Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida milliy iqtisodning barcha tarmoqlarida ko`plab kichik va o`rta biznes korxonlari vujudga kelmoqda. Ushbu korxonalar aholi daromadlarini oshirish bilan ularning bandligini ta`minlashda, ichki iste`mol bozorini zarur tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirishda, iqtisodiy o`sishni ta`minlashda muhim rol o`ynamoqdalar. Shularni hisobga olib kichik va o`rta biznesning ustuvor yo`nalishlari bo`lgan korxonalar sonini oshirish, iqtisodiy raqobatni ta`minlash, bu sohaga investitsion resurslarni jalb qilish, turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish respublikamiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ularning ulushini oshirish kabi ko`rsatkichlarni bashorat qilishning ekonometrik modellari ishlab chiqilgan. Ushbu modellar asosida respublikada kichik va o`rta biznes rivojlanish istiqbollari bashorati natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan. O`zbekiston Respublikasida 2002-2005 yillarda kichik va o`rta biznes rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari bashorati.
Yillar
|
I-ajratilgan investitsiyalar mln.so`m
|
Y1-korxonalar soni, mingta
|
Y2-i.ch mahsulot miqdori, mln. so`m
|
Y3-asosiy fondlar qiymati, mln.so`m
|
Y4-ishlovchilar soni ming kishi
|
1992*
|
4563
|
20105
|
19183
|
67125
|
110,45
|
1993*
|
9124
|
46577
|
28397
|
82344
|
163,12
|
1994*
|
7344
|
72314
|
40119
|
102375
|
220,17
|
1995*
|
12186
|
101241
|
52331
|
94160
|
422,80
|
1996*
|
20617
|
127654
|
68805
|
110541
|
245,24
|
1997*
|
32315
|
130172
|
89683
|
153200
|
249,09
|
1998*
|
58541
|
142714
|
101422
|
188617
|
364,78
|
1999*
|
74338
|
165645
|
147728
|
223155
|
392,31
|
2000*
|
91845
|
159719
|
260284
|
307155
|
411,65
|
2001*
|
107321
|
201962
|
344968
|
350425
|
475,25
|
2002
|
108121
|
209954
|
377010
|
335890
|
496,59
|
2003
|
120177
|
227234
|
409052
|
366432
|
531,34
|
2004
|
132234
|
244515
|
441094
|
396974
|
566,09
|
2005
|
144290
|
261795
|
67125
|
427516
|
600,84
|
*Manba: O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligi ma`lumotlari, Toshkent, 2002
Bashorat natijalarining tahlili shuni ko`rsatadiki,2005 yilda kichik va o`rta biznes korxonalari soni 2001 yildagi xaqiqiy o`sishga solishtirilganda qariyb 30 foizga ko`payish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi esa 69,4foizga, ishlovchilar soni bunda 26,4 foizga oshishi kutiladi. Bunday jarayonlarga jalb etiladigan investitsiyalar hajmi 36,9 mlrd. so`mga oshishi lozim bo`ladi. Bashorat natijalarining tahlili shuni ko`rsatadiki,2005 yilda kichik va o`rta biznes korxonalari soni 2001 yildagi xaqiqiy o`sishga solishtirilganda qariyb 30 foizga ko`payish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi esa 69,4foizga, ishlovchilar soni bunda 26,4 foizga oshishi kutiladi. Bunday jarayonlarga jalb etiladigan investitsiyalar hajmi 36,9 mlrd. so`mga oshishi lozim bo`ladi. Kichik va o`rta biznesni rivojlantirish istiqbollarini amalga oshirishdagi chora-tadbirlar mamlakat miqyosida bajarilishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda kichik va o`rta biznes bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlarga tijorat banklari, chet el sarmoyalari, maxsus fondlar, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan kredit resurslari berishni yanada soddalashtirish hamda lizing xizmatidan foydalanishni kengaytirish kerak. Ikkinchidan, kichik va o`rta biznes korxonlarining iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga chetdan bo`ladigan aralashuvlarni, turli xil nazorat va tekshiruvlarni kamaytirish lozim. Kichik va o`rta biznes sub`ektlari uchun yana bir muhim manba- axborot resurslariga bo`lgan talablarini imkoni boricha to`liqroq ta`minlash kerak. Kichik va o`rta biznes sub`ektlari ichki va tashqi bozor konyunkturasi to`g`risida to`liq ma`lumotga ega emaslar. Ushbu masalani hal etish uchun hozir faoliyat ko`rsatayotgan monitoring tizimini bozorlar haqidagi ma`lumotlar bazasini tashkil etish hisobiga kengaytirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |