1.Axborot nima o'zi?
Axborot informatikaning asosiy tushunchasi bo'lib, ko'p ma'noni o'z ichiga oladi.
Axborot deganda biz barcha sezgi a'zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki
ta'sirini, bog'liqlik darajasini tushunamiz. Axborot har xil ko'rinishda bo'ladi. Misol
uchun: rasm, chizma, yozuv, nur, tovush va boshqa ko'rinishda. Hayotiy misollardan
biri bu miya impuls va reflekslari orqalidir. Siz aynigan ovqat yesangiz, miya siz
uchun axborot beradi. Faqat boshqacha usulda, ya'ni og'riq orqali. Miya impulslari
sizga xabar bergandan so'ng, siz og'riqqa chora ko'rasiz. Dori ichasiz, doktorga
ko'rinasiz. Agar bunday qilmasangiz oxiri yaxshi bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |