7.YUZA ERKIN ENERGIYASI
Suyuqliklar yuza qatlami molekulalari to’yinmagan, foydalanilmagan ortiqcha energiyaga zga bo’ladi. Bu ortiqcha energiyaga erkin yuza energiyasi deyiladi.
Kolloid zarrachalar yuzasida vujudga keladigan sirt taranglikni kattaligi
bilan fazalar yuzasining yig’indisi bilan aniqlanadi va quyidagi tenglama bilan hisoblanadi.
Е= 0' · S (2)
bu yerda, Ye - erkin yuza energiyasi; 0 – sirt taranglik; S - fazalar
chegarasining yuza maydoni.
Har qanday kolloid eritmada juda ko’p kolloid zarrachalar mavjud bo’lib, ular fazalar chegarasi yuzasining yig’indisi o’ta katta bo’ladi. Shuning uchun ham kolloid eritmalar o’ta katta yuza energiya yig’indisiga ega bo’ladi.
SHunday, yuqori ortiqcha energiyaga ega bo’lgan sistemalarda o’z-o’zicha jarayonlar amalga oshib, energiyaning kamayishiga olib keladi. Sirt taranglik 0 kamayganda yoki yuzaning kamayishida ham energiya kamayishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |