Mustaqillik yillarida O`zbekiston Eron bilan savdo-iqtisodiy va ma`daniy aloqalar
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
1.Mustaqillik yillarida o`zbekiston.
2.O`zbekiston Eron bilan savdo-iqtisodiy va ma`daniy aloqalar.
3.Hulosa.
4.Foydalinilgan adabiyotlar.
1.Kirish
Oʻzbekiston — Eron munosabatlari — Eron Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgach, 1992 yil noyabrda Eroning Toshkentdagi elchixonasi, 1995 yil mayda Oʻzbekiston Respublikasining Tehrondagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Eronga ilk tashrifi 1992 yil noyabrda boʻlib oʻtdi. 2000 yil 10—11 iyunda OʻzR Prezidenti Islom Karimov Iqtisodiy Hamkorlik Tashkshyutiga aʼzo davlatlar rahbarlarining Eronda boʻlib utgan 6sammitida ishtirok etdi. 2003 yil 17—18 iyunda rasmiy tashrif bilan Eronda boʻldi. 2002 yil 26—28 aprelda Eron Islom Resggublikasi Prezidenti S.M.Hotamiyning OʻzRga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Ana shu tashriflar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuquqiy asoslari yaratildi.
Ikki mamlakat oʻrtasida transportkommunikatsiya, neftkimyo, bank, bojxona, farmatsevtika, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy tarqatilishiga qarshi kurash sohalarida keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Hoz. kunda Oʻzbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviyhuquqiy asosini 50 dan ortiq hujjat tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Eron oʻrtasida savdoiqtisodiy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning tamoyil va yoʻnalishlarini belgilab beruvchi bir qator davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar hamda idoralararo hujjatlar imzolangan. Ikki tomonlama munosabatlar "Savdoiqtisodiy aloqalar toʻgʻrisida", "Sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish", "Ikki tomonlama soliqqa tortishdan qochish va olingan foyda va kapitalga solinadigan soliqlar haqida maʼlumot bilan almashish toʻgʻrisida"gi shartnoma va qator hukumatlararo memorandumlar bilan tartibga solinadi. 2004 yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 370 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Eron Islom Respublikasi Oʻzbekistonning 10 ta yetakchi savdo hamkori qatoridan_joy olgan. Eron Oʻzbekistondan paxta tolasi, rangli metall va undan yasalgan buyumlar, qora metall va metall buyumlar, mineral yoqilgʻi, neft va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, mexanik stanoklar, xizmatlar, oʻgʻit, kimyoviy shtapel tolalari va h.k. oladi va Oʻzbekistonga bogʻdorchilik mahsulotlari, oʻsimlik va hayvon yogʻi, poyabzal, kimyoviy ip, kir yuvish vositalari, gilam va gilam mahsulotlari, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, xizmatlar, toʻqimachilik hamda organik kimyoviy mahsulotlar, kofe, choy, shirinlik va doridarmon yuboradi. 1993 yilning 18 oktyabr da imzolangan hujjat asosida Oʻzbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida Savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tashkil etilgan. Oʻzbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 53 korxona bor, ulardan 40 tasi qoʻshma korxona, 13 tasi esa 100 % Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda. Mazkur korxonalar asosan xalq isteʼmoli mollari, qandolat, tikuvchilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qurilish materiallari hamda gilamlar ishlab chiqarish, shuningdek, yuk tashishga ixtisoslashgan. Oʻzbekistonning eksport yuklarini jahon bozorlariga olib chiqishda Eron transport kommunikatsiyalaridan ham keng foydalanilmoqda. Oʻzbekiston temir yoʻlchilari faol ishtirok etgan Tajan — Saraxs — BandarAbbos temir yol yoʻnalishining ishga tushirilishi (1996) Oʻrta Osiyoda joylashgan davlatlarga Fors qoʻltigʻi orqali jahon bozoriga chiqish imkonini berdi. 1993 yil 17 martda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va Eronning fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan ikki mamlakat oʻrtasida havo qashovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Anglashuv memorandumi imzolandi.
1994 yil avg .dan boshlab "Eron eyr" aviakompaniyasining havo kemalari haftasiga bir marta Tehron — Toshkent — Tehron yoʻnalishi boʻyicha muntazam havo qatnovini amalga oshirmoqda.
2002 yil Samarqand shahridagi Panjob madaniyat markazi qoshida E. bilan hamkorlikda Panjob shifoxonasi ochilgan. Shuningdek, Samarqandda Eroning "Doktor Obidiy" farmatsevtika shirkati bilan qoʻshma korxona tuzilgan.
Ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va maʼrifiy aloqalar 1999 yil 8 sentyabrda taʼsis etilgan „OʻzbekistonEron“ doʻstlik jamiyati doirasida olib borilmoqda.
Tashriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 5-aprel kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifni qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan[1].
2-Asosiy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |