Eslatma: float va double turlari o‘nli kasr ko‘rinishidagi sonlar uchun ishlatiladi. Nima uchun ular haqiqiy turli sonlar deyiladi? Chunki ular kompyuter xotirasida ilmiy ifodalar ko‘rinishida saqlanadi. 50.534 kabi sonlar kompyuterda 5.0534E+1 kabi o‘girib yoziladi. Bunda o‘nli son yangi pozitsiyaga ko‘chadi.
2.8.3 Raqamli operatorlar
Raqamli ma’lumot turlari uchun standart operatorlar tayinlangan: qo‘shish (+), ayirish (-), ko‘paytirish (*), bo‘lish (/) va foiz (%) (5.0534E+1).
2.2-jadval. Raqamli operatorlar
Operator
|
Nomi
|
Misol
|
Natija
|
+
|
Qo‘shish
|
34 + 1
|
35
|
–
|
Ayirish
|
34.0 – 0.1
|
33.9
|
*
|
Ko‘paytirish
|
300 * 30
|
9000
|
/
|
Bo‘lish
|
1.0 / 2.0
|
0.5
|
%
|
Qoldiq
|
20 % 3
|
2
|
Ikkita butun qiymatlar bo‘linganda natija ham faqat butun qismini ko‘rsatadi. Masalan, 5/2 ning natijasi 2, 2.5 emas; -5/2 ning qiymati esa -2, -2.5 emas. Bo‘linma aniq qiymat chiqarishi uchun bo‘linuvchi yoki bo‘luvhilardan biri haqiqiy turga mansub bo‘lishi kerak.
% operatori qoldiqni hisoblash operatori sifatida tanilgan va faqat butun turlar uchun ishlaydi. Unda sonning butun qismidan keying (ya’ni verguldan keyingi) qoldiq qismi olinadi. Masalan, 7 % 3 ifoda 1; 3 % 7 ifoda 3; 12 % 4 ifoda 0; 0.26 % 8 ifoda 2; 20 % 13 ifoda 7 qiymatlarini qaytaradi.
% operatori musbat butun sonlar uchun tez-tez ishlatilib turiladi. Shuningdek, ularni manfiy butun sonlar uchun ham qo‘llasa bo‘ladi. Manfiy ishorali butun sonlar odatda unga tegishli kompilyator tomonidan hisoblanadi.
Qoldiqni hisoblash (%) dasturlashda keng qo‘llaniladi. Misol uchun, juft son % 2 har doim 0 ga, toq son % 2 esa har doim 1 ga teng. Bu ifoda orqali sonlarning juft yoki toqligini aniqlash mumkin. Agar bugun yakshanba bo‘lsa, yakshanba yana 7 kundan so‘ng keladi. Faraz qilaylik, siz va do‘stlaringiz 10-kuni uchrashishlaringiz kerak. 10 - kun qaysi kun bo‘ladi? O‘sha kun seshanba ekanligini quyidagi misol orqali aniqlash mumkin:
2.7-ro‘yxatda keltirilgan dasturda kiritilgan soniya qiymatlarini daqiqa va soniyalarga ajratib beradi. Masalan, 500 seund 8 daqiqa va 20 soniyadan iborat.
2.7-ro‘yxat. VaqtniChiqar.pp
1 #include
2 using namespacestd;
3
4 intmain()
5 {
6 // Foydalanuvchini kiritishga undash
7 int soniya;
8 cout << "Soniyalardagi butun qiymatni kiriting: ";
9 cin >> soniya;
10 int daqiqa = soniya / 60;
11 int qoldiqSoniya = soniya % 60;
12 cout << soniya << " soniya = "<< daqiqa <<
13 " daqiqa va "<< qoldiqSoniya << " soniya "<< endl;
14
15 return 0;
16 }
Soniyalardagi butun qiymatni kiriting: 500
500 soniya = 8 daqiqa va 20 soniya
|
Do'stlaringiz bilan baham: |