EU = (1 - r) x i (Y) + r x i (Y - f) = U (Y - r x f),
Bu erda EU - jinoyatchilikdan kutilayotgan foydalilik (expected utility);
r - huquqbuzarni jazolash ehtimoli;
Y - jinoyatdan olinadigan daromad;
U - jinoyatchining foydalilik funksiyasi (utility);
f -jinoyat uchun jazolash4.
Jinoyatchi uzoq vaqtli yuqoriga ko‘tarilishni ko‘zlayotgan ekan, u holda jinoiy faoliyatdan olinadigan daromadni baholashda u muqobil xarajatlarni – legal biznesdan olinadigan daromadni, ya’ni agar u “egri yo‘l” dan ketmay, olishi mumkin bo‘lgan daromadni hisobga olishi kerak. G.Bekker modelida shu tariqa potensial jinoyatchi faqat ikkita muqobilga: yo u jinoiy ko‘tarilishni (EU > 0 bo‘lganda) tanlaydi, yoki qonunga rioya qiluvchi fuqaroga (agar EU < 0) aylanadi.
G.Bekkerning izdoshlari tomonidan jinoiy faoliyatning boshqa murakkabroq modellari ham taklif etildi. Xususan, portfelli tanlov modeli keng tarqalgan: potensial jinoyatchi o‘z daromadini o‘z vaqtida (ya’ni o‘z pul yoki inson kapitalini) legal va nolegal faoliyatlar o‘rtasida turli nisbatlarda taqsimlashi mumkin5.
Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari. G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi.
Inter-American development bank tadqiqotchisi Laura Jautmanning fikriga ko’ra jinoyatga xarajatlar quyidagi uch tasnifga ega:
Jinoyatlarga ijtimoiy xarajatlar (sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan jinoyatchidan jabrlanuvchiga undiriladigan yoki davlat tomonidan qoplab beriladigan harajatlar)
Xususiy sektor xarajatlari (jinoyatlarga qarshi kurashish, xususan, xavfsizlik xizmatiga yo’naltiriladigan xususiy sektor qatnashchilarining mablag’lari)
Hukumat xarajatlari (Davlar organlari, xususan, militsiya, sud-huquq tizimi va qamoqxonalar uchun sarflar)
Jinoyatlarga qarshi kurashish hamma davlatda har xil yondashuvlarga asoslanadi. 2014-2017-yillar davomida tadqiqotchilar Karib dengizida va Janubiy Amerikada joylashgan 17 ta mamlakatda tadqiqotlar olib bordi. Natijalar shuni ko’rsatdiki, ushbu mamlakatlar jinoyatlarga qarshi kurashish uchun YIM ning o’rtacha 3 % iga teng mablag’ni sarf etar ekan. Bu ko’rsatkich eng yuqori 3.57 % ni va eng past 2.41 % ni tashkil etgan. Bir yil mobaydida esa ushbu 17 ta davlatda jinoyatchilikka qarshi kurash uchun 174 milliard AQSH dollari miqdorida mablag’lar sarf etilgan.
Garry Stanley Bakker 1930-yil, 2-dekabrda AQSH da tug’ilgan. Chikago iqtisodiyot universiteti sotsiologiya va iqtisodiyot professori, Chikago iqtisodiyot universitetining uchinchi avlodi yetakchisi. Faoliyati va o’limidan keyin 6 ta AQSH va xalqaro darajadagi mukofotlar bilan taqdirlangan. Shulardan eng nufuzlisi1992-yil iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotidir. Iqtisodchi Milton Fridmen uni XX asrning ikkinchi yarmida yaxshagn eng yaxshi ijtimoiy sohadagi olim deb atagan bo’lsa, Justin Wolfers uni oxirgi 50 yildagi eng yaxshi sotsiolog deb atagan. U o’zining asarlarida sotsiologiya va iqtisodiyotni, xususan, diskriminatsiya, oila tuzilmasi va jinoyat o’rtasidagi bog’liqlikni chuqur tadqiq etgan. Masalan, jinoyat sodir etishda insonning ijtimoiy onggi eng birinchi o’ringa
qo’ygan.
Bakkerning Jinoyat va jazo iqtisodiy nazariyasida keltirilishida “insonlar jinoyatlarni sodir etsh jarayonida har doim kuchli ruhiy va ahloqiy bosim ostida bo’ladi. Ba’zilar jinoyatni ruhiy bosim ostida sodir etsa, boshqalar uni ongli ravishda jinoyat qilgandan keyingi va jinoyat qilmagandagi naflilikni solishtirib ko’rish orqali amalga oshiradi. Ya’ni jinoyatdan keladigan foyda, shu jinoyatni sodir etmaslikdan keladigan nafdan ustun bo’lsa, bu jinoyatchiga o’ziga xos rag’bat bo’ladi. Uning etirof etishicha, bazi jamiyatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun va uni oldini olish uchun katta mablag’ sarf etilsa ham, jinoyatchilarga aynan belgilangan jazoning ahamiyati juda past. U shunday jamiyatlarda jinoyatlar uchun jazoni keskin oshirishni taklif qiladi. Ya’ni jinoyatchi ratsional qaror qabul qilayotganda jinoyatsizlik holati uning uchun foydali ekanligini bilishi kerak”
Do'stlaringiz bilan baham: |