Nazorat.
2.7. O`zgarmaslardan foydalanishning qanday foydali jihatlari bor? Butun turli, SIZE nomli o`zgarmasni e’lon qiling.
2.8. Quyidagi algoritmni C++ kodiga o`giring:
1-qadam: double turli, mil nomli o`zgaruvchini 100 qiymatni ta’minlagan holda e’lon qilish;
2-qadam: BIRMILKILOMETR nomli, double turli o`zgarmasni 1.609 qiymat bilan e’lon qilish;
3-qadam: kilometr nomli double o`zgaruvchini e’lon qilib, mil va BIRMILKILOMETR larning ko`paytmasini hisoblab, natija qiymatini kilometr ga ta’minlash;
4-qadam: kilometr ni chiqarish.
4-qadamdan so`ng kilometr qanday qiymatga ega bo`ladi?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. Quyidagi tushunchalarga yozma tavsif bering:
1.1 Algoritm;
1.2 Zamonaviy dasturlashning eng muhim talablaridan biri … ;
1.3 cin ob’yekti
1.4 “>>” va “<<” belgilari
1.5 Ismlar;
1.6 O‘zgaruvchilar;
2. Quyidagi test savollariga javob bering:
2.1. Agar ushbu dasturda 1, 2, 3 qiymatlari kiritilsa, qanday natija chiqaradi?
#include
using namespace std;
int main()
{
// Foydalanuvchini qiymat kiritishga undash
double number1, number2, number3;
cout << "Uchta qiymat kiriting: ";
cin >> number1 >> number2 >> number3;
// Compute average
double average = (number1 + number2 + number3) / 3;
// Display result
cout << average << endl;
return 0;
}
A. 1
B. 2
C. 3
D. 4
2.2. Quyidagi kodda natijani chiqarishning to`g`ri variantini ko`rsating:
double area = 3.5;
cout << "area";
cout << area;
A. 3.53.5
B. 3.5 3.5
C. area3.5
D. area 3.5
2.3._______ - tabiiy til bilan ba'zi dastur kodlari aralashtirilgan kod.
A. dastur
B. ko`rsatma
C. psevdokod
D. Grafik diagramma
2.4. Konsol oynasiga ma’lumot uzatuvchi va konsol oynadan qiymat qabul qiluvchi oqim operatorini mos ravishda ko`rsating:
A. >> and <<
B. << and >>
2.5. C++ tilining kalit so`zlarining har biri kichik harflardan iborat.
A. rost
B. yolg`on
2.6. Quyidagilar orasidan noto`g`ri nomni ko`rsating:
A. _343
B. class
C. 9X
D. 8+9
E. radius
2.7. Quyidagi variantlarning qaysi biri o`garuvchilarni e’lon qilish uchun to`g`ri va qulay hisoblanadi?
A. int eni; int uzunligi;
B. int eni, uzunligi;
C. int eni; uzunligi;
D. int eni, int uzunligi;
2.8. ___________ – ta’minlash operatori
A. = =
B. :=
C. =
D. =:
2.9. x ga 1 qiymatini ta’minlash uchun _________ deb yozish kerak.
A. 1 = x;
B. x = 1;
C. x := 1;
D. 1 := x;
E. x == 1;
2.10. Quyidagi ta’minlash ko`rsatmalaridan qaysi biri noto`g`ri?
A. i = j = k = 1;
B. i = 1; j = 1; k = 1;
C. i = 1 = j = 1 = k = 1;
D. i == j == k == 1.
Do'stlaringiz bilan baham: |