14. Elektromagnit nurlanish spektri
Spektroskopik analizga elektromagnit nurlarning tekshiriladigan modda bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishga asoslangan usullar kiradi. Elektromagnit nurlarning modda bilan o ‘zaro ta ’siri moddaning xossalarini o‘zgartiradi, natijada, u nur chiqarishi, yutishi yoki sochishi mumkin. Bu o'zaro ta’sir tekshiriladigan moddaning xossalarini ifodalaydigan signallarning paydo bo‘lish jarayoni, deb qaralishi mumkin. Signalning chastotasi moddaning spetsifik xossalarini aks ettirsa, uning intensivligi moddaning miqdorini ifodalaydi. Kimyoviy analiz uchun ishlatiladigan elektromagnit nur spektri keng chastotalar (106-s-1020 Gs) va to iq in uzunliklar (102-s-10'12 m) oralig'ini o‘z ichiga oladi. Unga radiotoiqin (106+108 Gs va 102+1 m), issiqlikdan nurlanish, ultrabinafsha, ko‘rinadigan yorugiik, infraqizil, rentgen ( 3 i0 17-si020 Gs v a 2 i0 '9-s-1012.w!) nurlari va boshqalar kiradi. Elektromagnit nurlanishning nazariyasini 1865-yilda J.S.Maksvell yaratgan. 1888-yilda esa bunday nurlanish G.Gers tomonidan tajribada olingan. R a d io to iq in sohasidagi elek tro m ag n it nurlanish makroskopik obyektlardan (antennalar, uzatgichlar) tarqatiladi va ular yordamida qabul qilinadi. Optikaviy (infraqizil, ko‘rinadigan va ultrabinafsha) va rentgen sohalaridagi spektrlar modda energetik holatlaridagi o ‘zgarishlar tufayli hosil boiadi. Bunday nurlanish chastotalar farqi kichik boigan juda ko‘p toiqinlarning to‘plamidan iborat. Shuning uchun ular bir xil fazalar nisbatlariga ega emas. Radiotoiqinli nurlarda interferensiya kuzatiladi. Optik nurlanishda esa intenferensiya hodisasi uni bir necha boiakka boigandan so‘ng kuzatiladi. Bu ikki soha orasidagi qarama-qarshilik lazer nurlari (optik soha) ixtiro (Basov, Proxorov - 1954-y., Shavlav, Tauns - 1958-y., Meyman - 1960-y.) etilgach, bartaraf etildi. Mikrosistemalar lazer ta’siridan optik oraliqda kogerent (tutashgan) nurlar chiqaradi. Bu esa elektromagnit nurlanishning birligini ko'rsatadi. 389 Elektromagnit nurlanish to‘lqin va yorug‘lik fotonlari xossalariga ega. Elektromagnit nurlanishning tarqalishini to‘lqin shaklida tasavvur qilish qulay. Bu holda elektromagnit to‘lqin tezlik, chastota, uzunlik va amplituda bilan ifodalanadi. Elekromagnit nurlarning tarqalishi uchun (tovush to‘lqinlaridan farqli ravishda) o'tkazish muhiti talab etilm aydi, y a ’ni u vakuum da ham tarqalaveradi. N urlanish energiyasining yutilish va chiqarish hodisalarini tushuntirish uchun faqat to‘lqin modeli yetarli emas. Shuning uchun u to‘lqin modeli bilan bir qatorda diskret zarrachalar dastasi - fotonlar shaklida ham tasvirlanadi. Fotonlar energiyasi nurlanishning chastotasiga o ‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: |