1. Kirish Xom-ashyo maxsulotlar tavsifi


Texnika havsizligi qoidlari



Download 151,5 Kb.
bet6/8
Sana22.10.2022
Hajmi151,5 Kb.
#855485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DON amalyot xisoboti

7.Texnika havsizligi qoidlari
Insoniyat jamiyati rivojlanishi tarixining eng dastlabki bosqichlaridan boshlab faoliyat olib borish sharoitlariga e’tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog‘lig‘ini saqlash masalalari ham ko‘rilgan.
Inson solig‘i va hayotini muhofazalash muammosi ayniqsa insoniyat taraqqiyotining keyingi 150...200 yili davomida shakllangan texnosferaning yuzaga chiqishi natijasida katta masalaga aylandi.
Inson faoliyatining turli sohalarida xavfsizlik masalalarini o‘rgangan buyuk shaxslar va olimlardan quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
- Aristotel (bizning eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan), Gippokrat (eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o‘rganilgan.
- Tiklanish davrining buyuk tabibi Paratsels (1493-1541) o‘zining asarlarida tog‘ ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni o‘rgangan. Quyidagi “Bor bo‘lgan hamma narsa zahar va bor bo‘lgan hamma narsa doridir. Faqat bitta dozagina moddani zaharga yoki doriga aylantiradi” degan fikr uning qalamiga mansub. (Me’yorlash prinsipi yuqoridagi fikrdan kelib chiqmaganmikan?)
- Nemis vrachi va metallurgi Agrikola (1494-1555) o‘zining “Tog‘ ishlari to‘g‘risida “ deb nomlanuvchi asarida mehnat muhofazasi masalalarini bayon qilgan.
- Italiyalik vrach Ramatssini (1633-1714) kasbiy gigienaga asos solgan, u “Hunarmandlar kasalliklari” degan kitobini yozgan.
- Rus olimi M.V. Lomonosov (1711-1765) tog‘ ishlarida mehnat xavfsizligi bo‘yicha asos bo‘luvchi asarlarini yozgan.
XIX asrda sanoatning jadal rivojlanishi bilan xavfsizlik muammolari bilan shug‘ullanuvchi bir qancha ko‘zga ko‘ringan olimlar paydo bo‘lishdi: D.L. Kirpichev (1845-1913), A.A. Press (1857-1930), D.P. Nikolskiy (1855-1918), V.A. Levitskiy (1867-1936), A.A. Skochinskiy (1874-1960), S.I. Kaplun (1897-1943) va boshqalar. Texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga akademik V.A. Legasovning asarlari bag‘ishlangan.
Hozirgi vaqtda hayotda va ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari muammolarini o‘rganishga O.N. Rusak, A.V. Lukovnikov, V.S. Shkrabak va boshqalar katta hissa qo‘shgan.
“Mehnat muhofazasining maxsus kursi” fanining ham o‘z tushunchalari va ta’riflari mavjud. Bu tushuncha va ta’riflarni bilish, ularning mohiyatini chuqur anglash fanni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Fanning quyidagi tushuncha va ta’riflari bor:
Mehnat sharoiti— mexnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta’sir etadigan omillar majmui.
Mehnat muhofazasi — ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi qonunlar sistemasi hamda ularga muvofiq keladigan sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari majmuasi.
Ish joylarida to‘liq zararsiz va xavfsiz ishlash uchun sharoit yaratish amalda mumkin emas. Shu sababli mehnat muhofazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora-tadbirlarni ko‘rishdan, ishchining shikastlanishi oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
Texnika xavfsizligi — ishlovchilarga ishlab chiqarishda yuzaga keladigan xavfli omillarning ta’sirini bartaraf qilishning tashkiliy chora-tadbirlari va texnik vositalari tizimi.
Yong‘in xavfsizligi— bu ob’ektning shunday bir holatiki unda ma’lum bir ehtimollik bilan yong‘in paydo bo‘lishi va rivojlanishi, hamda uning zararli omillarining insonlarga va moddiy boyliklarga ta’sir qilishi bartaraf qilingan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sirining oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omil - ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta’sir etganda shikastlanishga yoki sog‘liqning keskin yomonlashuviga ta’sir etadigan omil.
Bunga misol qilib, harakatlanayotgan mashina, traktor, yuk ko‘tarish vositalari bilan ko‘tariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muhofazalanmagan aylanuvchan va qaytma-ilgarilanma harakat qiluvchi qismlari (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.
Ishlab chiqarishdagi zararli omil - ishchilarga ish vaqtida ta’sir etib kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Zararli omillarga neft mahsulotlari (benzin, dizel yonilg‘isi bug‘lari, pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chang, shovqin, titrash (vibratsiya) ish joyida namlikning ortishi yoki kuchli yoritilganlikni, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligi— kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli hamda xavfli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi.
Jarohatlanish (shikastlanish) — ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta’sirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplami fiziologik bir butunligining buzilishi.
Shaxsiy himoyalanish vositalari - bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar.
Shaxsiy himoyalanish vositalariga — ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko‘zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa - ish vaqtida ishlovchiga xavfli ishlab chiqarish omilining ta’sir etish hodisasi.
Kasb kasalligi — kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta’siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasallikdir.
Ish zonasi havosi tarkibidagi zararli moddalarning eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasi (eyuk) — bular shunday konsentratsiyalarki, ularning ta’siri natijasi, kuniga 8 soat, haftasiga 40 soatdan butun ish staji davomida ishlaganda ham ish jarayonida, yoki hozirgi va keyingi avlodlar sog‘ligida zamonaviy uslublar bilan aniqlab bo‘ladigan o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydi.
Ishlab chiqarish omilining eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan darajasi (eyud) – bu ishlab chiqarish omilining shunday darajasiki, ma’lum, aniq bir vaqt davom etuvchi ishni butun ish staji davomida bajarganda ham, uning ta’siri natijasida jarohatlanish, kasallanish yoki sog‘liqda o‘zgarish ish jarayonida, yoki hozirgi va keyingi avlodlar hayotida kuzatilmaydi.



Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish