3 – variant.
13. Ra’noning bo‘yini ayting? J: 2-3 m.
26. Nok nimasi bilan olmaga o‘xshaydi? J: guli va mevalari bilan.
6. Karamdoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, yonbargsiz, butun yoki qirqilgan, poyada ketma-ket o‘rnashgan.
19. Oddiy jag‘-jag‘ tarkibida nimalar bor? J: «С» va «K» darmondorilari, olma va limon kislotalari.
9. Sho‘radoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: asosan yong‘oqcha.
22. Saksovullar qachon o‘sa boshlaydi va gullaydi? J: martning oxiri – aprelning boshlarida.
4. Gulxayridoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 900 ta.
17. Yerbag‘ir tugmachagul qachon gullaydi? J: apreldan sentabrgacha.
30. Meksika g‘o‘zasining tolasi qanday bo‘ladi? J: mayin, uzun, oq, ba’zan qo‘ng‘ir rangda.
4. Burchoqdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: bir, ikki va ko‘p yillik o‘t, ular orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi.
16. Tabiatda burchoqdoshlarni turli maqsadlarda ishlatiladigan qaysi turkumlarining turlari o‘sadi? J: isirg‘ao‘t, shirinmiya, oqquray, qashqarbeda, afsonak, astragal, burchoq, beda.
29. Tangao‘t turkumiga oid necha tur Qizil kitobiga kiritilgan? J: 8 tur.
13. Qora ituzumning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, uzunchoq tuxumsimon.
26. Tamaki barglari tarkibida nima bo‘ladi? J: kishining asab va qon-tomir tizimiga zararli ta’sir qiluvchi zaharli modda – nikotin.
12. Madaniy tok gulining tuzilishi oila gul tuzilishidan farqini ayting? J: 5 ta gultojbargi bir-biriga qo‘shilgan bo‘lib, urug‘chi va changchilarini ustidan qalpoqqa o‘xshab qoplab turadi va gul ochilishi paytida tushib ketadi.
25. Terakbargli liftokning mevasi qanday bo‘ladi? J: qora, mayda, rezavor meva, iste’mol qilishga yaramaydi.
12. Oshqovoqning qaysi gullari yirik bo‘ladi? J: changchili gullari.
7. Qoqio‘tdoshlarni barg yaprog‘i qanday bo‘ladi? J: butun (kungaboqar), ba’zan patsimon bo‘lingan (shuvoq).
20. Zangori sachratqi qayerlarda uchraydi? J: vohalardagi ekinlar orasida, yo‘l yoqalari va ariqlar bo‘yida.
33. Qoqio‘tdoshlarga mansub tabiiy holda uchraydigan dorivor o‘simliklarni ayting? J: bo‘yimodaron, bo‘znoch turkumini vakillari.
8. Qizil lolani qachon va qayerda uchraydi? J: aprelning oxiri — mayning boshlarida adir va tog‘larning quyi qismidagi yonbag‘irlarda.
21. Boychechakning nimasi lolanikiga o‘xshaydi? J: guli va mevasini tuzilishi.
11. Bosh piyoz piyozboshi qobig‘i qanday bo‘ladi? J: qattiq, butun, qo‘ng‘ir, oqish va qizg‘ish rangli.
3. Bug‘doydoshlarni yer yuzida necha turi bo‘ladi? J: 10 000 ga yaqin.
16. Piyozli arpa o‘sadi qayerda o‘sadi? J: adirni yuqori va tog‘ni o‘rta qismidagiyalangliklarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |