«Neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi» fani «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» yo‘nalishidagi asosiy mutaxasislik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad bo‘lajak bakalavrlarni neft va gazni qazib olishda qo‘llaniladigan zamanoviy texnologiya va texnikalar bilan tanishtirib o‘rgatishdan iborat.
«Neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi» fanida neft va gaz uyumlari tasnifi, qatlam energiya manbalari, uyumlarni ishlatish rejimlari, quduq tubi atrofiga ta‘sir etish usullari, neft va gaz quduqlari va qatlamlarini tadqiq etish, neft va gaz quduqlarini ishlatish usullari, favvora, gaz kutargich va mexanizasiyalashgan usullarda neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi, quduqlarda ta‘mirlash ishlarini olib borish texnologiyasi va texnikasi bilan tanishib chuqur bilimga ega bo‘ladilar
Ma‘lum texnologik jarayonga bo‘lgan barcha talablarni inobatga olgan holda, tegishli jixoz turini tanlay bilish, shunga tegishli hisob kitoblarni bajarishda fanning yordami beqiyosdir.
Ayniqsa jixozlarni ishlatish qoidalrini o‘rgatish, ularni o‘z vaqtida ko‘zdan kechirish, lozim bo‘lgan holda, ta‘mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni echish va jixozlarni xizmat davrini uzaytirishga asos bo‘ladi.
Mavzu;Suv haydash jarayonini loyhalashtirish
2.Uyum tashqarisidan turib suv haydash. Bunday usul tatbiq qilinganda suv haydash quduqlari uyum tashqarisidagi suvli zonaga joylashtiriladi. Dastlabki vaqtlarda bunday usulda uyum chegarasidan 3-5 km ga haydovchi quduqlar joylashtirilar edi, lekin ularni qanchalik chegaraga yaqinroq joylashtirsak, natija shunchalik yaxshi bg’lishi ma’lum bo’ladi. Bunda biz tabiiy suv siquvi rejimiga g’xshash sharoit barpo qilamiz va neftni suv bilan siqib chiqarish jarayoni xuddi g’sha rejimdagiga g’xshab ketadi. Uyumning kengligi uncha katta bg’lmagan hollarda gaz-neftli va neftli uyumlarda bu usulni qg’llash yaxshi natijalar beradi. Undan tashqari natijaning yaxshi bg’lishi qatlam sharoitidagi neftning kamroq qovushqoqlik xususiyatiga ega bg’lishiga va anchagina yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bg’lishligiga, hamda qatlamning
12-rasm. Neft uyumiga chiziqdan tashqaridan suv haydash usuli bilan qazib chiqarish. 1-tashqi neftli chegara, 2-ichki neftli chegara, 3-haydovchi quduqlar, 4-oluvchi quduqlar.ozmi-ko’pmi bir xilligiga va nihoyat qatlamning uyum tashqarisi bilan uning orasidagi bog’langanligi yaxshi bg’lishiga aloqador bg’ladi. Bunday usul qatlam turidagi hamda massiv turdagi karbonat kollektorlarda yaxshi natijalar berganligi tajribadanma’lum. Geologik jihatdan qulay bg’lgan hollarda bu usulni qg’llash natijasida yuqori neft beruvchanlik darajasiga erishish mumkin. Bunda asosan oluvchi quduqlar neftli zonaga joylashtirilgan bg’lib, suv-neftli zonadagi neftlar tashqarisidan haydalgan suv yordamida quduqlar tubiga haydab kelinadi, natijada neftning qatlamda qolib ketishi unchalik kg’p bg’lmaydi, undan tashqari neftli quduqlarning soni xam uncha kg’p bg’lmaydi. SHuni qayd qilish lozimki, bunday usulni erkin gaz mavjud uyumlarda gaz-neft chegarasini siljitmagan holda uning quvvatini ma’lum darajada qazib chiqarish jarayoniga jalb qilib ishlatish hollarida ham muvaffaqiyat bilan qg’llash mumkin. Bu usul bilan qatlamga suv xaydash jarayonida bir dona xaydovchi quduqqa aksariyat 4-5 ta mahsulot oluvchi quduq tg’g’ri kelishi mumkin. SHuni qayd etamizki, bunday usulni qg’llash uchun kerakli sharoitlarning mavjud bg’lavermasligi tufayli uni tajribada kamroq uchratamiz.Bu usulda qatlamlarni qazib chiqarish kg’pgina joylarida muvaffaqiyatli qg’llangan, jumladan Bavli konining D1 qatlami, Tg’ymaza konining Dp va Xg’jaobod konining (Farg’ona) VIII qatlami shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |