1 – variant.
6. Ra’nodoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: yakka-yakka, barg qo‘ltig‘ida o‘rnashgan yoki shingil, qalqon, soyabon shaklidagi to‘pgullarda joylashgan; ikki jinsli, to‘g‘ri gul, hasharotlar yordamida changlanadi.
19. Na’matakni mevasi qanday bo‘ladi? J: uning soxta mevasi to‘q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm, ichida juda ko‘p qattiq urug‘lari bor.
1. Karamdoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk4Gt4Ch4+2U(2).
13. Jag‘-jag‘ning barglari qanday bo‘ladi? J: ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon, qirqilgan poyadagilari bandsiz.
3. Sho‘radoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 1500 ta.
16. Lavlagining mevasi qachon pishadi? J: sentabrda.
29. Sho‘radoshlarni qaysi vakillarini tuyalar va qorako‘l qo‘ylari uchun to‘yimli ozuqa? J: teresken, izen, sho‘rak, donasho‘r.
11. Yerbag‘ir tugmachagulning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik begona o‘t.
24. Jaydari go‘zaning ko‘saklari qanday bo‘ladi? J: mayda.
37. Misr g‘o‘zasining vatani qayer? J: Janubiy Amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya).
11. Burchoqdoshlarni mevasi qanday bo‘ladi? J: dukkak.
23. Yeryong‘oqni dukkagi qanday bo‘ladi? J: cho‘ziq.
7. Ituzumdoshlarni changchilari qayerda o‘rnashgan? J: gultojbargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayda.
20. O‘zbekistonda ituzum turkumiga oid nechta tur o‘sadi? J: 10 ta.
6. Tokdoshlarning barglari qanday bo‘ladi? J: oddiy, murakkab, uzun bandli, yonbargchali.
19. Beshyaproqli partenotsissusning nimasi toknikiga o‘xshaydi? J: gulining va mevasining tuzilishi.
6. Qovoqdoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi.
18. Respublikamizda qovoqdoshlarning turli-tuman shakldagi vakillarini ayting? J: idish-qovoqlar, qozonyuvg‘ichlar.
14. Dorivor qoqio‘tning hayotiy shaklini ayting? J: ko‘p yillik o‘t.
27. Shuvoqlarning hayotiy shakllari qanday bo‘ladi? J: bir yillik o‘t, ko‘p yillik o‘t va yarim butalar.
2. Loladoshlar oilasini vakillar qayerda o‘sadi? J: dunyoning deyarli hamma qismidagi cho‘l, adir va tog‘larda.
15. O‘zbekistonda lolalarning nechta turi uchraydi? J: 23 ta.
5. Piyozdoshlarning barglari qanday bo‘ladi? J: shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipssimon, yaprog‘i butun yoki qirqilgan, bandsiz, pastki qismi novsimon.
18. Bosh piyoz mevasi qachon pishadi? J: iyulda.
10. Bug‘doydoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: mayda, rangsiz, ko‘kimtir, boshoqchalarda joylashgan.
23. Chayir ajriqni ko‘rinishi va hayotiy shakli? J: uzun va sershox ildizpoyali ko‘p yillik o‘t.
Do'stlaringiz bilan baham: |