Yakubov Nursultonning Mustaqil ishi!
MAVZU: Matematik modellarning adekvatligi
REJA:
1. Kognitiv, konseptual va formal modellar
2. Boshlang'ich ma'lumotlarni tayyorlash
ma'lumotlarni yig'ish;
taqsimot qonuni tanlash;
funksiyalarni approksimatsiya qilish;
gipotezani ilgari surish.
3. Umumlashgan matematik model
4. Modelni adekvatligini tekshirish va korrektirovka qilish
Kalitli so'zlar: Kognitiv model, tarkibiy model, konseptual model, formal model, ma'lumotlarni yig'ish, taqsimot qonuni tanlash, approksimatsiya qilish, gipotezani ilgari surish, adekvatlik, global o'zgarish, lokal o'zgarish, parametrik o'zgarish.
Ma'lumki, original obyektni kuzatish natijasida tadqiqotchi miyasida, birinchi navbatda, (xayolida) obyektni qandaydir xayoliy timsoli (namunasi) shakllanadi. Ushbu timsolni ilmiy tilda kognitiv model deb atash qabul qilingan. Tadqiqotchi bunday modellni shakllantirar ekan ba'zi bir aniq qo'yilgan savollarga javob olishga harakat qiladi. Shu sababali obyektni qisqa va lo'nda tasnifini olish maqsadida obyektning cheksiz murakkab bo'lgan qurilmasidan keraksizlari tashlab yuboriladi.
F:RO IM
bu yerda RO-real ob’yekt, IM - inson miyasi, F - akslantirish.
Kognitiv modelni tabiiy tilda ifodalash tarkibiy (mazmuniy- содержательный) model deb ataladi.
bu yerda TT - tabiiy til, G - akslantirish.
Kognitiv modelni ta'rifidan ko'rinib turibdiki, u subyektiv bo'lib, tadqiqotchining oldingi bilim, tajriba va ko'nikmalariga bog'liq bo'ladi. Kognitiv model haqida ta'ssurotni olish uchun uni biror bir shaklda ifodalash lozim bo'ladi. Umuman olganda kognitiv model bilan tarkibiy model ustma-ust tushmasligi mumkin, sababi, ba'zi bir xususiyatlarni tadqiqotchi bayon qilib bera olmasligi yoki xohlamasligi mumkin. Bundan tashqari tarkibiy model boshqa bir tadqiqotchi yoki tadqiqotchilar guruhi orqali amalga oshirilgan bo'lsa, u holda o'zgarishlar, ya'ni farq yana ham katta bo'ladi. Tarkibiy modelni ishlab chiqish ilmiy tilda masalani texnik qo'yilishi deb nomlanadi.
Funksional belgisi va maqsadga qarab tarkibiy model quyidagilarga ajratiladi: tasnifiy, tushuntiruvchi va bashoratlovchi. Tasnifiy model deb obyektni ixtiyoriy tasnifini qarash mumkin. Tushuntiruvchi model yordamida quyidagicha savolga javob olish mumkin: Nima sababdan bunday xodisa ro'y bermoqda???. Bashoratlovchi model yordamida esa obyektni kelajakdagi holatlarini tasniflash imkoniyati mavjud bo'ladi. Shuni eslatib o'tish mumkinki, bashoratlovchi modelda xodisa nima sababdan ro'y berayotganini izohlash shart emas, ya'ni mazkur model tushuntirish modelini o'z ichiga olmasligi mumkin.
Konseptual model deb shunday tarkibiy modelga aytiladiki, uni, ya'ni tarkibiy modelni, shakllantirish mobaynida tadqiq etilayotgan obyekt sohasidagi bilim va tasavvurlardan foydalaniladi.
Konseptual modelda quyidagilar aniqlanadi:
original Sorg obyekt (tizim) tarkibi va tuzilmasi;
tadqiq qilinayotgan tizimga tegishli va modellashtirishning maqsadiga erishishda muhim bo'lgan elementlarning xususiyatlari va kirish-chiqish parametrlari (sabab-oqibat) orasidagi bog'liqliklar.
Konseptual modelda, odatda, quyidagilarga e'tibor qaratiladi:
tadqiq qilinayotgan tizimning elementar hodisalari tabiati va parametrlari;
elementar xodisalarning ko'rinishi va ularning o'zarobog'liqlik darajalari;
tizimning umumiy ishlash jarayonida har bir elementar xodisaning o'rni va ahamiyati.
Konseptual modelga kengroq ma'noda qaraydigan bo'lsak, u holda konseptual modelni ma'lum bir mazmun yoki nuqtai nazarga asoslangan tarkibiy model deb tushunish lozim bo'ladi.
Konseptual modelni 3 ta ko'rinishi mavjud: 1) logiko-semantik; 2) tuzilmaviy-funksional; 3) sabab-oqibat.
Logiko-semantik modelda obyekt qaysi soha elementi hisoblansa, o'sha soha atama va tushunchalarida tasniflanadi. Mazkur tushuncha va atamalar o'z ichiga shu soha bo'yicha mantiqan qarama-qarshi bo'lmagan barcha tasdiq va dalillardan iborat bilimlarni oladi. Bunday modellarni tahlil qilish predmet sohasi bo'yicha yig'ilgan bilimlarga tayangan holda mantiq vositalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Obyektni tuzilmaviy-funksional modeli qurilayotganda u (ya'ni, obyekt) yaxlit tizim sifatida qaralib, tizim alohida elementlarga yoki qism tizimlarga ajratiladi (bo'laklanadi). Masalan, tizim mantiqiy yoki vaqtga bog'liq ravishda ketma-ket hal qilinadigan alohida qism tizimlarga bo'laklanadi. Tizim qismlari tuzilmaviy munosabatlar orqali o'zaro bog'lanadi. Bunday modellarni tasvirlashda turli hil sxemalar, xaritalar va diagrammalar qulay bo'lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |