1. kasb ta’limi metodikasi fanidan test savollari


TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH FANIDAN TEST TOPSHIRIQLARI



Download 79,08 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi79,08 Kb.
#686305
1   2   3
Bog'liq
Engil sanoat eng oxirgi VARIANTI

2. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH FANIDAN TEST TOPSHIRIQLARI.


1.Tikuv buyumlari ishlab chiqaradigan texnologik jarayonlarni loyihalash necha bosqichdan iborat?
A)3 ta
B) 2 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
ANSWER: B

2.Tikuv buyumlari ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyihalashning 1-bosqichida qanday ishlar amalga oshiriladi?


A) hamma javoblar to’g’ri
B) model tanlanadi, material tanlanadi
C) asbob uskuna va tikish usullari tanlanadi
D) tanlangan buyumni tikishning texnologik tartibi tuziladi va ishlab chiqarish oqim shakli va turi tanlanadi
ANSWER:A

3.Tikuv buyumlarini ishlab chiqaradigan texnologik jarayonlarni loyihalashning ikkinchi bosqichida qanday ishlar amalgam oshiriladi?


A)model va material tanlanadi


B) ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi tuziladi, tahlil qilinadi, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi
C) ishlab chiqarish oqimida ishchi o’rinlari joylashtirilib, tikuv sexi plani tuziladi, qo’shimcha assortiment ishlab chiqish hisoblanadi
D) ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi tuziladi; tahlil qilinadi, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi; ishlab chiqarish oqimida ishchi o’rinlari joylashtirilib, tikuv sexi plani tuziladi; qo’shimcha assortiment ishlab chiqish hisoblanadi.
ANSWER: D

4.Buyum modelini tanlashga qanday talablar qo’yiladi?


A)estetik
B) iste’molchi va ishlab chiqarish talablari
C) gigiyenik, ekspluatasion
D) texnologik, tejamkorlik
ANSWER: B

5.Buyum modelini nechta guruh talablari qo’yiladidi?


A)3 xil
B) 5 xil
C) 4 xil
D) 2 xil
ANSWER:D

6.Iste’molchi talablarga qanday talablar kiradi?


A)tejamkorlik
B) gigiyenik, estetik,
C) Ekspluatasion gigiyenik
D) ekspluatasion, estetik
ANSWER: B

7.Ishlab chiqarish talablari o’z ichiga qanday talablarni oladi?


A)gigiyenik, estetik, ekspluatasion
B) ekspluatasion, tejamkorlik
C) estetik, texnologik
D) tejamkorlik, texnologik
ANSWER: D

8.Ekspluatasion talablar, bu:


A)kiyimning modaga mosligi
B)kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi
C) qulayligi, chidamliligi
D)kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi
ANSWER: D
9.Estetik talablar, bu:
A)kiyimning modaga mosligi, chidamliligi, qulayligi, shakli barqarorligidir
B) kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan bejirim tikilganligi, este’molchilarning estetik didlarini qondirishdir
C)kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, kiyimning issqlik balansi, yengilligidir
D)hamma javoblar to’g’ri
ANSWER:B

10.Tejamkorlik deganda…


A)kiyimning yengilligi, tuzilishi, qulayligi tushuniladi
B) kiyimning vazifasiga mosligi, chidamliligi tushuniladi
C) kiyimning yangi bezak materiallar bilan bezatilganligi tushuniladi
D) ishlab chiqarish texnologik, konstruktiv va texnik jihatdan tayyorlash xarajatlari tushuniladi
ANSWER: D

11. Gigiyenik talab deganda nima tushuniladi?##


A)kiyimning modaga mosligi, issiqlik balansi
B) kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazubchanligi, ichki nam-terdan yoki tashqi nam ta’siridan himoyalanish darajasi, yengilligi, qulayligi
C) kiyimning modaga mosligi, issiqlik balansi, chidamliligi, ishonchliligi
D) kiyimning modaga mosligi
ANSWER: B

12.Modelga materiallar qanday xususiyatlarga ko’ra tanlanadi?


A) bichish, tikish, namlab-isitib ishlov berish
B) fizik mexanik xususiyatlariga ko’ra
C) model tashqi ko’rinishi, gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlari va ishlov berish rejimlariga
D) tashqi ko’rinishga ko’ra
ANSWER: C

13.Texnologik jarayonlarni loyihalashda qanday tikish usullarini tanlash to’g’ri hisoblanadi?


A)kam vaqt sarflab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni, zamonaviy tikish texnologiyasi va mashina, uskunalardan foydalanishni ta’minlaydigan
B) ko’p vaqt sarflab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan
C) zamonaviyroq mashina va moslamalardan maksimal foydalanish imkonini beradigan
D) kam vaqt sarflab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan
ANSWER: A

14. Bo’linmas operasiya deganda nima tushuniladi?


A)texnologik jihatdan bo’linmas operasiya
B) texnologik jihatdan maydaroq ishlarga ajratish mumkin bo’lmagan texnologik jarayonning yaxlit elementi
C)texnologik jihatdan maydaroq ishlarga ajratish mumkin bo’lgan texnologik jarayonning yaxlit elementi
D)texnologik jihatdan bo’linadigan operasiya
ANSWER: B

15.Texnologik tartibda nima ko’rsatiladi?


A)har bir bo’linmas operasiyani tartib raqami, nomi
B)tartib raqami, nomi, ixtisosi
C)har bir bo’linmas operasiyani tartib raqami, nomi, ixtisosi, razryadi
D) har bir bo’linmas operasiyani tartib raqami, nomi, ixtisosi, razryadi, sarf vaqti va qo’llanilgan asbob-uskunasi
ANSWER: D

16.Bo’linmas operasiya ixtisosi qanday belgilanadi?


A)qo’llangan asbob uskunani bosh harfi bilan
B) ixtisosiga ko’ra
C) razryadga ko’ra
D)hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: A

17.Maxsus mashinada bajariladigan operasiyalar qanday belgilanadi?


A)m
B)m/m
C) ya/a
D) p/r
ANSWER: B

18.Qo’lda bajariladigan ishlab texnologik tartib jadvalida qanday belgilanadi?


A) m/m
B) m
C) q
D) ya/a
ANSWER: C

19.Universal mashinada bajariladigan ishlar texnologik tartibda qanday belgilanadi?


A) m/m
B) pr
C) d
D) m
ANSWER: D

20.Dazmolda bajariladigan ishlar texnologik tartibda qanday belgilanadi?


A) d
B) p/r
C) m/r
D) ya/a
ANSWER: A

21.Operasiya razryadi nima asosida belgilanadi?


A) ishning murakkabligiga ko’ra
B) xronometraj ma’lumotnomalaridan
C) tarif kvalifikasiya ma’lumotnomasi bo’yicha
D) vaqt normasidan
ANSWER: C

22.Operasiyani bajarish uchun sarflanadigan vaqt qanday aniqlanadi?


A) xronometraj ma’lumotlaridan
B) xronometraj ma’lumotlaridan yoki TSMITI ning ishlab chiqqan vaqt normasidan
C) tariff kvalifikasiya ma’lumotnomasidan
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: B

23.Ishlab chiqarish oqim usuli deganda nima tushuniladi?


A) mehnat qurollarining beto’xtov ishlab turishi
B)Ishlab chiqarishning uzluksiz va bir me’yorda davom ettirilishi
C) hamma javoblar to’g’ri
D)mehnat predmetlarining bir ish o’rnidan ikkinchi ish o’rniga beto’xtov uzatilib turishi
ANSWER: C

24.Texnologik jarayonni ishlab chiqarish oqim usulida tashkil qilish qanday afzalliklarga ega?


A) jihozlar beto’xtov ishlab turishi, mehnat predmetlarining bir ish o’rnidan ikkinchi ish o’rniga beto’xtov uzatilib turishi ta’minlanadi
B)ishchilarni bevosita bir-biriga bog’liqligi ortadi, mehnat unumdorligi o’sadi
C)mehnat intizomi mustahkamlanadi, ishlab chiqarish madaniyati ortadi
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: D

25.Ishlab chiqarish oqimlarini tashkil qilish shakllari nechta belgi bilan farqlanadi?


A)3 belgi bilan
B) 4 belgi bilan
C) 2 belgi bilan
D) to’g’ri javob yo’q
ANSWER: B

26.Quvvatiga ko’ra ishlab chiqarish oqimlari qanday turlarga bo’linadi?


A)kichik quvvatli, o’rta quvvatli, katta quvvatli
B)kichik quvvatli, o’rta quvvatli
C) o’rta quvvatli, katta quvvatli
D) O’rta quvvatli, katta quvvatli
ANSWER: A

27.Ishlab chiqarish oqimning quvvati nima bilan belgilanadi?


A) ishchilar soni bilan
B) ishlab chiqariladigan mahsulot soni va ishchilar soni bilan
C) o’rnatilgan asbob uskunalar soni bilan
D) oqim chizig’i uzunligi
ANSWER: B

28.Palto tikadigan kichik quvvatli ishlab chiqarish oqimlarda ishchilar soni va ishlab chiqariladigan mahsulotlar soni qancha bo’ladi?


A) 35, 200-150
B) 50, 100-150
C) 40, 120-180
D) 70, 80-150
ANSWER: D

29.Ayollar kuylagi tikadigan katta quvvatli ishlab chiqarish oqimlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar soni qancha bo’ladi?


A)250 dan ortiq
B) 200 dan 250 tagacha
C) 100 dan 150 tagacha
D) 350 dan 500 tagacha
ANSWER: A

30.Ishlab chiqarish oqimlari tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi?


A)3 xil
B) 4 xil
C) 2 xil
D) 6 xil
ANSWER: C

31.2 ta seksiyali ishlab chiqarish oqimlarida qanday seksiyalar bo’ladi?


A)tayyorlash seksiyasi
B) tayyorlash va yig’ish-pardozlash seksiyasi
C) yig’ish seksiyasi
D) pardozlash seksiyasi
ANSWER: B

32.3 ta seksiyali ishlab chiqarish oqimlari qanday seksiyalardan iborat?


A)tayyorlash seksiyasi
B) tayyorlash, yig’ish seksiyasi
C) tayyorlash, yig’ish, pardozlash seksiyasi
D) yig’ish, pardozlash seksiyasi
ANSWER: C

33.Bir vaqtda tikadigan buyum yoki fasonlar soniga ko’ra, ishlab chiqarish oqimlari


A)bir fasonli, ko’p fasonli bo’ladi
B) ko’p assortimentli bo’ladi
C) ko’p fasonli, ko’p assortimentli bo’ladi
D) bir fasonli, ko’p fasonli
ANSWER: C

34.Bir fasonli ishlab chiqarish oqimlarida qanday buyumlar tikiladi?


A) bir turdagi, ko’p fasonli
B) ko’p turdagi ko’p fasonli
C) har xil turdagi, har xil fasonli
D) bir turdagi bir fasonli
ANSWER: D

35.Buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushirish usuliga ko’ra, buyumlar ishlab chiqarish oqimlariga


A) aralash, siklli ketma-ket tushiriladi
B)ketma-ket usulda tushiriladi
C)siklli usulda tushiriladi
D)aralash usulda tushiriladi
ANSWER: A

36.Smenaning izchilligiga k’ora, qanday ishlab chiqarish oqimlari bor?


A) ishi olib qo’yiladigan
B) 1 smenali yoki 2 smenali
C) ishi olib qo’yilmaydigan
D) ishi olib qo’yiladigan va olib qo’yilmaydigan
ANSWER: D

37.Ishlab chiqarish oqimlari shakliga ko’ra, qanday turlarga bo’linadi?


A) konveyerli, guruhli agregat van am seriyali ishlab chiqarish oqimlari
B) konveyerli ishlab chiqarish oqimlari
C) guruhli agregat
D) konveyerli ishlab chiqarish oqimlari, kam seriyali ishlab chiqarish oqimlari
ANSWER: A

38.Konveyer ishlab chiqarish oqimida tikilayotgan buyum qanday uzatiladi?


A) aravachalar yordamida
B) mexanik transportyorlar yordamida
C) oraliq stollar yordamida
D) nishab ctollari yordamida
ANSWER: B

39.Bir chiziq bir qatorli konveyer, bu …


A)bir chiziq bo’ylab, ikki yonida ish o’rinlari qator joylashgan transporter
B) to’g’ri javob yo’q
C) ikkita chiziq bo’ylab bir-biriga parallel o’rnatilgan transporterlar
D) bir chiziq bo’ylab joylashgan va bir yonida ish o’rinlari qator joylashgan transporter
ANSWER: D
40.Uzluksiz konveyerlarda transporter qanday ishlaydi?
A) to’xtab-to’xtab harakatlanadi
B) to’xtovsiz harakatlanib turadi
C) avval to’xtab, keyin to’xtovsiz harakatlanadi
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: B

41.Konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida tikiladigan mehnat predmetlari 1-ish o’rnidan 2-ish o’rniga nimaga moslab o’tkaziladi?


A) ishlab chiqarish oqimi quvvatiga ko’ra
B) ishchilar soniga ko’ra
C) qat’iy ishlab chiqarish oqimi maromiga ko’ra
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: C

42.Konveyer ishlab chiqarish oqimlarining afzalliklari quyidagilardir:


A) tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi ko’payadi
B) ishlab chiqarish sikli qisqaradi
C) aylanma mablag’lar aylanishi tezlashadi
D) tugallanmagan ishlab chiqarish predmetlari qisqaradi, ishchilar mehnati yangilashadi, ishlab chiqarish sikli qisqaradi
ANSWER: B

43.Konveyer ishlab chiqarish oqimlari qanday kamchiliklarga ega?


A) agar biror ishchi ishga kelmay qolsa, mehnat taqsimoti buziladi
B) ishlab chiqarish madaniyati ortadi
C) bitmagan ish hajmi ko’payadi
D) bitta ishchiga to’g’ri keladigan sahn kengayadi
ANSWER: A

44.Guruhlangan ishlab chiqarish oqimlari qanday oqim hisoblanadi?


A)buyum detallari bir ish o’rnidan ikkinchisiga mexanik transporter yordamida uzatiladi
B) ish o’rinlarini joylashtirishda texnologik izchillikka erishiladi
C) hamma javoblaar to’g’ri
D)ma’lum buyum detalini yoki bir qismini tikishga ixtisoslashgan ish o’rinlari alohida guruhlardan iborat bo’ladi
ANSWER:D

45.Guruhlangan ishlab chiqarish oqimlari qanday afzalliklarga ega?


A) ishchilar shaxsiy ish qobiliyatlari to’laroq foydalaniladi, biron guruhda ishchilar tarkibi to’la bo’lmasa ham ishdagi marom buzilmaydi, chunki guruh ichida ishni qayta taqsimlash mumkin bo’ladi
B) ilg’or unumli uskunalardan maksimal darajada foydalaniladi
C) tashkiliy operasiyalar juda teng ixtisoslanishi mumkin
D)hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: A

46.Guruhlangan agregat oqimining qanday kamchiliklari bor?


A)ishchilar mehnati yengillashadi
B)bitmagan ish hajmi ko’payadi, bitta ishchiga to’g’ri keladigan sahn kengayadi va sexda uskunalarni joylashtirish va buyumlarni tashish murakkablashadi
C) bitmagan ish hajmi ko’payadi
D) buyumlarni tashish murakkablashadi
ANSWER: B

47.Ishlab chiqarish oqimining quvvati nima bilan aniqlanadi?


A) ishlab chiqariladigan mahsulot soni bilan va ishchilar soni bilan
B)ishchilar soni
C)tikuv sexi sahni bilan
D)ishlab chiqarish sharoiti bilan
ANSWER: A

48.Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasi qanday operasiyalardan tashkil topgan?


A)bo’linmas operasiyalardan
B)bo’linmas va tashkiliy operasiyalardan
C)to’g’ri javob yo’q
D) tashkiliy operasiyalardan
ANSWER: D

49.Tashkiliy operasiyalarni bajarish vaqtini moslash uchun konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida ishlab chiqarish maromiga nisbatan qancha farq ruxsat etiladi?


A) + 10 %
B) + 15 %
C) + 20 %
D) + 5 %
ANSWER: D

50.Konveyersiz ishlab chiqarish oqimlarida tashkiliy operasiyalar vaqtini moslash uchun ishlab chiqarish maromiga nisbatan qancha farq ruxsat etiladi?


A)5 %; + 15 %
B) + 10 %
C) + 15 %
D)+ 5 %-
ANSWER: A

51.Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini nechta usulda joylashtirish mumkin?


A) 2 xil
B) 3 xil
C) 4 xil
D) 5 xil
ANSWER: B

52.Ish o’rinlarini ko’ndalang joylashtirganda ish stoli qanday joylashadi?


A)konveyerni transporter tasmasiga yoki oraliq stolga parallel
B)konveyerni transporter tasmasiga yoki oraliq stolga 450 burchak ostida
C) konveyerni transporter tasmasiga yoki oraliq stolga perpendikulyar
D)to’g’ri javob yo’q
ANSWER: C

53.Ish o’rinlari uzunasiga joylashtirilganda ish joyi qanday joylashtiriladi?


A)konveyerni transporter tasmasiga yoki oraliq stolga perpendikulyar
B)konveyerni transporter tasmasiga yoki oraliq stolga 450 burchak ostida
+C) konveyerni transporter tasmasiga yoki oraliq stolga parallel
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: B

54.Ish o’rinlarini joylashtirishning qaysi usuli samarali hisoblanadi?


A)uzunasiga
B) ko’ndalang
C) dioganal
D) to’g’ri javob yo’q
ANSWER: B

55.Buyumni tizzaga qo’yib o’tirib bajariladigan operasiyalarda qo’shni ish o’rni oralig’i qancha bo’ladi?


A)0,5 m
B) 0,4:0,5 m
C)0,55 m
D) 0,75 m
ANSWER: D

56.Buyumni stolga qo’yib o’tirib bajaradigan operasiyalar uchun qo’shni ish o’rni oralig’lari qancha bo’ladi?


A) 0,75 m
B) 0,55 m
C) 1m
D) 0,5 m
ANSWER: B

57.Tik turib bajariladigan dazmollash va qo’l ishlari uchun qo’shni ish o’rni oralig’i qancha ruxsat etiladi?


A) 0,55 m
B) 1 m
C)0,75 m
D) 0,5 m
ANSWER: D
58.Bir qatorda turgan ikkita pressning oralig’i qancha bo’ladi?
A) 0,4: 0,5 m
B) 0,5 m
C) 0,55 m
D) 0,75 m
ANSWER: A

59.Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirishda qancha qo’shimcha ish o’rinlari bo’lishi kerak?


A) 5%
B) 5:10 %
C) 10 %
D)15 %
ANSWER: B

60.Agregatlar orasida qancha yo’l qoldiriladi?


A) 1,1 : 1,2 m
B) 3 m
C) 1,5 : 2 m
D) 3 : 4,5 m
ANSWER: C

61.Asosiy o’tish yo’li qancha bo’ladi?


A)1,1 : 1,2 m
B)4 m
C) 3 : 3,5 m
D) 1,5 : 2 m
ANSWER: C

62.Agregatning yon tomonidan devorgacha qancha yo’l qoldiriladi?


A) 1,1 : 1,2 m
B)1,5 : 2 m
C)2 : 2,5 m
D)3 : 3,5
ANSWER: A

63.Bichiqlarni ishlab chiqarish oqimga tushirish joyining kengligi palto uchun qancha bo’lishi kerak?


A)1,8 – 2 m
B) 2,25 m
C) 2 m
D) 1,5 – 2 m
ANSWER: B

64.Tashkiliy operasiyalarni tuzilishning tashkiliy shartlari nimalardan iborat?


A)buyumlarni tikish texnologik tartibda bo’lib, tikish jarayonida ularning ish o’rinlariga qayta-qayta kelishiga yo’l qo’ymaslik
B)Hisob shartlariga rioya qilish
C)razryad va ixtisos jihatdan bir xil va xarakterlari turdosh bo’linmas operasiyalarni birlashtiradi
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: A

65.Materiallarning konfeksion kartasida nimalar ifodalanadi?


A)buyum nomi, tavsiya o’lchamlari
B) avra astar namunalari
C)furniture namunalari
D) buyum nomi, tavsiya o’lchamlari, avra, astar, qotirma, furniture, bezak materiallar namunalari
ANSWER: D

66.Kiyimlarni isitib ishlash parametrlari nimalardan iborat?



  1. bosim kg

  2. vaqt

  3. hamma javoblar to’g’ri

  4. harorat

ANSWER: C

67.Buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga ketma-ket tushirish usulida buyumlar ishlab chiqarish oqimiga qanday tartibda tushiriladi?


A) sikl asosida
B) aralash va ketma- ket
C) aralash
D) avval A model, u tashlab bo’lingandan keyin B model va oxirida S model
ANSWER: D
68.Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlarini ko’rsating
A) quvvat M, ishlab chiqarish maromi
B) Ishlab chiqarish matomi
C)ishlab chiqarish maromi; quvvat; ishchilar soni; tikuv sex sahni, oqim chizig’i uzunligi
D)tikuv sex sahni, quvvat
ANSWER: C

69.R – smena davomiyligini miqdorini ko’rsating


A) 28000 sek
B)28800 sek
C) 25920 sek
D) 208800 sek
ANSWER: B

70.Ishlab chiqarish oqimi maromining birligi nima?


A) dona / sm
B) m
C) sek
D)ishchi
ANSWER: C

71.Moslik grafigi nimani ko’rsatadi?


A) Ishchilar sonini
B) hamma javoblar to’g’ri
C)ishlab chiqarish maromini
D) tashkiliy operasiyalar vaqtining ishlab chiqarish oqimi taktidan qanchalik farq qilinishini ko’rsatadi
ANSWER: D
72.Karrali operasiyalar deganda qanday operasiyalar tushuniladi?
A) bitta ishchi bajaradigan operasiya
B) bittadan ortiq ishchi bajaradigan operasiyalar
C)qo’lda bajariladigan operasiya
D) gressda bajariladigan operasiya
ANSWER: B

73.Texnologik tartib grafigi nima uchun tuziladi?


A) texnologik sxemada texnologik tartibga qancha rioya qilinganligini tekshirish uchun
B) texnologik ketma-ketlik to’g’ri tuzilganini tekshirish uchun
C) bo’linmas operasiyalarni tekshirish uchun
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: A

74.Tartib grafigi ishlab chiqarish oqimining qaysi bo’limi uchun tuziladi?


A) tayyorlash bo’limi uchun
B) montaj bo’limi uchun
C) oqimdagi mavjud bo’limlar uchun
D) pardozlash bo’limi uchun
ANSWER: C

75.Tartib grafigida tashkiliy operasiyalar qanday shaklda tasvirlanadi?


A) uchburchak
B) aylana
C) to’rtburchak
D) kvadrat (1 sm x 1 sm)
ANSWER: D

76.Ishchi kuchi to’plami jadvali nima uchun tuziladi?


A)o’rtacha tarif razryadini aniqlash uchun
B) hamma javoblar to’g’ri
C)o’rtacha tarif koeffisiyentini aniqlash uchun
D)tikilish qiymatini aniqlash uchun
ANSWER: B

77.Asbob uskuna to’plama jadvali nima uchun tuziladi?


A) oqimga zarur bo’lgan asosiy va rezerv asbob-uskunalar sonini aniqlash uchun
B) ishlab chiqarish quvvatini aniqlash uchun
C) ishlab chiqarish marominin aniqlash uchun
D) bitta buyumni tikishga ketgan vaqtni aniqlash uchun
ANSWER: A

78.Konveyerni ishlab chiqarish oqimlarida ish o’rinlari qanday joylashtiriladi?


A)ko’ndalang
B) to’g’ri javob yo’q
C) 450 burchak ostida
D) uzunasiga
ANSWER: D
79.Tikuv sexida ustunlar qadami qancha bo’lishi mumkin?
A)6 x 6 m
B) 6 x 12 m, 12 x 12 m
C) 6 x 9 m
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: D

80.Ishlab chiqarish oqimining uzunligining qaysi miqdori maqbul uzunlik hisoblanadi?


A)25 m
B) 35 m
C)40 m
D) 20 m
ANSWER: B

81.Bichiqlar va tayyor buyumni tashish uchun tikuv sexida qanday o’lchamdagi lift tavsiya etiladi?


A) 1,5 x 2 yoki 2 x 3
B)1,5 x 2 m
C)2 x 3 m
D)to’g’ri javob yo’q
ANSWER: A

82.Bichiqlar uchun stolning o’lchamlari qanday bo’lishi kerak?


A)2,0 x 1 x 0,8 m
B) 2,0 x 0,7 x 0, 8 m
C)1,5 x 0,7 x 0, 8 m
D)2, 0 x 1 x 1 m
ANSWER: B

83.Ishlab chiqarish oqimga buyum bichiqlarini tushirish joyining kengligi qancha bo’ladi?


A)1 m
B) 2,5 m
C)1,5 m
D) 1,5 : 2,5 m
ANSWER: D
84.Buyumni bitqazib chiqarish joyining kengligi qancha bo’lishi mumkin?
A)1,5 m
B)0,5 m
C) 0,8 : 1,2 m
D)2 m
ANSWER: C

85.Press bilan transporter oralig’i qancha bo’ladi?


A) 0,2 : 0,4 m
B)0,5
C)1 m
D)0,8 m
ANSWER: A

86.Ikki qator turgan 2 ta press oralig’I qancha bo’lishi kerak?


A)1 m
B) 0,4 : 0,6 m
C)0,8 m
D)1,5
ANSWER: B

87.Press bilan boshqa tipdagi ish o’rni oralig’i qancha bo’lishi ko’zda tutiladi?


A) 0,5
B) 0,4 m
C)1,5 : 2 m
D) 0,8 : 1,2 m
ANSWER: D
88.Kmex – qanday ko’rsatkich?
A) mehnat unumdorligi
B)o’rtacha tarif koeffisiyenti
C) mexanizasiya koeffisiyenti
D)to’g’ri javob yo’q
ANSWER: C

89.O’rtacha razryad nima?


A) ishlab chiqarish oqimidagi ishchilar sonini umumiy razryadga nisbati
B)ishlab chiqarish oqimidagi ishlar razryadi yig’indisining hisobdagi ishchilar soniga nisbati
C)ishchilar soni ishlab chiqarish maromiga nisbati
D)hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: B

90.Tashkiliy operasiyalar qanday operasiyalardan tuzilgan?


A) texnologik jihatdan bo’linadigan operasiyalardan
B) maxsus operasiyalardan
C) texnologik jihatdan bo’linmas operasiyalardan
D)A va S javoblar to’g’ri
ANSWER: C

91.Moslik grafigida abscissa o’qida nima joylashtiriladi?


A) ishchilar soni
B) mahsulot soni
C) tashkiliy operasiyalar nomeri, ishchilar soni va tashkiliy operatsiya vaqti
D) ishlab chiqarishga ketgan vaqt
ANSWER: C

92.Moslik grafigida ordinata o’qida nima joylashtiriladi?


A) ishchilar soni
B) mahsulot soni
C) tashkiliy operasiyalar vaqti
D) oqim takti
ANSWER: C

93.Yarim avtomatlarda bajariladigan ishlar qanday belgilanadi?


A) m
B) m/m
C) ya/a
D)pr
ANSWER: C

94.Texnologik tartib nima?


A) bo’linmas operasiyalarning texnologik ketma-ketligi
B) tashkiliy operasiyalarning texnologik ketma-ketligi
C) dazmol ishlarining ketma-ketligi
D) qo’l ishlarining texnologik ketma-ketligi
ANSWER: A

95.Pressda bajariladigan ishlar qanday belgilanadi?


A) ya/a
B) pr
C) m
D) d
ANSWER: B

96.Tikuvchilik mashina va asbob-uskunalarning qanday turlari mavjud?


A) universal
B) universal- maxsus
C) universal, maxsus, ya/avtomat
D) hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: C

97.Erkaklar kuylagi tikadigan ishlab chiqarish oqimida ishchilar soni nechta bo’lishi mumkin?


A) 60 dan kam
B) 60 dan ortiq
C) 40 ta
D)50 ta
ANSWER: C

98.Konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida ish tashkil qilish necha xil tartibda olib boriladi?


A) 2 xil
B)3 xil
C)4 xil
D)5 xil
ANSWER: A

99.Ishni tashkil qilish shakliga ko’ra, ishlab chiqarish oqimlari


A) erkin ritmli
B) hamma javoblar to’g’ri
C) kombinasiyalashgan ishlab chiqarish oqimi
D) qat’iy ritmli
ANSWER: B

100.Texnika bilan jihozlanish darajasiga ko’ra ishlab chiqarish oqimlari quyidagicha bo’ladi.


A) birinchi va ikkinchi avlod ishlab chiqarish oqimi
B) birinchi avlod ishlab chiqarish oqimi
C) ikkinchi avlod ishlab chiqarish
D) uchinchi avlod ishlab chiqarish
ANSWER: A

Download 79,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish