1. Kompyuter taqdimoti va uning turlari, kompyuter taqdimotninng asosiy vazifalari.
• “Taqdimot” atamasi keng ma’nodagi atama bo‘lib (lotincha praesento – o‘tkazaman, topshiraman, inglizcha present – taqdim etmoq so‘zlaridan olingan), bu so‘zga chiqish, doklad qilish, istiqbolli yoki tugallangan loyihani himoya qilish, ish rejasi, texnik taklif, tayyor mahsulot yoki xizmat, amaliyotga qo‘llash, nazorat qilish, sinov natijalari va boshqalarni taqdim etish hisoblanadi.
.
Taqdimotni amalga oshirish hollari:
• yordamchi vositalarsiz;
• inson ishtir• Taqdimot – umumiy faylda saqlanadigan va bir slayddan boshqasiga o‘tish imkonini beradigan umumlashgan slaydlar to‘plamidirokisiz texnik vositalar yordamida (masalan, video);
• yordamchi vositalarni qo‘llagan holda.
Slayd – yagona tasvir ko‘rinishida monitor ekranida, qog‘oz varag‘ida yoki rangli pleyonka varag‘ida tasvirlanadigan turli obyektlardan iborat mantiqiy mustaqil axborot strukturasi (vizual materiallar birligi – maxsus tasvir).
Slayd elementlari:
• sarlavha
• grafik tasvirlar
• jadvallar
• diagrammalar
• tashkiliy diagrammalar
• matnlar
• ovoz
• markirlangan ro‘yxat
• fon
• kolontitul
• slayd nomeri
• sana
• turli tashqi obyektlar
Taqdimot ko‘rinishlari:
• ssenariy bo‘yicha;
• interaktiv;
• avtomatik.
• Interaktiv taqdimot – bu foydalanuvchining kompyuter bilan muloqoti. Foydalanuvchi qasi material uning uchun muhimligini tanlaydi va kerakli obyektni sichqoncha yoki klaviatura tugmasi yordamida tanlaydi va so‘ralgan axborot beriladi.
• Ssenariy bo‘yicha taqdimot - bu videomaterialni katta ekran yoki monitorda namoyish etish uchun rangli grafika va animatsiyalar bilan to‘ldirilgan slaydlar bilan to‘ldirilgan an’anaviy taqdimotdir. Unda namoyish vaqtida namoyish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati ta’minlanadi.
• Avtomatik taqdimot – bu tugallangan axborot mahsuloti bo‘lib, uni videopleyonkaga, disketaga, kompakt-diskka o‘tkazish va foydalanuvchilarga tarqatish mumkin.
• Savdo taqdimotlari savdo agentlari tomonidan bitimlar tuzishda foydalaniladi. Ular qisqa vaqtlarda mahsulot haqidagi barcha axborotni taqdim etishga ruxsat beradi.
Marketing taqdimotlari bo‘lajak savdo taqdimotlarini uchun sharoitlarni tayyorlash maqsadida ishlatiladi. Ularni keng auditoriya uchun (ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda va foydalanuvchi ofisida o‘tkaziladi), savdo bo‘yicha agentlarni o‘qitish uchun ishlatishadi.
• Ta’lim taqdimotlari o‘qituvchiga o‘quv materialini qulay va ko‘rgazmali tarzda namoyish etish imkonini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi.
• Korporativ taqdimotlar korporatsiya aksionerlariga axborotni yetkazish uchun mo‘ljallangan. Korporativ uyushmalar Internet tarmog‘idan World Wide Web (WWW) gipermatnli tizimiga kirish uchun foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |