Narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisienti Yes – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida taklif hajmining son jihatidan foiz bo‘yicha o‘zgarishini bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati ijobiy bo‘ladi, chunki, ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori narx ularni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi.
Aniq tovarga bo‘lgan bozor taklifi alohida firmalarning individual takliflarining yig‘indisidan shakllanadi. Buning natijasida bozordagi taklifning elastiklik hajmi alohida firmalarning bozordagi ulushi va ular taklifining elastiklikligiga bog‘liq.
Taklif qonuni taklifning miqdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgarishini ifodalaydi.
Agar narx talabga teskari ta’sir etsa, taklifga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Taklif qonuni quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Tf=Q*V8
Tf-taklif, Q-tovarlar miqdori, V -tovarlar narxi. Taklif qonuniga binoan narx qanchalik yuqori bo’lsa, taklif shunchalik ko’payadi va aksincha. Taklif g’onuni faqat narxning taklifga ta’sirini izohlaydi, unga boshqa omillar ta’sirini nazarda tutmaydi. Taklif qonuni narx bilan tovar taklifi o’rtasidagi aloqadorlikni ko’rsatadi, bu bog’lanish taklifning elastikligi (o’zgaruvchanligi)da ifodalanadi: Narx o’zgarishiga nisbatan taklifning o’zgarish darajasi taklif elastikligi deyiladi.
4. Bozor muvozanati
Bozordagi talab va taklifntg miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi.
Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvozanat shakllangunga qadar narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Muvozanat nuqtasida tovarning defisiti ham ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni ta’minlash tendensiyasi mavjud.
Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi.
Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar.
Talab va taklif omillarini kompleks tadqiq qilish aniq bir tovar yokii xizmatlar bozorining sifatli tahlilini va bozor kon’yunkturasini qisqa va uzoq muddatli kelajakda bashoratlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |