1 – Mavzu: Menejment asoslari fanining predmeti va vazifalari
Reja:
1. Kirish. Menejment faninig mohiyati.
2. Menejment fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
3. Menejment fanining mazmuni va tarkibi.
Tayanch iboralar:
Menejment, menejer, biznes, konsepsiya, tashkilot, tadbirkor, raxbar, ishbilarmon, bozor munosabatlari.
1. Kirish. Menejment faninig mohiyati
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini xisobga olgan xolda o’rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste'mol qiymatini olish uchun maxsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy ximoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta'minlash va axolining kam ta'minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi.
Menejmentning asosini ob’yektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi xuquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini xisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Jamiyat xayotining barcha tomonlari demokratik yangilanishi sharoitida asosiy masala iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotni rag’batlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa manfaatlarini samarali bog’lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo’lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muxim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli xarakatlantiruvchi kuch ekanligi shubxasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g’oyasi mehnatkash kishining obro’sini ko’tarishdan, chunki, iqtisodiyotni sog’lomlashtirishning asosi bo’lib vijdonan va ma'suliyat bilan mehnat qilishga xizmat qiladi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o’z qobiliyatini to’liq sarf etish, uni jamiyatni xarakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga qo’yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishnin xaqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan xoldagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs - ya'ni jamiyatga bog’liq va uning ta'siri ostida bo’lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi shunga bog’liq xolda uning shaxsiy manfaatlarini (unga bog’liq xolda xulqi, xarakatlari) har doim ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o’z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Kishilar o’rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maqsadlari, mehnat intizomi, faolligiga bevosita ta'sir ko’rsatadi va ularning xarakatlarini tartibga soladi.
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro ta'sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo’lishini ta'minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |