1. “Karimov Bunyod” Yatt tashkiliy va iqtisodiy tavsifi



Download 452,12 Kb.
bet4/6
Sana16.03.2022
Hajmi452,12 Kb.
#495869
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Karimov Bunyod” YaTT

Marka nomi bu markaning ovoz chiqarib o’qish mumkin bo’lgan so’z, harf va ularning birikmasi hisoblanadi.
Marka nomi bu markaning tanib olinadigan, lekin o’qilmaydigan kismidir. U simvol yoki rasmdan iborat bo’lib, ajralib turuvchi rang va o’ziga xos shrift bilan bezaladi.
Tovar belgisi marka yoki uning huquqiy jihatdan himoyalangan qismi bo’lib, sotuvchiga marka nomi va marka belgisidan mutlaq foydalanish
huquqini beradi. Tovar belgisi markaning himoyasi, reklamasi, individualligi va sifat kafolati vazifasini bajaradi. Tovar qaysi marka ostida sotilishiga qarab ikki turga bo’linadi - ishlab chiqaruvchi markasi va xususiy marka.
Ishlab chiqaruvchi markasi bu ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan yoki boshqa ishlab chiqaruvchidan ijaraga olingan markadir. Tovarni markalashtirishda ishlab chiqaruvchi quyidagilardan foydalanishi mumkin: o’z mahsulotlarining har bir turi uchun individual marka nomlari tanlash; barcha mahsulotlar uchun yagona marka nomi belgilash; mahsulotlarning turli guruhlari uchun alohida marka nomlari berish; ishlab chiqaruvchi kompaniya nomini alohida mahsulotlar marka nomiga qo’shib ishlatish.
Xususiy marka bu savdo (ulgurji yoki chakana) korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan markalardir. Ba’zida u vositachilar markasi, distribyuterlar markasi yoki diler markasi deb ham ataladi. Faoliyat sohasiga ko’ra ular quyidagilarga taqsimlanadi: individual (aspirin); guruhli (Maggi); firma (Nestle); hududiy (“Stepan Razin” pivosi); milliy (“Jiguli” avtomobili); xalqaro (Coca-Cola) markalar.
F.Kotler markani tovar tavsifnomasi, foyda, tovarning qimmatliligi, undan foydalanish madaniyati (uyushqoqlik, tartiblilik, samaradorlik, yuqori sifat), tovarning individualligi va foydalanuvchi turini aks ettiruvchi olti pog’onali simvol sifatida ta’riflagan. Markaning eng barqaror xususiyatlari (qimmatlilik, madaniyat va individuallik) uning mohiyatini belgilab beradi.
“Karimov Bunyod” YaTT marketologlarining tovar markalarini boshqarishda qabul qilishi lozim bo’lgan qarorlar quyidagicha bo’lishi lozim:

  • tovar markasining zarurati haqida;

  • tovar markasini qo’llab-quvvatlash haqida;

  • marka strategiyasi haqida;

  • markaning pozitsiyasini o’zgartirish haqida bo’lishi lozim.

“Karimov Bunyod” YaTT tomonidan quyidagi marka strategiyalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim:

  • tovar qatorini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yuzaga kelgan tovar nomenklaturasiga tarqatish);

  • tovar markasi chegaralarini kengaytirish strategiyasi (mavjud markani yangi tovarlarga tarqatish);

  • ko’p markalilik strategiyasi (bitta mahsulot liniyasi uchun ikki yoki undan ortiq markani ishlab chiqish).

Shuni ham e’tiborga olish kerakki, faqat ba’zi markalargina uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Moliyaviy to’siqlarning mavjudligi, shuningdek, xaridorlarni yangi kiritilgan markaga ko’niktirish zarurati yangi tovar markasini tayyorlash va rivojlantirish uchun sarflanuvchi xarajatlarni qoplash uchun doimiy ravishda mablag’lar qidirishni talab qiladi.
“Karimov Bunyod” YaTT yangi tovari uchun tovarning bozor ko’rsatkichlarini shakllantirish tizimida tovarlar o’rovi ham muhim element vazifasini bajaradi. Tovarlarning ko’pchiligi to iste’molchiga yetib borguncha transport orqali tashiladi va omborlarda saqlanadi. Bu holda tovarlar ularni yetkazib berish va iste’mol qilish qoidalariga asosan maxsus idishlarga joylab o’raladi. Tovarning o’rovi ishlab chiqaruvchi yoki savdo tashkiloti tomonidan iste’molchiga beriluvchi “tashrif qog’ozi” vazifasini bajaradi.
Tovarlar o’rovi (o’rov) - deb tovar solingan idish yoki o’ralgan materiallarga aytiladi. U mahsulotning saqlanishi, uni transport orqali tashish va u bilan muomala kilishda qulayliklar bo’lishiga xizmat qiladi, shuningdek, iste’molchilar e’tiborini jalb qilish, tovarni identifikasiya qilish, reklama va axborot bilan ta’minlash, imidjni yaratish kabi marketing funksiyalarini bajaradi.
O’rovning marketing funksiyalari ahamiyati tobora o’sib bormoqda. Bu esa bozor faoliyatining o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishni rivojlantirish, iste’molchilar farovonligini o’stirish, iqtisodiyotni kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, kompaniya imidji va tovar markasini oldi-sotdi jarayonini tezlashtirish kabi omillari bilan bog’liq.
“Karimov Bunyod” YaTT yangi tovarlari uchun tovar o’rovini ishlab chiqish jarayonida quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:

  • o’rov konsepsiyasini asoslab berish;

  • o’rovning qo’shimcha tavsifnomalarini (o’lchami, shakli, materiali, rangi, matni, tovar markasining joylashuvi) yaratish;

  • o’rovni sinab ko’rish.

Tovar o’rovi konsepsiyasi xaridor va iste’molchilar uchun qo’shimcha xususiyatlarga ega bo’lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga ko’maklashuvchi asosiy tamoyil va g’oyalarni o’z ichiga oladi.
Yangi mahsulotlar uchun “Karimov Bunyod” YaTT o’rovlarning bir necha xil variantlari modellashtirishi va tahlil qilishi lozim. O’rovni yaratishda qabul qilinuvchi qarorlar tovarni taqsimlashda qo’llanuvchi tovar harakatlanishi tizimi, tovar narxi va reklamani tashkil etish bilan kelishib olingan bo’lishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyoti va bozor munosabatlarining rivojlanishi o’rovning vazifasi va mazmunini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Ushbu omilar tufayli o’rov tovarni transport orqali tashishda uni himoya qilish vositasi sifatida emas, balki tovar haqidagi ma’lumotlar manbai sifatida ko’rib chiqiladi.
“Karimov Bunyod” YaTT yangi tovar o’rovini tayyorlashda quyidagi talablarni bajarilishi lozim:

  1. original bo’lish va patentlar bilan himoyalanish;

  2. estetik shartlarga javob berish;

  3. funksionallikni ta’minlash, ya’ni tovarning elementi bo’lish;

  4. reklama harakatlarini amalga oshirish;

  5. kam xarajat talab qilish;

  6. iste’molchiga yetib borguncha tovarning saqlanishini ta’minlash;

  7. transport va ombor xarajatlarini ratsionallashtirishga ko’maklashish;

  8. tovarni sotish uchun qulay bo’lish;

  9. tovarning raqobatbardoshligi va ekologik tozaligini aks ettirish;

  10. ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish.

Shu tariqa, zamonaviy sharoitlarda “Karimov Bunyod” YaTT yangi tovarlari o’rovi tovar siyosatining samarali vositasi vazifasini bajaradi. U oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi va yengillashtiradi, tovar va firma imidjini kuchaytiradi.
“Karimov Bunyod” YaTT tovar strategiyasini takomillashtirishda yangi tovarni bozorga olib chiqishdan oldin uni iste’mol qilishning xavfsizligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan sinab ko’rish lozim. Sinovlar dala va laborotoriya sharoitlarida o’tkazilishi mumkin. Sinov shakllari tovarning o’lchami, vazifalari va turiga bog’liq bo’ladi. Sinovlarni o’tkazish uchun iste’molchilar yangi tovarlar joylashgan laboratoriyaga taklif qilinadi yoki bu tovar iste’molchilarga uyda tekshirib ko’rish uchun foydalanishga berib yuboriladi.

Download 452,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish