1. Kassa muomalalarini yuritish tartibi. Kassaning kirim va chiqim orderi, kassa daftarini rasmiylashtirish



Download 29,8 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi29,8 Kb.
#295580
1   2   3
Bog'liq
Касса

Kirim hujjatlari

Sana

Raqami

Summa

Izox




















































CHiqim hujjatlari

Sana

Raqami

Summa

Izox

















































Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo’liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to’g’ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitantsiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitantsiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo’yicha pullar faqat ushbu qabul qilinadi. Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqts pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitantsiyasi to’ldiriladi. Kvitantsiya hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko’chirmasiga qo’shib qo’yiladi. Naqd pullar kassadan kassa chiqim orderlari (KO2 shakli) yoki kassa chiqim orderlarining o’rnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish uchun ariza, hisobvaraqlar va hokazo) asosida beriladi. Pul berishga doyr barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo’lsa, orderda uning imzosi bo’lishi shart emas. Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd kilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxe qo’liga berishga ruxsat etilmaydi. Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxeini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko’rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va rakami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo’yadi hamda oluvchining tilxatini oladi. Bir necha shaxe nomiga yozilgan bitga to’lov xujjati bo’yicha pul olishda ham shaxeni tasdikugaydigan xujjat ko’rsatilishi shart.

Korxonaning ro’yxati tarkibida bo’lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo’yicha beriladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o’rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko’rsatilgan shaxsga beriladi.

Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo’lsa, buxgalteriya orderda pul olish ishonib topshirilgan shaxsning ismi sharifini kursatadi. Agar pul qaydnoma bo’yicha berilsa, pulni olganligi haqida imzo chektirishdan oldin kassir “Ishonchnoma bo’yicha” deb yozib qo’yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda qoladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga qo’shib qo’yiladi. Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi, pentsiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to’lov qaydnomalari bo’yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib o’tirmasdan beriladi. To’lov qaydnomaning titul (birinchi) varag’iga pul berishga ruxsat berish haqida yozuv qilinadi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko’rsatiladi. Agarda xodimlar ushbu

pullarni o’z vaqtida olmasalar (yahni 3 kun ichida), ular deponentga o’tkaziladi. Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir ularga imzo chekadi, ularga ilova qilingan xujjatlarga esa “Olingan” (kirim hujjatlariga) yoki “To’langan” (chiqim xujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so’zlar qo’lda yoziladi va sana, yahni kun, oy, yil ko’rsatiladi.

Kassa orderiga hech qanday o’zgarishlarni, hatto izohlarni ham qilishga yo’l qo’yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi. Har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng kassir darhol kassa bo’yicha nakd pullar harakatini hisobga olish uchun mo’ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi.

Korxonada faqat bitta kassa daftari yuritiladi. U raqamlangan, shnurlangan va surg’uchli yoki mastika muxr bilan muhrlangan bo’lishi kerak.

Kassa daftarining oxirgi varag’ida raqamlangan betlar soni ko’rsatilib, korxona rahbari va bosh buxgalterining imzosi bilan tasdiqlab qo’yiladi. Kassa daftaridagi qaydlar qora qog’oz orqali ikki nusxada qilinadi. Har kuni ish oxirida kassir bir kunda qilingan muomalalar yakunini hisoblab chiqaradi, keyingi kunga kassada qolgan pul mikdorini va to’lov qaydnomasi bo’yicha chiqimga xisobdan chiqarilmagan summani chiqaradi. Ikkinchi qirqma varaq (kassirning hisoboti - bir kunda kassa daftarida qilingan qaydlarning nusxasi) kirim va chiqim hujjatlari bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi va bu haqda kassa daftarida qayd etiladi.

Respublikamiz milliy valyuta qadrini oshirishda naqd pul muomalalari muhim ahamiyat kasb etadi. SH u boisdan ham keyingi paytlarda nakd pul muomalalarini tartibga solish bo’yicha ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Pul muomalasini yanada takomillashtirish, nakd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan tashqari muomalani qisqartirish va soliq to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish maqsadida 2002 yil 3 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “ Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorning 5-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi va Markaziy banki zimmasiga aloxida yirik miqdordagi pul mablag’lari muomalasi, shu jumladan, naqd pul berilishi bo’yicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari, ushbu Qarorning 10-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga tijorat banklari bilan birgalikda 2002 yil 1 oktyabrigacha kredit plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Tijorat banklari zimmasiga chakana savdo va xizmatlar kursatish bilan shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi subhektlar bilan birgalikda tovarlar va xizmatlarga qaq to’lash sifatida plastik debet kartochkalari qabul qilinishini tahminlovchi terminallar tarmog’ini kengaytirish vazifasi yuklatilgan. Nakd pul muomalasini tartibga solish to’g’risidagi ushbu Qaror korxona, tashkilot va muassasalarda kassa muomalalarini yuritishda talaygina yangiliklarni keltirib chiqaradi.



Masalan, ish qaqi, mukofot, xizmat safari xarajatlari uchun pul mablag’lari berilishining elektron kartochka tizimiga o’tilishi kassa muomalalarida hujjatlar oqimining kamayishiga olib keladi. Xususan, pul mablag’lari berilishida kassa chiqim orderlari rasmiylashtirilmasdan, balki yagona hujjat to’lov qaydnomasining tuldirilishi kassa muomalalari ishini yengillashtiradi.
Download 29,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish