O’zanining ostiga va yonlariga muzning og’irligi natijasida bosib turuvchi qattiq xarsanglar ularda tirnalgan joylar, chiziqlar va jo’yaklar hosil qiladi. Shu bilan birga xarsanglarning o’zi ham yumaloqlanib va silliqlanib qoladi. Bunday toshlar g’o’la tosh deb ataladi. Muz ichiga kirib qolgan va muz yuzasidagi barcha mineral jinslar – g’o’la tosh, qum va gillar morena deb ataladi. Muzlik orasidagi va muzlik bilan birga harakatlanuvchi morena harakatlanuvchi morena deb ataladi. Morenalar tog’, ustki va ichki morenalarga bo’linadi.

Muzlik relyef shakllari orasida, morena tepalaridan tashqari, baland tog’lardagi karlar, tsirklar va troglar ham muhim ahamiyatga ega. Tog’ yon bag’irlardagi shakli kresloga o’xshash chuqurliklar karlar deb ataladi; ularning uch tamoni tik jarlik (devor) bilan o’ralgan, to’rtinchi tamon esa ochiq bo’ladi; karlarning tagi yassi yoki to’lqinsimon hamda silliqlangan bo’ladi.
Muzlik sirklari deb yassi yon bag’irlarda emas, vodiyning boshlanishidagi karlarga aytiladi.
Karlar va sirklar quyidagicha hosil bo’ladi. Yon bag’irlarning pastqam joylarida yoki vodiylarning yuqori qismlarida qorlar atrofdagi baland joylardagiga qaraganda ancha qalin bo’ladi; bu qorlar yozda uzoq yotadi yoki kelgusi qishgacha erimaydi. Qor suvlarining kunduzi yoriqlarga kirib, kechasi muzlab qolishi nival nurashga sabab bo’ladi. Yumshoq g’ovak gruntni suv va muz oqizib ketadi. Past yerlar asta - sekin chuqurlasha borib, bu yerda qorning to’planishiga sharoit tug’iladi. Qor ancha qalinlashib ketgandan so’ng muzga aylanadi va tsirk muzlikning to’yinish oblastiga aylanadi. Muzlar errozion yoki tektonik vodiydan pastga siljib tushayotganda bu vodiylarni o’yib, ularda uzun tog’orasimon shakllar hosil qiladi. Bunday vodiylar troglar deb ataladi. Hozirgi zamon troglari va karrlari qor chegarasida va undan balanddadir. Qadimgi muzliklar bilan bog’liq bo’lgan trog va sirklar qor chizig’idan pastda bo’ladi.