6 – variant.
3. Ra’nodoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 3000 ga yaqin.
16. Ra’no qachon gullaydi? J: iyun-iyul oylarida.
29. Yovvoyi olma, nok, olcha va boshqa mevali o‘simliklar nimaga muhim ahamiyatga ega? J: qurg‘oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tufayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish yoki payvandtag qilish uchun.
10. Qo‘zoqcha – …? J: bo‘yi eni bilan bir xil yoki 2 marta uzun.
23. Karamdoshlarning necha turi Qizil kitobiga kiritilgan? J: 8 ta.
13. Oddiy lavlagining gullari qanday bo‘ladi? J: mayda.
26. Saksovulning qaysi qismi qim-matbaho yoqilgi? J: poyasi.
8. Gulxayridoshlarni gullari qanday bo‘ladi? J: to‘g‘ri, ikki jinsli, barg qo‘ltig‘ida yoki shoxlar uchidagi to‘pgulda joylashgan.
21. Dorivor gulxayrining bo‘yini ayting? J: 70-150 sm.
34. Misr g‘o‘zasining gullari qanday bo‘ladi? J: yakka, yirik, gultojbarglari sapsariq – limon rangida.
7. Burchoqdoshlarni barglari qanday bo‘ladi? J: ko‘pincha murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o‘rnashgan.
20. Yeryong‘oqning hayotiy shaklini ayting? J: bir yillik o‘t.
4. Ituzumdoshlarni poyasi qanday bo‘ladi? J: tik, yonboshlab yoki yotib o‘suvchi, ba’zan shakli o‘zgargan yer osti novdalarini hosil qiladi. M: kartoshkada.
17. Qora ituzumning mevasi qanday bo‘ladi? J: sharsimon rezavor meva.
4. Tokdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: buta va daraxtlar.
16. Beshyaproqli partenotsissusning ikkinchi nomini ayting? J: yovvoyi uzum.
4. Qovoqdoshlarning palagi qanday bo‘ladi? J: o‘rmalab yoki jingalaklar bilan ilashib o‘sadi.
16. Itqovun qanday o‘simlik? J: qovoqdoshlar oilasiga oid begona o‘t.
11. Qoqio‘tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab qaysi guruhlarga bo‘linadi? J: 2 ta oilachaga: suttikandoshchalar va moychechakdoshlar.
24. Moychechakdoshlar oilacha to‘pguli qanday gullardan iborat? J: naysimon gullar, faqat ayrim turlarda savatcha atrofida soxta tilsimon (kungaboqar) yoki voronkasimon (bo‘tako‘z) gullar bo‘ladi.
1. Loladoshlarni gul formulasini ayting? J: Og3+3Ch3+3U(3).
14. Qizil lola nimasidan ko‘payadi? J: urug‘idan va piyozboshidan.
4. Piyozdoshlar oilasi vakillarining hayotiy shakllarini ayting? J: ko‘p yillik piyozboshli o‘simliklar.
17. Bosh piyoz qachon gullaydi? J: may-iyunda.
9. Tilchaning vazifasi? J: yomg‘ir paytida, barg qinining ichiga suv kirishidan saqlaydi.
22. G‘umayni hayotiy shakli qanday? J: ildizpoyali ko‘p yillik o‘t.
Do'stlaringiz bilan baham: |