rsatkichlardan asosiysi korxona foydasidir. Korxonalar foydasining turlari quyidagilardan iborat: a) mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YaF). Bu sotishdan tushgan sof tushum (SТ) va sotilgan mahsulotning tannaрxi (MТ) o’rtasidagi faрqdan iborat, ya’ni
YaF = SТ – MТ;
b) asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tushgan foyda (IChF). Bu ma’lum davr ichida mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YaF) va harajatlar (Aharaj.) o’rtasidagi faрq va plyus boshqa asosiy faoliyat sohalari daromadlari (Bdaр.) yoki kamomadlari (Bkam.) ayiрmasidan iborat, ya’ni:
IChF = YaF – Aharaj. + Bdaр. – Bkam.;
v) umumiy xo’jalik faoliyatidagi foyda (UХF). Bu algebрaik ifodalar yig’indisi taрzida ifodalanadi: asosiy faoliyatidagi foyda (AFF) plyus dividendlar (DD) va foizlar bo’yicha daromadlar (FD) plyus (yoki minus) chet el valyutalari bo’yicha opeрatsiyalaridan olingan daromadlar (yoki kamomadlar) (ChEV) plyus (yoki minus) qim-matbaho qog’ozlarni qayta baholashdagi daromadlar (yoki kamomadlar) (KKKB) minus foizlar bo’yicha harajatlardan (FХ) iborat, ya’ni:
UХF = AFF + DD + FD ± ChEV ± KKKB – FХ;
g) soliq to’lovlarigacha bo’lgan foyda (SF). Bu ko’rsatkich ham algebрaik ifodalar yig’indisi taрzida ifodalanib, umumiy xo’jalik faoliyatidagi foyda (UХF) va tasodifiy (ko’zda tutilmagan) foyda yoki kamomadlar (ТFK) saldosidan iborat, ya’ni:
SF = UХF ± ТFK;
d) yillik sof foyda (YSF). Bu barcha soliqlarni to’lab bo’lgandan so’ng korxona hisobiga qoladigan daromad, ya’ni soliq to’lovlarigacha bo’lgan foydadan (SF), daromad yoki foyda solig’ini (FS) hamda boshqa soliqlar yoki to’lovlarni (BS) olib tashlangandan keyin qolgan qismidir, ya’ni:
YSF = SF – FS – BS;
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini yuрitishi davomida kelib chiqadigan harajatlar o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha tasniflanadi: Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannaрxi: a) to’g’ri va egрi moddiy harajatlar; b) to’g’ri va egрi mehnat harajatlari; v) boshqa to’g’ri va egрi harajatlar. Ma’lum davrdagi harajatlar: a) sotish bilan bog’liq harajatlar; b) boshqarish bilan bog’liq harajatlar (ma’muriy harajatlar); v) boshqa jarayonlar bilan bog’liq harajatlar. Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq harajatlar: a) foizlar bo’yicha harajatlar; b) xorijiy valyutalar bilan bog’liq opeрatsiyalarda kuрslarning salbiy faрqi; v) qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholash; g) moliviy faoliyat bilan bog’liq boshqa harajatlar. Тasodifiy harajatlar (tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadigan harajatlar). Korxonalarning xo’jalik faoliyatining yuрitishi davomida kelib tushadigan daromadlari o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlanadi va u hisobotlarda quyidagi asosiy bo’limlar bo’yicha aks etadi: - sotishdan tushgan sof tushumlar; - asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (opeрatsion daromadlar); - moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar; - tasodifiy daromadlar. Sotishdan tushgan sof tushumlar – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlardan, qo’shimcha qiymat solig’i, aksiz solig’i, ekspoрt solig’i (sotib oluvchi tomonidan beriladigan ayrim skidkalar) va boshqa to’lov hamda ajratmalarni olib tashlagandan keyin qolgan qismi sifatida hisoblanadi. Korxonalarning ekspoрt faoliyati bilan bog’liq opeрatsiyalardan tushgan foyda va daromadlarni hisoblash, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlar hajmini aniqlash kabi belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (opeрatsion daromadlar) hisobot bo’limining «Boshqa daromadlar va tushumlar» moddasida ko’rsatiladi. Bularga: - xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun turli xildagi sanksiyalar, jaрimalar, penyalar, shuningdek, keltirilgan zarar va kamomadlarni qoplash; - hisobot yilida, o’tgan yildagi daromadlar va foydalarni hisoblash natijasida topilgan summa; - mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish yoki ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq bo’lmagan boshqa daromadlar, ya’ni renta daromadlari, xizmat ko’rsatish taрmoqlaridan tushgan daromadlar, korxona tizimidagi oshxonalar va kafelar hisobidan kelib tushadigan tushumlar; - asosiy fondlar va korxonaning boshqa mol-mulklarining faoliyatidan kelib tushadigan moliyaviy daromadlar kiradi. Moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: - рoyalti (litsenziya bitimida ko’rsatilgan naрsadan foydalanish huquqi uchun sotuvchiga vaqt-vaqti bilan pul o’tkazib turish) va tрansfeрta (egasining nomi yozilgan qimmatbaho qog’ozlarni bir kishi nomidan boshqa kishiga o’tkazish) kapitallarini to’plash; - korxona tizimida faoliyat ko’rsatayotgan taрmoqlarning qim-matbaho qog’ozlarga qo’shgan ulushlaridan kelib tushadigan dividendlar hisobidagi daromadlar; - valyuta schyotlari bo’yicha kuрslar faрqining ijobiy saldolari; - sho’’ba korxonalarning qimmatbaho qog’ozlarga saрflangan mab-lag’larini qayta baholash hisobidan kelib tushadigan foydalar va boshqalar. Тasodifiy foyda yoki daromadlar – xo’jalik faoliyatini yuрgizish davomida ko’zda tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e’tiborga olinmagan jarayonlar va voqealar tufayli vujudga keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat yuрgizish davomida ifodalangan hisobotlarda aks yetgan boshqa daromadlar bo’limi moddasidagi daromadlar kiritilmaydi. Хo’jalik faoliyatini yuрitish davomida korxonalar o’z mablag’lari darajasini aniqlashi va nazorat qilishi muhim o’rin tutadi. Chunki mulkiy javobgarlik, tuzilgan kontрaktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan o’zaro kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu mulkka bo’lgan egalik huquqlari bo’yicha kafolatlanadi. Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar, faqat korxonaning o’z mablag’lariga quyilishi mumkin. O’z mablag’larning mikdori buxgalteрiya balansi ma’lumotlariga asosan aniqlanadi. Mulk foрmalaridan qat’iy nazar, xo’jalik yuрituvchi sub’ektlar hisobida bo’lgan o’z mablag’lari summasi quyidagi foрmula yordamida aniqlanadi:
O’mab. = BV – (M + Mmaj.o’s. – Mmaj.so’n.) – Ddeb.qaрz. – Z;
Bunda: BV – balans valyutasi summasi; M – uzoq muddatli va qisqa ddatli majburiyatlar passivini ikkinchi va uchinchi bo’limlari; Mmaj.o’s. – majburiyatlarning o’sishi – oxiрgi hisobot davri uchun balans ma’lumotlari bilan taqqoslaganda kontрakt imzolagan kunga qarz olingan va jalb qilingan mablag’lar; Mmaj.so’n. – kontрaktni imzolash sanasi va oxiрgi hisobot davri uchun balansni tuzish sanasi o’rtasidagi davrda majburiyat-larning so’nishi; Ddeb.qaрz. – da’vo qilish muddati tugagan debitoрlik qaрzlari; Z – zararlar summasi. Kredit munosabati ikki sub’ekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beрuvchi; ikkinchisi – pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul ko’rinishidagi mablag’larni qaytaрib berish, muddatlilik va foiz to’lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi. Kredit berilish muddatiga ko’ra, uch turga bo’linadi:
1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar).
2. O’rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan kreditlar).
3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan oрtiq bo’lgan kreditlar).
Xalqaro kreditlar berilish muddatiga ko’ra birmuncha faрq qiladi. Bunda bir yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, besh yil va undan oрtiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi. Kredit ob’ekti – bu har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo’sh turgan, berilishi mumkin bo’lgan pullar va tovarlardir. Bo’sh pul uch xil bo’ladi: - tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo’lidagi pul, ya’ni kapital; - aholi qo’lidagi pul – eрtami-kech ehtiyojni qondirish uchun to’plangan pul, egasi qo’lida kapital emas, balki iste’molni qondirish vositasi; - davlat ixtiyoрidagi pul. Bu pul ham kapital (davlat korxonasi uchun), ham umumiy iste’mol pulidir. Kreditning foiz stavkasi quyidagi foрmula yordamida aniqlanadi:
KFS = KF / KM * 100;
Bu yeрda: KFS – kreditning foiz stavkasi, %; KF – qarz foizi, so’m; KM – qarz miqdori, so’m. Bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuрitishning oqilona yo’llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-teрgab saрflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiрoq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan harajatlarni pasaytirishni, piрovaрdida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni ko’zda tutadi.
Korxonaning moliyaviy -xo'jalik faoliyati samaradorligini baholashning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Tashkilotlarning samarali ishlashini ta'minlash ularning faoliyatini iqtisodiy jihatdan barkamol boshqarishni talab qiladi, bu asosan uni tahlil qilish qobiliyati bilan belgilanadi. Har tomonlama tahlil yordamida rivojlanish tendentsiyalari o'rganiladi, faoliyat natijalarining o'zgarishi omillari chuqur va tizimli o'rganiladi, biznes -rejalar va boshqaruv qarorlari asoslanadi, ularning bajarilishi nazorat qilinadi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaxiralari aniqlanadi. korxona natijalari baholanadi va uni rivojlantirishning iqtisodiy strategiyasi ishlab chiqiladi.
Moliyaviy -xo'jalik faoliyati va korxonaning moliyaviy natijalarini tahlil qilish ishlab chiqarishning texnik darajasini, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini, ishlab chiqarishni mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta'minlanishini va ulardan foydalanish samaradorligini o'rganishni o'z ichiga oladi. Ular tizimli yondashuvga, turli omillarni kompleks ko'rib chiqishga, ishonchli ma'lumotlarni sifatli tanlashga asoslangan va boshqaruvning muhim funktsiyasidir.

Korxonaning moliyaviy natijalari va xo'jalik faoliyatini tahlil qilishdan maqsad, uning faoliyatining barcha turlarini tizimli o'rganish asosida uning ish samaradorligini oshirishdan iborat. Tahlil jarayonida texnologik, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa jarayonlar majmui, boshqaruv tizimlarining shakllanishi, qurilishi va ishlashi o'rganiladi: tashkiliy tuzilmalarni qurish tamoyillari, qo'llaniladigan usullarning samaradorligi.


Korxonaning farovonligi asosiy samaradorlikka bog'liq iqtisodiy faoliyat, bu muhim shart uning uzluksiz ishlashi zamonaviy sharoitlar omon qolish kafolati va korxonaning barqaror pozitsiyasining asosi.
Tadbirkorlik faoliyatini baholash korxonaning iqtisodiy, sarmoyaviy va ishlab chiqarish faoliyatiga ta'sir qiladi, shuning uchun tadbirkorlik faoliyatini baholash ko'rsatkichlarini tahlil qilish zarur.
Shu munosabat bilan biz biznes faoliyatini baholash ko'rsatkichlarini tahlil qilish metodologiyasini ko'rib chiqamiz va bunday baholashni o'tkazish uchun axborot bazasini aniqlaymiz.
Tadbirkorlik faoliyatini baholashning asosiy axborot bazasi moliyaviy hisobotlardir. Moliyaviy hisobotning maqsadi kompaniyaning moliyaviy holati, operatsiyalari natijalari va moliyaviy holatidagi o'zgarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etishdir. Bu ma'lumot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarning keng doirasiga kerak.
Buxgalteriya balansi - bu hisobot sanasida kompaniya kapitalini hisoblash va ikki barobar ko'paytirish natijalarini aks ettiruvchi hujjat. Kapital - bu uning barcha moddalari va yakuniy ko'rsatkichlarining tarkibi va guruhlanishini belgilaydigan yagona mustaqil va tizimli muhim balans ko'rsatkichi. Shuning uchun, balans ma'lum moliyaviy holatni emas, balki kapital holatini aks ettiradi, desak to'g'ri bo'ladi.

Moliyaviy natija - bu biznes samaradorligining asosiy mezoni. Bundan tashqari, daromadlar to'g'risidagi hisobotda ko'rsatilgan kompaniyaning sof daromadi - bu aktsiyadorlarga dividend sifatida tarqatilishi mumkin bo'lgan mablag'larning yuqori chegarasi.


Korxona samaradorligini baholash Moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida korxonaning iqtisodiy faoliyatining ob'ektiv samaradorligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin bo'lgan mezon jihatlarini aniqlashga yordam berishi kerak.
"Bayonotlar allaqachon sodir bo'lgan faktlarga asoslanadi va hisobot sanasida (allaqachon o'tgan) kapitalning holatini va uning hisobot davridagi o'zgarishlarini aks ettiradi." Shunday qilib, hisobotning bashorat qilish funktsiyasi asosiy emas, balki ikkinchi darajali vazifadir. Prognozlar, boshqa narsalar qatorida, allaqachon sodir bo'lgan voqealarga, allaqachon to'plangan manbalarga asoslangan.
Korxona faoliyatini baholash nuqtai nazaridan buxgalteriya hisobotining maqsadi foydalanuvchilarga foydali ma'lumotlarni taqdim etishdir. Hozirgi kunda deyarli barcha korxonalarda ko'plab foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi tan olingan, ularni uchta asosiy guruhga bo'lish mumkin:
To'g'ridan -to'g'ri ushbu korxonada ishlash;
Korxonadan tashqarida, lekin biznesga bevosita moliyaviy qiziqish bilan;
Biznesga bilvosita qiziqish mavjudligi.
Korxonaning moliyaviy holati to'g'risidagi ma'lumotlar balans, balans shaklida taqdim etiladi. Bu hisobot aktivlarni ko'rsatadi, ya'ni. kompaniyaga tegishli bo'lgan narsalar va uni kreditorlik qarzlari yoki o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirish manbalari. Balans korxonaning moliyaviy holatini baholash uchun ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Bu foydalanuvchiga korxona o'z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini baholashda yordam berishga mo'ljallangan.
Aktivlarga uskunalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari, joriy debitorlik qarzlari, tovar-moddiy zaxiralar, pul va bank hisoblari va avanslar kiradi. Majburiyatlar (majburiyatlar) tarkibiga o'z mablag'lari, qisqa muddatli kreditlar va passivlar, kreditorlik qarzlari, byudjet va korxona xodimlari oldidagi qarzlar kiradi.
Aktivlar korxonaning iqtisodiy salohiyati haqida ma'lum tasavvur beradi, passivlar korxona olgan mablag 'miqdori va ularning manbalarini ko'rsatadi. Balans aktivining tuzilishi shakl 2da ko'rsatilgan diagramma shaklida ifodalanishi mumkin.
"Xarajatlarning samaradorligini aniqlash, korxonaning samaradorligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash uchun faqat mutlaq ko'rsatkichlarni aniqlash etarli emas, nisbiy ko'rsatkichdan foydalanish kerak". Shu sababli, ish samaradorligi darajasini baholash uchun olingan natija - foyda sarflangan resurslar yoki resurslar bilan taqqoslanadi, bu sizga yanada ob'ektiv rasm olish imkonini beradi. Foydani xarajatlar yoki resurslar bilan solishtirish rentabellik ko'rsatkichlarini tavsiflaydi. "Daromadlilik - bu iqtisodiy samaradorlikning nisbiy o'lchovi bo'lib, u korxona yoki korxonaning samaradorligini, rentabelligini, rentabelligini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkich xarajatlarning rentabellik darajasini va mablag'lardan foydalanish darajasini tavsiflaydi". Shunday qilib, rentabellik ko'rsatkichlari korxonaning moliyaviy natijalari va samaradorligining nisbiy xususiyatlari hisoblanadi.

Iqtisodiy faoliyatda ishlatilgan ilg'or resurslar va xarajatlar samaradorligini baholash uchun ishlatiladigan rentabellik ko'rsatkichlari va uning asosida kapitaldan foydalanish rentabelligi va samaradorligi aniqlanadigan ko'rsatkichlar ajratiladi.


O'z kapitalining rentabelligi korxona mablag'lariga kiritilgan har bir rubldan olingan foyda miqdorini tavsiflaydi.
Kapital rentabelligining asosiy ko'rsatkichlari:
aktivlarning (mulkning) rentabelligi;
joriy aktivlarning rentabelligi;
o'z kapitalining rentabelligi.
investitsiyalarning rentabelligi.
Ko'chmas mulkning rentabelligi quyidagicha hisoblanadi.
Mulkning P = Korxona ixtiyoridagi foyda / Aktivlarning o'rtacha qiymati * 100%
Bu indikator, mablag 'manbasidan qat'i nazar, aktivlar birligidan qancha daromad olishini aks ettiradi. Bu indikator turli tashkilot va tarmoqlarning kapitalidan foydalanish samaradorligini aniqlashga xizmat qiladi, chunki u uzoq muddatli jalb qilingan, ham o'z, ham qarzga olingan, ishlab chiqarishga investitsiya qilingan kapitalning rentabelligini baholaydi.
Korxona ixtiyoridagi foyda deganda, sof foyda bilan bog'liq xarajatlarni to'lash va soliq to'lashdan keyin qolgan foyda tushuniladi.
Joriy aktivlarning rentabelligini quyidagi formula bo'yicha aniqlash mumkin:
P joriy aktivlar = Korxona ixtiyoridagi foyda / Joriy aktivlarning o'rtacha qiymati * 100%
Investitsion kapitalning rentabellik darajasini baholash uchun ko'rsatkich - bu o'z kapitalining rentabelligi. O'z kapitalining rentabelligi sof foyda (PP) ning o'z sarmoya manbalariga (IS) nisbati bilan ifodalanadi. Bu ko'rsatkich o'z mablag'lari rubliga tushadigan foyda miqdorini tavsiflaydi. Kapitalning rentabelligi koeffitsienti ham kompaniyaning birjadagi aktsiyalar kotirovkalari darajasini baholashda muhim rol o'ynaydi.
O'z kapitalining rentabelligi (Rsk) quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Rsk = Pch / Is * 100%
Agar korxona o'z faoliyatini kelajakka yo'naltirsa, u investitsiya siyosatini ishlab chiqishi kerak. Bunday holda, investitsiya uzoq muddatli moliyalashtirishni anglatadi. Korxonaga investitsiya qilingan mablag'lar to'g'risidagi ma'lumotlarni balansdan o'z mablag'lari manbalari va uzoq muddatli majburiyatlar yig'indisi sifatida yoki aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o'rtasidagi farq sifatida hisoblash mumkin. Investitsiyalarning rentabelligi quyidagicha hisoblanadi:
Ri = Pdn / (B - Ok) * 100%
bu erda Pdn - soliqdan oldingi foyda,
B - balans valyutasi,
OK - qisqa muddatli majburiyatlar.
Investitsiyalarning rentabelligi ko'rsatkichi amalda ko'rib chiqiladi moliyaviy tahlil moliyaviy menejerlarning investitsiyalarni boshqarishda "mahoratini" baholash usuli sifatida. Kompaniya rahbariyati to'langan soliqlar miqdoriga ta'sir qila olmasligi sababli, ko'rsatkichni aniqroq hisoblash uchun daromad solig'idan oldingi foyda miqdori hisoblagichda ishlatiladi.
Barcha aktivlar va ustav kapitalining rentabellik ko'rsatkichlari o'rtasidagi farq tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb qilish bilan bog'liq. Agar qarz mablag'lari ushbu qarz mablag'lari bo'yicha foizlarni to'lashdan ko'ra ko'proq foyda keltirsa, farqni o'z kapitalining rentabelligini oshirish uchun ishlatish mumkin. Ammo, agar aktivlarning rentabelligi qarz mablag'lari bo'yicha to'langan foizdan kam bo'lsa, qarz mablag'larining korxona faoliyatiga ta'sirini salbiy baholash kerak.
Shuningdek, u ROI va ROI ni hisoblab chiqadi. Savdo rentabelligi (Pp) sof foyda (Pp) ning sotishdan tushgan tushum miqdoriga (Bp) nisbatini tavsiflaydi, foizlar bilan ifodalanadi:
Pp = Pch / Bp * 100%
Savdo rentabelligi tadbirkorlik sub'ektining ishlab chiqarish va iqtisodiy faolligining taxminiy ko'rsatkichidir. Bu mahsulot, ish va xizmatlarga bo'lgan talab darajasini, xo'jalik yurituvchi sub'ekt mahsulot assortimenti va mahsulot strategiyasini qanchalik to'g'ri belgilashini aks ettiradi.
Xarajatlarning rentabelligi (Rz) sof foydaning ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining (Z) nisbatini foiz sifatida ifodalaydi:
Rz = Pch / Z * 100%
Xarajatlarning rentabelligi umuman iqtisodiy faoliyatning samaradorligini ko'rsatadi, hisoblashda xarajatlar, sotish va ma'muriy xarajatlar hisobga olinadi. Xarajat-foyda indikatori xarajatlar rubli bilan qancha kopek foyda hisoblanganligini ko'rsatadi.

XULOSALAR.


O’zbekiston rivojlanishning “O’zbek modelini” tanlagan holda, jamiyatni tubdan isloh qilish strategiyasini ishlab chiqishda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishni pirovard maqsad sifatida belgilab oldi. Bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat jihatdan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi ko’plab tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Mavzuni o’rganish natijasida quyidagi hulosalarga keldik va o’z takliflarimizni ishlab chiqdik. Ma’lumki, banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshirish, kreditlash imkoniyatlaini kengaytirish uchun mablag’lar jalb qilish muhim o’rin egallaydi. Yuridik shaxslar mablag’lari amaldagi qonunchilikka binoan banklardaga hisobvaraqlarda saqlanadi. Lekin aholi pul mablag’larini banklarga jalb qilish
uchun say harakat talab qilinadi. Bugungi kunda amalda bo’lgan omonat, chiqarilayotgan obligatsiyalar, deposit sertifikatlari turlari va ularning shartlari bo’yicha aholi yetarlicha ma’lumotga ega emas. Shuning uchun ommaviy axborot vositalarida banklarning passiv operatsiyalari reklamasini va ular to’g’risidagi tushuntirish ishlarini jonlantirish lozim. Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti ihtiyoriy badallari bo’yicha soliq imtiyozlari va bankning imtiyozli shartlari (yuqori foiz stavkasi va omonat daftarchalari raqamlari asosida pul buyum lotoreyalari o’ynalishi) xaqida tushuntirish va targ’ibot ishlarini jonlantirish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.


1.I.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –T.: O’zbеkiston, 2009.
2.Iqtisodiyot va menejment‖ kafedrasi. –Navoiy: NDKI, 2013.
3.O’zbеkiston iqtisodiy axborotnomasi.
4.www.travel-library.com
5.www.arxiv.uz
6.www.moodle.andmiedu.uz
Download 33,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish