KM-qarz miqdori, so'm.
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlarning foiz
stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio,
Nyu-York,
Frankfurt, Parij va Bryussel shaharlarida joylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o'zgarib turadi. Bu omillarningasosiylariquyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga
nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u
kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf
darajasi, aniqrog'i shu pulning iste’mol qiymati.
Qarz puli tadbirkor uchun ko'p foyda keltirsa yoki iste’molchi ehtiyojini toMaroq qondirsa, foiz yuqori
bo'ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigannaftaqqoslanadi.
Qarzni to'lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta,
kichik-kichik qismlarga
bo'lib, bemalol qaytarish mumkin bo'lsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo'ladi. Agar qarz qisqa vaqtga
berilsa va uni bir yo'la to'lash shart bo'lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko'radi. Gap shundaki, qarz
qanchalik uzoq
muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib, daromad ko'rish mumkin va shu hisobdan foiz
to'lash oson bo'ladi.
Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori
belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o'rnatiladi. Konvertirlangan pul nufuzli
bo'lgani uchun
uni ishlatish oson, undan tezda daromad ko'rish mumkin.
Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha o'z qadrini
qisman yo'qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflyatsiyani hisobga olib o'rnatiladi. Foiz
inflyatsiya shiddatiga nisbatan to'g ri mutanosiblikda o'zgaradi.
Pulni qarz berishdan kora boshqa yosinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal
ko'rish prinsipi amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo'lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga
15%
dividend berilsa, foiz undan yuqori bo'lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya
sotib olishni afzal ko'radi.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo'lib,
qarz qaytishi shubhali bo'lsa, foiz yuqori boMadi. Odatda, moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun
foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o'rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz xatarini
kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo'lishi bilan qoplanadi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: