2-Variant
1.Konflikt boshlanishi uchun zarur bo’lgan shartlarni toping.
a) Ikkinchi ishtirokchi birinchi ishtirokchiga qarshi qaratilgan va unga javoban faol hatti harakatlar ko’rishi;
b) Raqib ushbu harakatlarni o’z manfaatlariga qarshi qaratilganligini anglab etishi;
v) Birinchi ishtirokchi o’z raqibi mafaatiga zid ravishda faol harakat boshlashi;
g) Ava B javoblar to’g’ri;
d) Barcha javoblar to’g’ri.
2.Konfliktda qanday chegaralar mavjud?
a) Ichki tizim va raqib chegarasi;.
b) Vaqt va ichki tizim chegarasi;
v) Makon va vaqt chegarasi;
g) A va V javoblar to’g’ri;
d) Barcha javoblar to’g’ri.
3.Konfliktning ichki tizim chegaralarini aniqlash uning barcha ishtirokchilarining ichidan nimani ajratib olish bilan uzviy bog’liq?
a)konfliktga to’g’ridan-to’g’ri aralashmagan sub’ektlarni ajratib olish bilan;
b)konflikt qiziqtiruvchilarini aniq ajratib olish uchun;
v)konflikt tarafdorlarini ajratib olish uchun;
g)aynan konfliktlashuvchi taraflarni aniq ajratib olish bilan;
d)konfliktdagi taraflar raqiblarini ajratish uchun.
4.Konfliktning ichki tizim chegaralarini aniqlash nimalar uchun muhim hisoblanadi?
a) tizim ichida bo’layotgan jarayonlarni avj oldirish uchun;
b)tizim ichida bo’layotgan jarayonlarga ta’sir qilish uchun;
v) konfliktning yoyilib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun;
g) tizimni buzilishdan saqlash uchun;
d)to’g’ri javob V va D.
5.Konfliktlarning asl sabablarini aniqlash nimani chuqur tahlil qilishni taqozo etadi?
a)ijtimoiy munosabatdagi turli-tuman ziddiyatlarni namoyon bo’lish xususiyatlarini;
b)hodisalar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning butun zanjirini;
v)tabiat, jamiyat, tafakkurda sodir bo’luvchi turli hodisalardagi ichki qarama-qarshiliklarni;
g)sinifiy jamiyatda sinflar o’rtasidagi kelishmovchiliklarning muqarrarligini;
d)to’g’ri javob yo’q.
6.Guruhiy konfliktlar motivlarining turli-tumanligi nimalarda namoyon bo’ladi?
a) iqtisodiy qiyinchiliklarning keskinlashuvida;
b) siyosiy ehtiroslarning avj olishida;
v) milliy g’ururning kuchayishida;
g) to’g’ri javob yo’q;
d) To’g’ri javob A, V va S.
7.Ijtimoiy konfliktlar tabiatini tushunishda manfaatlar qarama-qarshiligi qanday ahamiyat kasb etadi?
a) konfliktlashuvchi taraflar o’z manfaatlarini ma’qullab o’zini haqli deb hisoblaydilar va ularni qanoatlantirishga intiladilar;
b) kurashuvchi taraflar hatti-harakatining negizida qandaydir aniq sabablar yotmasin, ular taraflar manfaatiga borib taqaladi, konflikt bo’lganda manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqadi yoki ular bir-birini istisno qiladi;
v)ba’zi tadqiqotchilar konfliktga yaqin turgan ijtimoiy va ruhiy hodisalarga e’tiborni qaratadilar, ya’ni manfaatni uzviy keltirib chiqaruvchi hodisalarga;
g)biror narsaning tanqisligi holatini asoslovchi ehtiyojlar kategoriyasi, bunda sub’ekt shu etishmovchilikni to’ldirishga harakat qiladi.Bundan manfaat ehtiyojni qanoatlantirishning angashilgan yo’li ekanligi kelib chiqadi;
d) Barcha javoblar to’g’ri.
8.Konflikt sub’ektlari va ularning namoyon bo’lish sohalariga qarab konfliktlarni qanday turlarga bo’lish mumkin?
a) shaxslararo, guruhiy va davlatlararo konfliktlar;
b)jinoiy, ma’muriy, fuqaroviy va mehnat konfliktlari;
v)ichki, tashqi va millatlararo konfliktlar
g)iqtisodiy, siyosiy, millatlararo, turmush, madaniy va ijtimoiy konfliktlar;
d)to’g’ri javob yo’q.
9.Jamiyatning bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qaysi turdagi konfliktlarning mohiyati va yoyilish darajasi sezilarli darajada o’zgaradi?
a)ijtimoiy-siyosiy konfliktlarning;
b) iqtisodiy konfliktlarning;
v)millatlararo konfliktlarning;
g)shaxslararo konfliktlarning;
d))mehnat konfliktlarining.
10.Konfliktli vaziyat deganda nimani tushunasiz?
a) insonlar o’rtasidagi kundalik ob’ektiv hayotiy vaziyat;
b)u ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida real qarama-qarshilik uchun ob’ektiv tarzda negiz yaratuvchi insonlar manfaatlari bilan bog’liq holatlarning muayyan jamlanishi;
v)itimoiy guruhlar faoliyatida yuz beruvchi moddiy va ma’naviy tusdagi muhit;
g)davlatlar o’rtasida tanglikni keltirib chiqaruvchi vaziyat;
d)to’g’ri javob yo’q.
11.Konfliktli vaziyatni vujudga kelishi ob’ektiv ravishda kimning xohish-erkiga bog’liq?
a)konfliktga qiziqtiruvchilarning intilishlariga;
b) qarama-qarshi taraflar erki va xohishiga
v) qarama-qarshi taraflar erki va xohishiga;
g) taraflardan birining yoxud ikkisining xohishi bilan yuzaga kelishi mumkin;
d)to’g’ri javob A, V va D.
12.Mehnat faoliyati motivatsion konflikt bo’ladimi?
a) yuq
b) ha
v) ba’zan
g) o’zgarmaydi
13.Guruhlararo ziddiyatlar qaysi shaxslar o’rtasida yuzaga keladi?
a) shaxslar
b) rasmiy idoralar
v) rasmiy va norasmiy idoralar
g) norasmiy idoralar
14.Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi nima?
a) o’qituvchiga munosabatlari
b) konfliktlarni oldini olish
v) pedagogik madaniyatni rivojlantirish
g) o’quvchiga munosabatlar
15.Berilgan javoblardan konfliktning ijobiy tomonini ko’rsating.
a) sub’ektiv yondashuvdir
b) bolalarni sevish
v) aqliy hujum metodikasi
g) o’quvchilar hamkorligi
16.Oilada konflikt kimlar o’rtasida yuzaga keladi?
a) qaynona – kelin, er – xotin
b) kelin – kuyov
v) bolalar, yoshlar
g) ona va bola
17.Pedagogik muloqatni ko’rsating.
a) o’qituvchi va ota – ona o’rtasida
b) sinf rahbarlari o’rtasida
v) o’qituvchi o’rtasidagi munosabat
g) shaxslar o’rtasidagi munosabat
18.Berilgan javoblardan konfliktni turlarini aniqlang.
a) axloqiy konflikt, aqliy konflikt
b) shaxslararo konflikt
v) axloqiy konflikt, motivatsion konflikt, shaxslararo konflikt
g) ichki shaxslararo konflikt, aqliy konflikt
19.Axloqiy konflikt bu ...
a) motivatsiya bilan bog’liq
b) shaxslarni shakllanishi
v) tartibga solish
g) ijtimoiy ong shakli
20.Berilgan misoladan konfliktni salbiy tomonini ko’rsating.
a) o’quvchilar bilimini xolisona baxolamaslik
b) muomalani yo’lga qo’yish
v) aqliy hujum metodikasi
g) hamma javoblar to’g’ri
21.O’quvchi shaxsiga xos xususiyatlarni belgilang.
a) kuzatuvchanlik qobiliyati
b) psixologik, pedagogik zeraklik
v) bolalarni, o’z kasbini sevish
g) hamma javoblar to’g’ri
22.Muloqatda konfliktni oldini olishda o’qituvchi nimalarga e’tibor beradi?
a) oliy janoblik, samimiy munosabat
b) yaxshilik
v) ijobiy konflikt
g) salbiy konflik
23.Amerikalik sotsiolog va iqtisodchi Kennet Boulding qanday kontseptsiyaga asos solgan?
A) Ijtimoiy tuzilmalar faoliyatida hamkorlik nazariyasiga;
V)Ijobiy-funktsional konflikt nazariyasiga;
S)Jamiyatda ijtimoiy muvozanat tizimi nazariyasiga;
D) Konfliktlarning umumiy nazariyasiga;
E)Konflikt sotsiologiyasi nazariyasiga.
24.K.Boulding fikricha, konfliktlarni barham toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya“ asosini nimalar tashkil etadi?
a) Quyidagi omillar tashkil etishi shubhasiz, ya’ni : a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu tizimning har bir elementi muayyan funktsiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o’z ulushini qo’shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo’llab-quvvatlashiga asoslanadi;
b) Buning uchun uchta shartning bo’lishi zarur: birinchidan, konfliktlashuvchilarning tafovutlanishini va qarama-qarshiligini tan olish ; ikkinchidan, taraflarning, shu jumladan, jamiyatning uyushganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, bitimga kelishish shuncha engil bo’ladi ; uchinchidan, konfliktda ishtirok etuvchi taraflar o’rtasidagi munosabatlarni saqlashga olib keluvchi muayyan qoidalarning o’zaro maqbulligi;
v) Quyidagi uchta narsa “ijtimoiy terapiya“ asosini tashkil etadi: a)jamiyat siyosiy hayotida partiyalar faolligining ortishi; b)hokimiyat tuzilmalarining faoliyati ustidan xalq nazoratining ta’minlanganligi; v)aholi turmush darajasining yuqoriligi;.
g) Quyidagi uchta narsa tashkil qiladi : yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar sababini tushunish ; ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash; insonlarning ma’naviy takomillashuvi ;.
d) To’g’ri javob yo’q.
25.Hozirgi zamon kontseptsiyalarida konfliktni, uning sababini, namoyon bo’lish sohasi va shaklini, tartibga solish usulini nima asosida tushunish mumkin?
a) Insonlar o’rtasida uzoq yillar davomida shakllangan o’zaro muloqot moqiyatini, tarixiy an’analar va milliy urf-odatlar xususiyatlarini atroflicha o’rganish asosida asosida tushunish mumkin;.
b) Faqatgina jamiyat, ayniqsa, inson tabiatini, ijtimoiy munosabatlar mohiyatini va insonlarning o’zaro munosabatlarga kirishish qonuniyatlarini chuqur anglash asosida tushunish mumkin;
v) Uzoq va yaqin o’tmishda dunyoning turli hududlarida bo’lib o’tgan urushlar, to’qnashuvlar mohiyatini chuqur tahlil etish va undan tegishli xulosalar chiqarish asosidagina tushunish mumkin;.
g) Yirik xalqaro konfliktlarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf qilish amaliyotini maxsus tadqiq etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati natijalari asosida o’rganish mumkin;
d) Insonlar ruhiyati xususiyatlarini va o’zaro muloqotga kirish shakllarini chuqur anglash orqaligina tushunish mumkin.
26.Hozirgi vaqtda konfliktlarni tushunish masalasida nima belgilovchi muhim asos bo’lib hisoblanadi ?
a) “Inson“ mezoni, inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ijtimoiy qadr-qimmati haqidagi masalalar;
b) Konfliktli vaziyatlarni hal etishda kuch ishlatishga bo’lgan yondoshuvning inkor etilishi masalasi;
v) Irqchilikning har qanday ko’rinishi va genotsidning ildizini qirqish nuqtai nazaridan yondoshuv masalalari;
g) Inson huquqlarini kafolatlashda va xalq farovonligiga erishishda davlatning mas’ulligini ta’minlash masalalari;
d) Ijtimoiy konfliktlarning tabiati, sabablari, mohiyatini o’rganishga xizmat qiluvchi sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib ilmiy xulosalar va tegishli tavsiyalar shakllantirish masalalari.
27.Konfliktga berilgan eng to’g’ri ta’rifni toping.
a) Konflikt - taraflarning hudud va resurslarni egallab olishga, ularning mulki yoki madaniyatiga tahdid solishga qaratilgan kurashidir;
b) Konflikt ob’ektiv va sub’ektiv qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar bo’lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi kurashida ifodalanadi;
v) Konfliktlar insonlarning maqsadlari farqlanganda yuzaga keluvchi kelishmovchilik bo’lib, zo’rlik qo’llanilmasdan hal qilinadi.
g) Konflikt-sig’ishmaydigan maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar haqida fikr yurituvchi ikki va undan ortiq tomonlar o’rtasidagi munosabatlardir;
d) Barcha javoblar to’g’ri.
28.Konflikt predmeti deb nimaga aytiladi?
a) Taraflar o’rtasidagi nifoqqa sabab bo’lgan ob’ektiv mavjud bo’lgan yoki fikran tasavvur qilingan muammo;
b) Taraflar egallashga yoki undan foydalanishga intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik;
v) Konflikt predmeti shunday ziddiyatki, sub’ektlar u uchun qarama-qarshi kurashga kirishadilar;
g) Moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi konflikt predmeti bo’ladi;
d) To’g’ri javob A va S.
29.Konflikt ob’ekti deb nimaga aytiladi?
a) Taraflar o’rtasidagi nifoqqa sabab bo’lgan ob’ektiv mavjud bo’lgan yoki fikran tasavvur qilingan muammo;
b) Taraflar egallashga yoki undan foydalanishga intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik;
v) Konflikt ob’ekti shunday ziddiyatki, sub’ektlar u uchun qarama-qarshi kurashga kirishadilar;
g) Turli sub’ektlar manfaatlarining predmeti bilan bog’liq bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi konflikt ob’ekti bo’ladi;
d) To’g’ri javob V va D.
30.Qachondan boshlab konflikt boshlangan deb hisoblanadi?
a) Ikkinchi ishtirokchi birinchi ishtirokchiga qarshi qaratilgan va unga javoban faol hatti arakatlar ko’rganidan boshlab;
b) Raqib ushbu harakatlarni o’z manfaatlariga qarshi qaratilganligini anglab etgandan boshlab;
v) Birinchi ishtirokchi o’z raqibi mafaatiga zid ravishda faol harakat boshlaganidan boshlab
g) Birinchi ishtirokchi tomonidan bo’lg’usi konflikt rejalashtirilganidan boshlab;
d) Barcha javoblar to’g’ri.
N/
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
J:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
N/
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
J:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
N/
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
J:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |