1. Кўчмас мулк савдоси бўйича тўлиқ шериклик иштирокчилардан бири бўлган фуқаро Исломов коммандит ширкат шаклида бошқа корхона ташкил этиб, ўз фаолиятини кенгайтиришга қарор қилди



Download 24,97 Kb.
bet2/2
Sana18.04.2022
Hajmi24,97 Kb.
#561600
1   2
Bog'liq
Fuqarolik huquqi

Муҳокама қилинг.
Shartnoma tuzish erkinligi, aytish mumkinki, shartnomaning asosiy mohiyatini tashkil etadi. shartnoma tuzish erkinligining har qanday buzilishi fuqarolik qonunchiligining asosiy taomillariga zid keladi. shartnoma tuzish erkinligi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy faoliyat sub'ektlari qonun bilan taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyat bilan shug'ullanishlari mumkin. Bularning hammasi turli xil shartnomalar ko'rinishida namoyon bo'ladi.
shartnoma tuzish erkinligi bu fuqarolar va yuridik shaxslarning o'z fuqarolik huquqlarini o'zlarining xohish-irodalariga va manfaatlariga muvofiq vujudga keltirish va amalga oshirish imkoniyatidir.
Shartnoma tuzish erkinligi quyidagi qoidalarda o'z ifodasini topadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar har qanday turdagi shartnomaviy munosabatlarga kirishish yoki kirishmaslik huquqiga egadirlar. Bunda ular o'zlari uchun hamkor sheriklarni mustaqil tanlaydilar. masalan, fuqarolar yoki tashkilotlar oldi-sotdi,
pudrat, ijara va b. shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasini o'z manfaatlaridan kelib chiqqan holda o'zlari hal etadi. xuddi shu kabi, ular shartnomani kim bilan – fuqaro bilanmi yoki yuridik shaxs bilan, davlat korxonasi bilanmi yoki xususiy korxona bilan, aktsiyadorlik jamiyati bilanmi yoki unitar koxona bilan, yirik korxona bilanmi yoki kichik korxona bilan, kiyim sotuvchi tashkilot bilanmi yoki oziq-ovqat mahsulotlari sotuvchi tashkilot bilan,
bevosita ishlab chiqaruvchi bilanmi yoki vositachi bilan va h.k. tuzish masalasini ham o'z ixtiyorlariga binoan hal etadilar. qoidaga ko'ra, qonun shartnoma tuzishga majbur qilishni taqiqlaydi. Faqat, FK va qonunda (qonun osti hujjatida emas)
to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan, shuningdek, taraflar ixtiyoriy ravishda tegishli majburiyat qabul qilgan holatlarda, shaxs o'zi bilan shartnoma tuzishni talab qilishi mumkin. masalan, FKning 358-moddasi tashkilotning iste'molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko'rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo'la turib, ommaviy shartnoma (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo'lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta'minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) tuzishdan bosh tortishiga yo'l qo'ymaydi. FKning 459-moddasiga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi buyurtma tanlov bo'yicha joylashtirilsa, tanlov
g'olibi deb e'lon qilingan mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) bilan davlat kontraktini tuzish davlat buyurtmachisi uchun majburiy hisoblanadi. shu kabi, agar kim oshdi savdosiga faqat shartnoma huquqi qo'yilgan bo'lsa, taraflar kim oshdi savdosi tamom bo'lganidan hamda bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin bunday shartnomani tuzishlari shart (FK, 380-m.). Taraflar ixtiyoriy suratda tuzadigan dastlabki shartnoma asosida taraflarning qay biri bo'lmasin, asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda, ikkinchi taraf sud tartibida ana shu shartnomani tuzishni talab etishga haqli (FKning 361-moddasiga sharh).
FKda shartnoma to'g'risidagi umumiy qoidalar bilan birga, shartnomalarning muayyan turlari to'g'risidagi me'yorlar ham mavjud bo'lib, ular alohida boblarda keltirilgan. Bundan tashqari shartnomalarning ayrim turlari bo'yicha (masalan garov, sug'urta) maxsus «Garov to'g'risida»gi, «Ipoteka to'g'risida»gi,
«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonunlar ham qabul qilingan. Bozor iqtisodiyotining, tadbirkorlikning rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarning ortib borishi, tashqi iqtisodiy faoliyatning faollashtirilishi amalda yangi turdagi shartnomalarni (lizing, franshizing) keng joriy etilishiga olib keldi.
Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o'z ichiga oladigan aralash shartnoma deb ataluvchi shartnoma tuzishlari ham mumkin. Aralash shartnoma o'z ichiga olgan elementlardan tashkil topuvchi shartnomalar to'g'risidagi qoidalar bilan tartibga solinadi. masalan, agar aralash shartnoma bo'yicha taraflardan biri
ijaraga binoni topshirish majburiyatini olsa, ikkinchi taraf esa muayyan ishni bajarishni zimmasiga olsa, bunday shartnomaga nisbatan ijara shartnomasi va pudrat shartnomasiga oid qoidalar tadbiq etiladi. Biroq bu dispozitiv me'yor bo'lib hisoblanadi, ya'ni taraflarning bitimidan yoki aralash shartnoma mohiyatidan
boshqacha qoida kelib chiqmaganligi sababli qo'llanadi. masalan, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha sotuvchi xaridorga sotuvdagi tovar to'g'risida zarur va ishonchli axborotni taqdim etishi shart.Mazkur shartnomada axborot xizmati ko'rsatish to'g'risidagi shartnoma elementlari bo'lsa-da, faqat oldi-sotdi shartnomasi
to'g'risidagi qoidaning o'zi qo'llangani maqsadga muvofiq. Bu talab shartnomaning mohiyatidan kelib chiqadi.
Umumiy qoida tariqasida shartnomaning shartlari taraflarning ixtiyoriga ko'ra belgilanadi, bu esa fuqarolik qonunchiligining asosiy taomillaridan kelib chiqadi. Shartnomaning rioya etilishi majburiy bo'lgan shartlari faqat qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin, ya'ni bunday shartlar qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining normative huquqiy hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa me'yoriyhuquqiy hujjatlar bilan nazarda tutilishi mumkin. masalan,
O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunining 9-moddasiga muvofiq, oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari uchun qoidalar, shuningdek, ayrim turdagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari
bilan tasdiqlanadi. Yuqorida ko'rsatilgan qonun normasi asosida Vazirlar mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli «O'zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini va O'zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida»gi qarori qabul qilingan.Ko'p holatlarda qonunchilikda dispozitiv deb nomlanuvchi me'yorlar belgilab qo'yiladiki, ular taraflarning kelishuvi orqali boshqa qoida o'rnatilmagani sababidan qo'llaniladi. Bunday hollarda taraflar o'z kelishuvlari orqali dispozitiv me'yorlarning qo'llanishini istisno etishlar yoki o'z ixtiyorlari bilan har qanday boshqa shartni joriy etishlari mumkin. masalan, taraflar shartnomada talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo'l qo'yilmasligi ko'rsatilishi mumkin, bunda taraflar o'z kelishuvlari bilan FKning 333-moddasi qoidalarini va unga bog'liq boshqa normalar qoidalarini istisno etadi. Yoinki, ijara shartnomasida taraflar ijarachi tomonidan ijaraga olingan molmulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, hosil va boshqa daromadlar ijaraga beruvchining mulki bo'lib hisoblanishi to'g'risida kelishgan bo'lsa, bu holda taraflar ixtiyoriga ko'ra, FKning 536-moddasi qoidasiga ko'ra, daromad ijarachining foydasiga emas, balki ijaraga beruvchining foydasiga o'tadi. FKning 6-moddasiga ko'ra, tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo'llaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, birorbir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat'iy nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi. shu munosabat bilan ish muomalasi odatlari shartnomadan kelib chiqadigan taraflarning munosabatlarini tartibga solishda muhim o'rin tutadi. Agar taraflar u yoki bu sabablarga ko'ra shartnomada qandaydir shartlarni ko'zda tutmagan bo'lsa va bu borada tegishli dispozitiv me'yorlar ham mavjud bo'lmasa, ular taraflarga o'zlari tuzgan shartnomani muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Ish muomalasi odatlari taraflar o'rtasida nizolarning vujudga kelishining ham oldini oladi, mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni ijobiy hal etishga ko'mak beradi.
Download 24,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish