2.13. Raqamli tur konvertatsiyasi
Key Point. Haqiqiy turli sonlar butun turga ochiq taqsimlash orqali o‘tkaziladi.
Xo`sh, butun qiymatni haqiqiy turdagi o`zgaruvchiga ta’minlay olamizmi? Ha. Haqiqiy qiymatni butun turdagi o`zgaruvchiga ta’minlay olamizmi? Ha. Butun turli o`zgaruvchiga haqiqiy turli qiymatni bersak, u bu sonning butun qismini oladi (kasr qismini emas). Masalan:
int i = 34.7; // i 34 ga teng
double f = i; // endi f 34 ni oldi
double g = 34.3; // g 34.3 ga teng
int j = g; // endi j 34 ni oldi
Ikki turga tegishli operandlar ishtirokida operatsiya bajarish mumkinmi? Ha. Agar butun turli va haqiqiy turli qiymatlar bitta ifodada kelsa, C++ butun qiymatni avtomatik tarzda butun turli qiymatni haqiqiy turga o`tkazib oladi. Masalan, 3 * 4.5 ifodasi 3.0 * 4.5 bilan bir xil.
Shuningdek, C++ bir turdagi sonli qiymatni o`tkazish operatori (casting operator)dan foydalangan holda boshqa turdagi sonli qiymatga o`ztkazishga ruxsat beradi. Uning qo`llanilish qoidasi quyidagicha:
static_cast(qiymat)
Bu yerda qiymat o`zgaruvchi, tur biz o`tkazmoqchi bo`lgan sonli tur.
Ushbu ko`rsatma satri
cout << static_cast(1.7);
Do'stlaringiz bilan baham: |