3. To’g’onli ko’llar.- kotlovinasi tog’ qulab tushib daryo vodiysini to’sib qolishidan vujudga keladi. Pomirdagi Sarez (chuqurligi 505 m), Zo’rko’l, Yashilko’l va h.k. - 3. To’g’onli ko’llar.- kotlovinasi tog’ qulab tushib daryo vodiysini to’sib qolishidan vujudga keladi. Pomirdagi Sarez (chuqurligi 505 m), Zo’rko’l, Yashilko’l va h.k.
- 4. Karst ko’llar. Ohak, gips kabi suvda tez eriydigan jinslar tarqalgan yerlarda vujudga kelgan. Suv jinslarni eritib, konus yoki voronkasimon chuqurliklar hosil qiladi, so’ngra, ular suv bilan to’lib ko’lga aylanadi. Bunday ko’llar juda kichik bo’ladi. Qrim ya/o da va Shimoliy Kavkazda uchraydi.
- 5. Vodiy ko’llar . Daryo vodiylarida joylashgan ko’llar . Amazonka, Missisipi, Volga, Amudaryo va Sirdaryo kabi daryo vodiylarida juda ko’p.
- 6. Sun’iy ko’llar – kishilar vujudga keltirgan antropogen ko’llar – suv omborlari – antropogen ko’llar deyiladi.- Asvon, Qayroqqum, Tuyamo’yin, Chorvoq, Buxtarma, Tuyabo’g’iz va h.k.
- Suv almashinish xarakteriga qarab oqar va oqmas ko’llarga bo’linadi. Agar ko’ldan suv oqsa oqar ko’l deyiladi. Masalan, Baykal, Onega, Ontario, Viktoriya, Jeneva, Sarez va h.k. Oqar ko’llarning suvi chuchuk bo’ladi. Aksincha, ko’lga daryo kelsa-yu, lekin undan suv oqmasa, oqmas ko’l deyiladi va ularning suvi sho’r bo’ladi. Masalan, Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Balxash va h.k.
Yer shari bo’yicha ko’llar notekis taqsimlangan bo’lib, relyefi teki syoki qadimgi ta’sirida bo’lgan sernam yerlarda ko’p tarqalgan. Qadimgi muz bosgan Finlandiya territoriyasining 15%, Sharqiy Sibirdagi Vilyuy pasttekisligining 20% ini ko’llar ishg’ol qilgan. - Yer shari bo’yicha ko’llar notekis taqsimlangan bo’lib, relyefi teki syoki qadimgi ta’sirida bo’lgan sernam yerlarda ko’p tarqalgan. Qadimgi muz bosgan Finlandiya territoriyasining 15%, Sharqiy Sibirdagi Vilyuy pasttekisligining 20% ini ko’llar ishg’ol qilgan.
- Ayrim ko’llar hozirgi kunda insonning xo’jalik faoliyati tufayli qurib qolmoqda. Bunday ko’llar qatoriga Orol ko’lini misol qilish mumkin. Orol ko’li hozirda dearli qurib qolgan. U O’zbekiston va Qozog’iston hududida joylashgan. So’ngi 40-yil ichida qachonlardir Guron ko’lidan katta bo’lgan Orol kichik bir ko’lga aylanib qolgan. Qo’yidagi rasmlarda uning 1976-2006 yilgacha bo’lgan holati tasvirlangan.
- 2. Botqoqlar va ularning turlari va tarqalishi.Yer yuzasining нamgarchilikka moslashgan o’simliklar o’sib yotadigan o’ta zaх yerlar botqoqliklar deb ataladi. Botqoqliklar Yer yuzasining namgarchilik ortiqcha bo’lgan va torf qatlami mavjud joylardir. Torfning qalinligi 0,3 m dan kam bo’lmasligi kerak. Agar torf qatlami yupqa bo’lsa botqoq emas, botqoqlashgan joylar hosil bo’ladi. Botqoqlarning vujudga kelishi uchun avvalo relyef tekis bo’lishi, so’ngra kelgan suvga nisbatan bug’lanish kam bo’lishi, suv o’tkazmaydigan qatlam yer yuzasiga yaqin turishi kerak. Bunday holda suv chuqurlikka sizib o’tolmaydi, yer tekis bo’lganidan suv oqib ketmaydi. Natijada botqoqliklar vujudga keladi. Shuningdek, o’romonlarning kesib ketgan yoki kuyib ketgan joylarida va o’tloqlarni uzoq muddat suv bosishi, sayoz suv havzalarini o’simlik qoplashi natijasida ham botqoqliklar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |