1) rekuperativ; 2) regenerativ; 3) aralashtiruvchi. Rekuperativ (yoki yuzali) issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan
devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muxitdan ikkinchisiga ularni
ajratuvchi devor orqali o‘tadi.
Regenerativ issiqlik almashgichda kattiq jismdan tarkib topgan bir xil yuza navbat bilan
turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontakda bo‘ladi. Kattiq jism unga tegib o‘tgan issiqlik
tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o‘tganda esa kattiq jism o‘z issiqligini
unga berib soviydi. Shunday qilib bunday qurilmalar (regeneratorlar) da issiqlik tashuvchi
agentlarning xarakatidan tashqari kattiq jismning mavjud bo‘lishi zarur.
Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o‘zaro uchrashuvi va
aralashuvchi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi.
Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi
belgilarga ko‘ra turlarga bo‘linadi:
1. Konstruktiv tuzilishi ko‘ra. 2. Ishlatilish maqsadiga ko‘ra. 3. Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra. 4. Issiqlik berish usuliga ko‘ra turlariga bo‘linadi.
Konstruktiv tuzilishi ko‘ra: – trubadan qilingan qurilmalar (qobik trubali, “truba ichida
truba”, zmeyevikli va boshqalar; issiqlik almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan
qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); issiqlik almashinish yuzasini tayyorlashda
nometall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va xokazo) dan foydalanilgan qurilmadir;
Ishlatilish maqsadiga ko‘ra – sovitkichlar, isitkichlar, bug‘latgichlar, kondensatorlar;
Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra – to‘g‘ri, qarama-qarshi,
kesishgan va xokazo yo‘nalishli qurilmalar.
Issiqlik berish usuliga ko‘ra issiqlik almashinish qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: 1)
yuzali issiqlik almashinish qurilmalari, bularda issiqlik bir muxitdan ikkinchi muxitga ajratib
turuvchi sirt (yuza) orqali o‘tadi; 2) aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, bularda ish
muxitlar bevosita o‘zaro aralashadi.
Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligida kimyo va unga tutash bo‘lgan sanoat tarmoqlari uchun
ishlab chiqarilgan issiqlik almashinish qurilmalarining taxminan 80% ni qobiq-trubali qurilmalar
tashkil etadi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini tayyorlash oson, ishlatish esa qulaydir.
Qobiq-trubali qurilmalar universal bo‘lib, undan xaroratlar keng intervalda o‘zgargan paytda
xam foydalaniladi. Bundan tashqari, qobiqli-trubali qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlar
xarakatining yo‘nalishi turlicha bo‘lishi mumkin.
“Truba ichida truba” tipidagi va po‘latdan qilingan zmeyevikli issiqlik almashinish
qurilmalari issiqlik qurilmalarining umumiy xajmi ichida taxminan 8% ni, cho‘yandan
tayyorlangan namlanadigan qurilmalar esa 2% ni tashkil etadi.
Spiralsimon va plastinali xamda xavo bilan sovitiladigan issiqlik almashinish
qurilmalarining ulushi xozircha kam, biroq yangi qurilayotgan texnologiya liniyalarida bunday
qurilmalar keng o‘rin olmokda. Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari
xar xil bo‘ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat xolatga (gaz, bug‘, tomchili
suyuqlik, emulg‘siya va boshqalar) va xar xil xarorat, bosim va fizik-kimyoviy xossalarga ega
bo‘lgan ish muxiti uchun ishlatiladi.
Sanoatda chiqariladigan issiqlik almashinish qurilmalari tipi, o‘lchamlari, parametrlari va
materiallari bo‘yicha juda keng nomenklaturaga ega. Shu sababdan xar bir konkret sharoit uchun
xamma kursatkitchlari bo‘yicha optimal bo‘lgan qurilma tanlab olish imkoniyati mavjud. Issiqlik
almashinish qurilmalarini tanlashda quyidagi umumiy qonuniyatlarga amal qilinsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi.