1. korreksion pedagogika fanining predmeti, mavzu bahsi (4 soat) Reja



Download 379,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.07.2022
Hajmi379,2 Kb.
#757024
1   2
Bog'liq
маъруза матни

 korreksion pedagogika 
fani hisoblanadi.
Bu fan kamol topishda kamchiligi bor bolalar kamchiligining tabiatini va xususiyatlarini anglab 
olish, o‘z vaqtida bilish, malakali davolash, pedagogik ta’sir ko‘rsatish, muayyan ijobiy natijalarga 
erishish imkoniyatini beradi hamla bu bolalarni kamol topishini ta’minlaydi. Ularni maktabga borganda 
oladigan bilimlarini o‘zlashtirib olishga, so‘ngra esa jamitimizning foydali a’zolari bo’lib еtishishlarida 
yordam beradi.
Pedagog-psixolog bolalarning kamo1 tpib borishidagi nuqsonlarni korreksiyalash va o’rnini 
(kompensatsiyalash) mukarakkab vazifani amalga oshirish uchun u bunday nuqsonli bolalarni pedagogik 
jihatidan tekshirish qoidalari va usullarini ma’lum darajada bilib olish zarur. Bolani kompleks ravishda 
o‘rganish uning pedagogik tekshirishdan tashqari tibbiyot yo‘li bilan tekshirish bolaning kamol 
topayotganligining qanday borayotganligi, kasallikning paydo bo‘lishi tarixi va xarakteri, bolaning 
jismoniy jihatdan o‘sish darajasi, sog‘ligining holati, asab sistemasining, ko‘zi va qulog‘ining 
xususiyatlari, intellektning emotsional irodaviy sifatlari, psixik faoliyatining xarakteri to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, logopedik tekshirishlar, ota-onasi, yaqin qarindoshlarining sog‘ligi haqidagi ma’lumotlarni 
o‘z ichiga oladi. Bola kamol topishida yuqorida ko‘rsatilgan ma’lum kamchiliklari bo‘lgan bolalarni 
yordamchi maktablarda o‘qitiladi. 
Maxsus bolalar muassasasini to‘g‘ri komplektlash, unda ta’lim tarbiya va korreksiya ishini 
amalga oshirish uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. 
Bolalarning har bir maxsus muassasasi oldida turgan vazifalarga muvofiq suratda komplektlash 
o‘tkazilgan taqdirdagina bunday muassasada o‘quv-pedagogika ishining mundarijasini to‘g‘ri belgilash 
mumkin bo‘ladi va har bir bola uchun undagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalash va kompensatsiyalashga 
zarur bo‘lgan tarbiyaviy va ta’limiy sharoit tug‘dirish lozim. 


Maxsus maktablarda va maktabgacha tabiya muassasalarida korreksiya – tarbiya jarayonini 
tashkil etish prinsiplari ham asosiy masalalardan biri hisoblanadi, chunki bolalardagi anomal holatni 
korreksiyalash va kompensatsiyalash jarayonining samaradorligi ularning mehnat adaptatsiyasini shu 
masalaning to‘g‘ri hal etilishga bog‘liqdir. Bu esa maxsus ta’lim va tarbiya berish nazariyasi va 
amaliyotining asosiy vazifasidir. 
Anomal bola uchun maxsus muassasalarning har qanday tipida korreksiya – tarbiya ishini 
qurishning asosiy qoidasi - defektning bola psixik kamol topish jarayonidagi ikkilamchi va undan keyingi 
o‘zgarishlarning vujudga kelishiga, defekt struktarasini ko‘rsatgan ta’sirini anglab olish imkonini 
beradigan darajada chuqur bilishdan iborat bo‘lishi kerakligi haqidagi pripsipial qoidani esdan 
chiqarmaslik kerak. 
Anomal bolani butuniga reabilitatsiyalash, davolash uchun psixologiya va pedagogakaning bir-
biri bilan mustahkam bog‘langan birligidan iborat korreksiya ishini tashkil qilish lozim. Anomal bolaning 
analizator funksiyalari zararlangan holda korreksiyalash va kompensasiyalashda maxsus texnika 
vositalaridan foydachanilgan holda pedagogaka va tibbiyot ta’sirining samarasi beqiyos darajada oshib 
ketadi. 
Anomal bolalarda nutqni kamol toptirish uchun ham kar, garang bolalarda gapirayotgan kishining 
labiga qarab o‘qish ko‘nikmasini tarkib toptirish juda muhim ahamiyatga ega. 
Garang bolalarda korreksiya kompensator yo‘li bilan ta’lim berishda, ularda og‘zaki nutqni tarkib 
toptirishda, quloq eshitish funksiyasini kamol toptirish va undan foydalanish alohida muhim rol o‘ynaydi. 
Korreksiya vositalarini jami va ta’lim jarayonida kompensator mexanizmlarining kamol 
topitirishi, garang bolalarga 12 yillik o‘quv muddati mobaynida sakkiz yillik ommaviy maktabning 
dasturi hajmida bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar sistemasini berish va muayyan darajadagi ishlab 
chiqarish – mehnat tayyorgarligi olish imkonini beradi. 
Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalar maktablari uchun bolalarga tilni o‘rganishni original 
sistemasi ishlab chiqildi, bu sistema nutqni o‘qib olish jarayonida tafakkurni kamol toptirish borasida 
intensiv ish olib borish zaruriyatini ko‘zda tutadi. Bunday bolalarga til o‘rgatish sistemasiga ko‘rgazmali 
va og‘zaki umumlashtirish kamol toptirish borasidagi ishlar, leksika va tilning grammatik tuzilishini 
maxsus tashkil etilgan nutq praktikasi sharoitida bilib olish asos qilib olingan. Bu sistema qulog‘i yaxshi 
eshitmaydigan bolalarning bu turiga 12 yi1 o‘qish davomida o‘rta ma’lumot olish, boshqa bir turiga esa 
shu muddat ichida to‘liqsiz o‘rta ma’lumot va ishlab chiqarish – mehnat tayyorgarligini olish imkonini 
beradi. 
Ko‘rlar maktablarda korreksion yo‘l tutish va bolalarni kompensator imkoniyatlarini safarbar 
etishga yordam beraligan sistemani ishlab chiqish tufayli, shuningdek, tiflotexnika vositalarini jalb etish 
tufayli, o‘quvchilarning o‘quv rejasidagi har bir o‘quv fani dasturini hamda bilimlarini o‘rganishlari 
mumkin bo‘lib qoldi. Ko‘rlar va ko‘zi yaxshi ko‘rmaydiganlar ta’lim berishning kompensator va 
korreksion xarakteri bu bolalarga 11 yillik o‘qish muddati davomida to‘la o‘rta ma’lumot olish va ma’lum 
bir ishlab chiqarish ixtisosini hosil qilish imkonini beradi. 
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq kuradi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og'riq, issiq, hid 
va ta'mni xis etadi. 
Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya'ni voqelikdagi narsa va 
hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi. 
Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u 
buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni 
ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: kurish va ko'zdan kechirish, tinglash va eshitish, 
buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, ko’zi kurayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish 
qobiliyati rivojlanib boradi. 
Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni kurishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini 
ko’zatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. 
Sensor qobiliyatlarning o’z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. 


Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi 
uchun katta ahamiyatga ega. 
Bola nutqining o’z vaqtida va tug'ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: 
idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta'sir kursatadi. Bolalar nutqi 
rivojlanishga boshlashi bilan kattalar so’zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. 
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko'rgan 
va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o’z munosabatini bildiradi, kattalarning 
xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo'layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo'lgan 
munosabati — bularning hammasi bola ma'naviy qiyofasining shakllanishiga ta'sir etadi. 
Bolaning xoh ona qornida, hoh tug'ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo'lgan ma'lum 
shart-sharoitlarning bo’zilishi turli xil anomaliyalarga, ya'ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, 
kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Defektologiya fanida maxsus yordamga muxtoj -- anomal 
bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar (tug'ilishdan kar, zaif eshituvchi bolalar'', 
keyinchalik zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalar); 
2) kurish qobiliyati zaif (kur, zaif ko'ruvchi bolalar); 
3) kur-kar-soqov bolalar;
4) oligofren (debil, imbesil, idiot bolalar); 
5) og'ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar; 
6) harakat-tayanch a'zolarida kamchiliklari bulgan bolalar; 
7) ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar. 
Anomal bolalar soglom tengdoshlari orasida inklyo’ziv ta'limda yoki maxsus ta'lim-tarbiya 
muassasalarida tarbiyalanishi va o'qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli 
ta'sir etgan nuqsonlargina uni anomal bola deb hisoblashga asos bo'lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat 
chap qulog'i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta'sir etmaydigan, u umumiy 
maktab sog'lom tengdoshlari katori o’zlashtiradigan bulsa, u anomal bolalar toifasiga kirmaydi. Katta 
yoshdagi kishilarda ma'lum sabablarga ko'ra paydo bo'lgan nuqsonlar ham ularning umumiy 
rivojlanishiga ta'sir etmasa, bu kishini anomal deb hisoblash mumkin emas. 
Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarning jismoniy ruhiy rivojlanishida ko’zatiladigan og'ir, 
keskin o'zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun bunday 
bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya'ni ular maxsus 
bog'cha va maktablarda, maxsus dastur va darsliklar asosida o'qitilishi va tarbiyalanishi zarur, ular 
maxsus yordamga muhtoj. 
Har qanday anomal rivojlanish markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional 
o'zgarishlarga aloqador bo'lishi mumkin. 
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, notug'ri tarbiya, ta'lim natijasida ham 
paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, uqituvchining bolaga 
noto'g'ri munosabati va boshqa kupgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta'sir kursatib, uning dastur 
materiallarini yaxshi o’zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo'shilib qolishiga sabab 
buladi. Shunday bulsada, biz bunday bolani anomal bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning 
rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bulmasin biror organik yoki funksional patologik 
o'zgarishlarga bog'liq bulmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan. 
Tarbiyachi va uqituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bo'lishlari kerak. 
Kelib chiqish sabablariga ko'ra har qanday anomal rivojlanish tug'ma yoki turmushda orttirilgan 
bo'lishi mumkin. 
Tug'ma anomaliyalar ko'p jihatdan xomilador onaning sog'lig'i va yashash sharoitiga bog'liq. Ona 
qornidagi xomilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikasiya, shikastlanish va boshqa omillar ta'sir etishi 
mumkin. Onaning xomiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og'rishi, o'zboshimchalik bilan turli dori 
darmonlarni bilar-bilmas iste'mol qilishi bolaning anomal bo'lib tug'ilishiga sabab bo'lishi |mumkin. 


Tug'ma anomaliyalar genetik, ya'ni irsiy omillar ta'siriga ham bog'liq bo'lishi mumkin. Masalan 
eshitish, ko'rish analizatori faoliyatining bo’zilishi, aqliy zaifliklrning nasldan bolaga o'tishi ham 
ko’zatiladi (Daun kasalligi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar). 
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning anomal bo'lib 
tug'ilishiga olib kelishi mumkin. 
Turmushda orttirilgan anomaliyalar bola organizmiga tug'ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda 
zararli omillar ta'sir etishi natijasida vujudga keladi. To'g'ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning tug'ruq 
yo'llaridan uzoq o'tishi, vakuum-ekstraktor yoki ombur solinishi, bolaning kindigi o'ralib, bo'g'ilib qolishi 
(asfiksiya) va boshqalar,ba'zan uning anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Bolaning juda yoshligida turli kasalliklar bilan og'rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, 
markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham 
anomal rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin. 
Mamlakatimizda bolalar anomaliyasining oldini olish yo’zasidan .ko'pgina choralar ko'rilmoqda, 
bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O'zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani 
hamda medisina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan anomal bolalr soni nisbatan kamaydi. 
Bolalarning chechak, o'lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar 
orqasida anomal bo'lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikasiya va organizm 
shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli 
bolaning anomal bo'lib qolish hollari hali ham uchrab turadi 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. korreksion pedagogika va logopediya asoslarining ahamiyatini tushuntiring. 
2. Anomal bola tushunchasiga izoh bering. 
3. Nuqsonli bolalarni korreksiyalash usullarini va qoidalarini tushuntiring. 
4. “Intellektual rivojlanish” iborasini mazmunini tushuntiring. 
5. Bolaning psixofizik kamol topishidagi nuqsonlarni anting. 

Download 379,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish