Konformizmi va nonkorformizm xodisalarining mohiyati
Konformizm - bu real yoki tasavvurlardagi guruhning shaxs e’tiqodi va xulq- atvoriga ta’sirini tushuntiruvchi xodisadir. U ikki xil namoyon bo`lishi mumkin:
yon berish - qalban qo`shilmasa-da, tashqi xaraktada ko`pchilik firiga ergashish;
ma’qullash - e’tiqod va qarashlarning ijtimoiy tayziqqa to`la mos kelishi. Konformizmning tabiatini tushuntiruvchi eksperimentlar (masalan, Muzafer Sherif, Solomon Ash, Milgram va b.q.) ma’lum ma’noda bizga hayotda yoqmaydigan narsalarning kelib chiqishini, masalan, johillikning, o`g`rilik yoki boshqa illatlarning tabiatini tushunishga imkon beradi, ya’ni, johillik yoki yomonlik, albatta yomon odamlarning borligi uchun kelib chiqmaydi, balki odamlarning turli vaziyatlarda noxaqlikka ko`nikishlari yoki xudbinlik yoki yovuzlikni ko`rib o`tib ketaverish, ularga nisbatan isyonni namoyon qilmaslik oqibatidir.
Konformizm xodisasini eksperimental yo`l bilan o`rgangan tadqiqotchilarning fikricha, bu - ma’lum shart-sharoitlarning oqibatidir. Masalan, konformizm guruhning katta yoki kichikligiga, uning hajmiga bog`liq. Odamlar o`zlari uchun biroz bo`lsa-da, obro`li yoki yoqimtoy bo`lgan odamlar soni uch yoki undan ortiq bo`lgan sharoitda ularning gaplariga juda tez ishonib, ergashib ketaveradilar. Bundan tashqari, yuqori darajali konformizm xolati biror masala yuzasidan javoblar ko`pchilik ichida berilganda, yoki oldindan biror javobga sha’ma qilinmagan sharoitda tez sodir bo`ladi.
Nima uchun odamlar konformizmni namoyon etadilar, bu aslida inson tabiatiga zid emasmi? degan savol tabiiy. Yoki bo`lmasa, ko`pchilikning ta’siriga o`ylamay-netmay berilaverish yaxshimi? Bu shaxsning o`zligiga, mustaqilligiga putur yetkazmaydimi, degan savol o`rinli bo`lib, uning javobini ikki manbadan - jamiyatning insonlar uchun ishlab qo`ygan normalari tizimidan, shunga mos tarzda odamning o`zgalar tomonidan tan olinishiga intilishidan va odamlarning o`zaro
kommunikativ ma’lumotlar almashinishlari jarayonida so`zlar va iboralar orqali bir-birlariga yetkazadigan ta’sirlari orqali tushuntirishga xarakat qiladi.
Kim ko`proq konformli, degan savolga ko`pchilik mualliflar ayollarning erkaklarga, yoshlarning kattalarga nisbatan ancha ishonuvchan va ta’sirlarga beriluvchan ekanliklarini e’tirof etadilar. Bundan tashqari, olimlar bu xodisaning milliy-xududiy o`ziga xosliklarini va bu kabi xulq-atvor ayrim tang, sust vaziyatlarda odam irodasining pastlashi sifatida namoyon bo`lishini aytishgan. Nima bo`lganda ham, bizningcha, shaxsning tashqi tayziqlarga berilishi, tanqidsiz u yoki bu xarakat tiplariga ergashib ketaverishi individual xususiyatlarga ega bo`lib, u odamning dunyoqarashiga, mentalitetiga va ma’lumoti darajasiga bog`liqdir.
Nonkonformizm-chi? Kimlar o`zgalar fikriga ergashmaydi? Shunday insonlar toifasi borki, ular ko`pchilikka, qolaversa, ikkilanuvchilarga ergasholmaydi. Ular hakida ba’zan liderlar termini, ba’zida esa, «qo`shilmaslar» iborasi ishlatiladi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? O`zbeklarda «Podadan ajraganni bo`ri yeydi» degan maqol bo`lishiga qaramay, aynan ana shunday yagonalar, kamchilikni tashkil etuvchi «qo`shilmaslar» tarixiy shaxslar yoki jamiyatda tub islohotlarni boshlovchilar bo`lib chiqadi. Agar bunday qobiliyat tug`ma - xarizmatik bo`lib, buni odamlar qalban xis qilsalar, ular norasmiy liderlarga aylanadi, agar bunday intilish ataylab, boshqalarga ko`rsatib qo`yish uchun namoyish etilsa, ular rasmiy liderlarga - rahbarlarga aylanib qoladilar. Nima bo`lganda ham liderlik va rahbarlik muammolari ham ijtimoiy psixologiyaning ustivor yo`nalishlaridan hisoblanadi.Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning hamda egasi—sub’ekti hamda ob’ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o`rganadiki, uni o`sha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo`limlarida ham o`rganiladi. Har bir bo`lim yoki tarmoq uni o`z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo`lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o`ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo`ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o`rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo`sinda sodir bo`lishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya, ya’ni ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog`liq bo`lsa, bu ta’sirlarning shaxs hatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo`l-yo`riqlar muammosi bilan bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni ko`pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko`p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o`ziga xosligi tufayli bo`lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko`pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko`radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o`tilganidek ko`pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo`lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o`rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o`rganilishi kerak deylik, avvalo o`sha ishchilarning soni ko`p, qolaversa, ishchilarning o`zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli usulni topish masalasi juda jiddiy muammo bo`lganligi uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy, yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o`rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo`llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har
qanday guruhni o`rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo`lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo`lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, an’analar o`rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma’noda, hayot tarzini o`rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o`rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o`zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo`lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90- yillar yoshlariga xos bo`lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar o`rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so`zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 yoshli kishining psixologiyasini to`liq ravishda o`rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari, yana unga o`xshash yoshlarda ustun bo`lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo`lishini, u mansub bo`lgan va asosan vaqtini o`tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o`rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga alokador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millatga, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o`z a’zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko`pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o`zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo`lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi - norma; o`quvchining o`qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi - norma; xotinning er hurmatini o`rniga qo`yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o`rin bo`shatishi - norma va hakozo. Bu normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo`lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko`p chilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan harakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada muhrlanadi.
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo`lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sanksiyalar - normalarning shaxs xulqida namoyon bo`lishini nazorat qiluvchi jazo va raqobatlantirish mexanizmlari bo`lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda ijtimoiy xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob’ektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta muysafid kishiga o`rin bo`shatishni norma deb qabul qilmagan o`smirga nisbatan ko`p chilikning ayblov ko`zi bilan qarashi, yoki og`zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o`zini bebosh tutayotgan o`smirning qo`lidan tutib, nima qilish kerakligini o`rgatib, «ko`zini moshday qilib ochib qo`yish» ijtimoiy sanksiyaning hayotdagi bir ko`rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |