2.3.Quyuv-mexanika zavodining asosiy faoliyati va “O’zbekiston temir yo’llari” AJning samaradorligini oshirishdagi o’rni
Quyuv-mexanika zavodi “Korxona”, ” Irgidromash” ochiq xissadorlik jamiyati negizida hamda uning sho’ba korxonalari bo’lmish “Gidro-Quyuvchi”, “Hamkor-Irgidromash”larni birlashtirgan va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga qarashli “Suvsanoatquvvat” suv olish v qozonxonasi qurilishi bitmagan Uzsuvenergoga qarashli ma’muriy binolarni qamragan holda, sho’ba korxonasiga aylantirish yo’li bilan tashkil qilindi. Vazirlar Mahkamasining 24.03.2003 yil 464-sonli “Yevropa tiklanish va taraqqiyot” banki ishtirokida “Dizel lokomativlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasi bo’yicha xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan “O’zbekiston temir yo’llari”kompaniyasi “O’ztemiryo’lmashta’mir” korxonasi tarkibiga kiritildi va uni tarkibida sho’ba korxona sifatida faoliyat ko’rsatadi
Mazkur korxona o’z faoliyati mobaynida O’zbekiston Respublikasining qonunlariga asoslangan nizom asosida xo’jalik hisobi va o’zini moliyalashtirish uslubida ish yuritadi.
Quyuv-mexanika zavodi mustaqil huquqiy shaxs maqomida bo’lib, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq , o’z nomidan shartnomalar tuzishga, ma’suliyatni o’ziga olgan holda, sud jarayonlarida davogar va javobgar bo’lib ishtirok etishga, mustaqil balansga ega bo’lish, banklarda ‘z hisob va valyuta raqamlarini ochishga, o’ziga xos firma nomini tanlashga, o’zini gerbil va boshqa muxriga, shtamplariga, blankalariga, tashkilot logotipi va shunga o’xshash zaruriy qismlarni davlat tilida namoyon qilish huquqiga ega.
Korxona o’z ish rejalarini tuzilgan shartnomalarda kelishilgan narx asosida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ , Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hamda boshqa buyurtmachilar buyurtmalarini hisobga olgan holda mustaqil rejalashtiradi, ishlab chiqargan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish, uning narxini belgilash, hamda shu bozorga mahsulot yetkazib berish va xizmat ko’rsatishni amalga oshiradi.“Quyuv-mexanika zavodi” sho’ba korxonasining asosiy vazifalari va maqsadlari quyidagilardan iborat:
-temir yo’l yuk tashish vagonlarini ta’mirlash va ularning yangisini yig’ish;
-temir yo’llar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish;
-yangi texnika, nostandart jihozlar va dastgohlar ishlab chiqarish;
-yangi ishlab chiqarishlarni va qurilishlarni tashkil etish;
-ishlab chiqarishni kengaytirish, uni qayta qurollantirish, ta’mirlash;
-po’lat, cho’yan, rangli metallarni eritish va quymalarini ishlab chiqarish;
-ekskavator ehtiyot qismlari va dastgohlarini ishlab chiqarish;
-suv taqsimoti ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish;
-metal konstruksiyalarini ishlab chiqarish;
-yo’lovchi va yuk tashish avtotransport xizmatlarini bajarish;
-xalqaro yuk tashish avtotransport xizmatlarini bajarish;
-tijorat va o’zaro hamkor savdo faoliyatini olib borish;
-xalq iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish va aholiga pullik va har xil xizmat ko’rsatish turlarini taklif etish;
-uy-joy, ijtimoiy obyektlar, binolar qurilishi va ularni ta’mirlash ishlarini bajarish;
-qurilish materiallari ishlab chiqarish;
-kapital va umumiy qurilish ishlarini bajarish;
-yuridik va jismoniy shaxslarda tushgan buyurtmalarni bajarish;
-ulgurji va chakana savdo faoliyatini olib borish;
Mazkur korxona o’ziga biriktirilgan vazifalarni bajarish uchun ilmiy-texnika rivoji, moliya va iqtisod, huquq sohalarida quyidagilarni amalga oshiradi:
-ilg’or texnologiyalarni olib kirish, texnik qurollantirish negizida avtomatik va mexanik texnologiya jarayonlarini rivojlantirib, korxonalarni kengaytirish va rivojlantirish;
-chet el sarmoyalari, korxonalari va boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishni yo’lga qo’yish;
-yoqilg’I va elektr energiya xarajatlarini tejash hamda atrof muhitni himoyalash chora tadbirlarini amalga oshirish;
-korxona ishchi-xizmatchilarining huquqlari va xo’jalik manfaatlarini himoyalash;
-temir yo’l korxonalari bilan texnikalarni ta’mirlash bo’yicha vazirliklar va boshqalar bilan birgalikda javobgarlikni ikki tomonlamateng olgan holda, ehtiyot qismlar va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tayyorlash;
Sho’ba korxona o’zining mulklariga ega bo’lib, ularni quyidagilar asosiy vositalar va aylanma mablag’lar, hamda har xil qiymatliklar, pual mablag’lari, korxonaning tarkibiga kiradigan filiallar va shunga o’xshash bo’linmalarning mablag’ qiymatlari, sho’ba korxonaning shaxsiy balansida ko’rinib turadigan barcha qiymatliklar tashkil etadi. Soliq to’lovlardan v byudjetga to’langan boshqa mablag’lardan qolgan sof foyda korxonaning o’z ixtiyoriga o‘tadi. Buning hisobiga sho’ba korxona faoliyati uchun zarur bo’lgan jamg’armalar tashkil etiladi. Foydani sarflash foydalanish masalalarini mustaqil ravishda, smetalar orqali olib boriladi.
Sho’ba korxonaning o’zida zaxira jamg’armasi ham shakllangan. Sho’ba korxonaning foydasidan zaxira jamg’armasiga tushadigan mablag’ qismi 5% ni tashkil etadi. Sho’ba korxonaning mablag’lari quyidagilardan tashkil topadi:
-sotilgan mahsulotlar foydasidan, bajarilgan va xizmat qilingan ishlardan;
-amortizatsiya ajratmasi va kreditlardan;
-sotilgan qimmatbaho qog’ozlar mablag’laridan;
-kelib tushayotgan penya, jarima va qonun hujjatlari bilan taqiq etmagan boshqa to’lovlardan;
’’O’zbekiston temir yo’llari’’ AJ, “O’ztemiryo’lmashta’mir” , Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hamda chet el investorlari moddiy xom-ashyo manbalari bilan ta’minlangan holda, shuningdek iste’molchilarning talablari va bozor iqtisodiyoti talab qilayotgan mahsulotlarni, ko’rsatilayotgan xizmatlar, bajarilgan ishlar va ta’minlovchi hamda iste’molchilar bilan tuzilayotgan shartnomalarni inobatga olgan holda, sho’ba korxona xo’jalik faoliyatini hisob-kitob bilan yuritishni ko’zda tutadi, rejalashtiradi.Ishlab chiqarish uchun sarflangan mahsulotlarni sho’ba korxona buyurtmachilar bilan kelishilgan narxlar asosida belgilaydi. Belgilangan muddat ichida sho’ba korxona rejalashtirgan yillik natijalarni bajarilishini asosiy korxonaga taqdim etadi.
Sho’ba korxona ishchilari mehnat qilishlari O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va jamoa shartnomasi hamda mehnat bitimi asosida yuritiladi. Sho’ba korxona belgilangan qoidalarga asoslangn holda ish haqi to’lash me’yorlarini, uni negizini yaratishni, yagona soha tarif stavkalari va okladlar asosida mustaqil ravishda tashkil etadi va belgilaydi.
Sho’ba korxonani boshqarish markaziy rahbariyat va mehnat jamoasining o’zini-o’zi boshqarish uslublarini birlashtirgan holda amalga oshiriladi.
“Quyuv-mexanika zavodi” sho’ba korxonasining direktorlik lavozimiga shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish “O’ztemiryo’lmashta’mir” asosiy korxonasinining bosh direktori amalga oshiradi.
Sho’ba korxonasining direktori bilan bitim tuziladi, unda uning huquqlari, majburiyatlari, moddiy ta’minlanishi hamda lavozimidan ozod qilinishi belgilanadi. Sho’ba korxona direktori korxona faoliyatiga oid barcha masalalarni mustaqil yechadi, korxona ishlarini tezkor bajarilishiga rahbarlik qiladi shuningdek u asosiy korxona bosh direktori roziligi bilan o’zining muovinlarini ishga tayinlaydi va ozod etadi. Sho’ba korxona direktori korxonaga qo’yilgan vazifalarni va xo’jalik-moliya faoliyat ko’rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
Sho’ba korxonaning boshqarish apparati shtatlarini asosiy korxona tasdiqlaydi.
“Quyuv-mexanika zavodi” sho’ba korxonasining temir yo’l transporti korxona va tashkilotlari hamda “O’ztemiryo’lmashta’mir” asosiy korxona va kompaniya bilan bo’lgan xo’jalik faoliyati ishlari bilan bog’liq o’zaro aloqalari qonun hujjatlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Moliya yo’nalishidagi o’zaro aloqalar “O’zbekiston temir yo’llari” AJning bo’linmalari, boshqarmalari, korxona va tashkilotlari o’rtasida bo’ladigan moliya aloqalari to’g’risidagi qo’llanmalarga asosan yuritiladi. Sho’ba korxona ishchi-xizmatchilariga ham “O’zbekiston temir yo’llari” AJ korxonalari ishchi xizmatchilariga belgilangan huquq, majburiyatlar va imtiyozlar amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |