1. Jamoa haqida tushuncha, uning xususiyatlari va vazifalari Jamoa lotincha «kollektivus»


 Oʻquvchi-yoshlar uyushmalariga pedagogik rahbarlik



Download 216,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana16.12.2022
Hajmi216,09 Kb.
#888077
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4. Oʻquvchi-yoshlar uyushmalariga pedagogik rahbarlik
Jamoaning rivojlanishi – jamoa hayotining qonunidir.
Xoʻsh, bolalar jamoasining olgʻa harakat qilib borishiga nima
yordam beradi? Uning rivojlanishiga nima imkon beradi? Bunday
kuch istiqboldir. Hayot shuni koʻrsatadiki, kishining kelajakka
umid va ishonch bilan intilishi, hayotiy istiqbolini yurtimizning
taqdiri bilan bogʻlab, mustaqil diyorimizning bugungi jamiyat
sharoitida ma’naviy va ma’rifiy qiyofasini yaratishda hissa
qoʻshgan kishi va jamoa tobora shakllanib, rivojlanib boradi.
Bu intilish va hayotiy istiqbolda kishining ma’naviy va
madaniy extiyojlarining jami, uning rivojlanganlik darajasi, butun
ma’naviy qiyofasi aks etadi. Istiqbolning eng muhim pedagogik
xususiyatlaridan biri shuki, degandi A.S.Makarenko, u oldinga
qoʻyilgan maqsad sifatida bolani istagan natijaga erishish
imkoniyati bilan qiziqtiradi, unda kelajakni barpo etishda


qatnashish istagini uygʻotadi. Quvnoq kayfiyat va olgʻa
intiluvchilikni vujudga keltiradi.
Pedagogik nuqtai nazardan istiqbol deganda, shaxsning
bolalar guruhini, umuman jamoani rivojlantirishning ichki
extiyojlariga javob beruvchi, uning a’zolarini rivojlanish
darajasiga, ularning yosh va individual xususiyatlariga hamda
jamiyatimiz vazifalariga mos keladigan vazifalar, maqsadlar,
ishlari tushuniladi.
Jamoani vujudga keltirish va oʻquvchi-yoshlarni tarbiyalash
maqsadi bilan tashkil etiladigan istiqbollar ularning hammasi
uchun xarakterli boʻlgan ayrim umumiy xususiyatlarga ega
boʻladi:
1.
Bevosita bolalarning qiziqishiga hamda vazifani
bajarish uchun birgalikda jamoa boʻlib kurash olib borishning
quvonchli manzarasiga asoslangan ishlarning maroqli boʻlishi;
2.
Ishlarning iijtimoiy foydali qiymati va ularning
butun xalqimiz olib borayotgan kurash bilan bogʻliqligi;
3.
Istiqbol uchun kurashning borishini aniq tashkil
etish;
4.
Oʻquvchi-yoshlarda konkret axloqiy sifatlarni
tarbiyalashda pedagogik maqsadga muvofiqlik.
Har xil istiqbollarni tashkil etishdagi asosiy metodik usul
bolalarni birorta istiqbolga erishish uchun kurashga tayyorlashdan
iboratdir. Bu tayyorgarlikka ish rejalari, loyihalar va boshqalarni
muhokama qilish kiradi. Soʻngra istiqbol sari harakat qilishga


yordam beradigan amaliy ish bajarilishi lozim. Bu ish jamoani
tashkil etish va jipslashtirish jarayonidagi eng muhim
bosqichlaridan biridir. Shunga erishish kerakki, barcha yoshlar
umumiy faoliyatda ishtirok etsin va bu ishtirok etish faol, ijobiy
xarakterga ega boʻlsin.
Topshiriqlarni jamoaning barcha a’zolari oʻrtasida toʻgʻri
taqsimlash bolalarni qiziqarli ishlarni bajarishga jalb qilishning
asosiy yoʻlidir. Bolalarning aql-idroki emas, balki ularning xis-
tuygʻulariga ham ta’sir koʻrsatish uchun har qanday ish aniq
tashkil etilishi, chiroyli jixozlanishi kerak. Ayniqsa, bayramlarni
chiroyli va tantanali qilib tashkil etmoq kerak. Bu bayramlarda
ota-onalar va mehmonlar ishtirok etsa, bayram davomida bolalar
mukofotlansa, musobaqa yakunlari e’lon qilinsa, yaxshi boʻladi.
Bolalarning tayyorgarlikda jamoa maqsadiga erishish jarayoniga
jalb qilishning tarbiyaviy ahamiyati shu jihatdan kattaki, bu yoʻl
bilan bolalarni maqsadga qaratilgan jamoa axloqiy xulq-atvorini
egallashga mashq qildirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Jamoa hayotining me’yori umumiy maqsadga intilishga va
qiziqarli ishlar bilan shugʻullanishga emas, balki jamoada bolalar
oʻrtasidagi munosabatlar usuliga, ularning tevarak-atrofdagi
vaziyatga boʻlgan munosabatlariga, jamoadan tashqaridagi
aloqalariga ham bogʻliqdir. Har bir oʻquvchi-yoshlarda oʻz
jamoasi uchun faxrlanish tuygʻusini, shaxsiy qadr-qimmat xissini
tarbiyalash zarur. Mazkur usul va uslublar jamoani
shakllantirishga asosiy yoʻl va vosita sifatida asos boʻladi.
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning
faoliyatlariga qoʻyiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb


etadi. Yagona talab bolalarning dars jarayonidagi tanaffus, jamoat
joylari hamda uydagi xulq-atvor qoidalarini oʻz ichiga oladi.
Puxta oʻylab qoʻyilgan talablar tizimining muntazam amalga
oshirilishi oʻquv muassasasida muayyan tartibning oʻrnatilishini
ta’minlaydi.
Pedagoglar tomonidan qoʻyiladigan talablar quyidagi
sharoitlarda ijobiy natija beradi:
1.
Qoʻyilayotgan talablar ta’lim oluvchi shaxsini
hurmat qilish bilan qoʻshilishi kerak;
2.
Qoʻyilayotgan talablar muayyan oʻquv
muassasasidagi mavjud sharoitni hisobga ogan holda qoʻyilishi
lozim;
3.
Qoʻyilayotgan talablar aniq boʻlishi kerak;
4.
Oʻquvchi-yoshlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi,
yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qoʻyilayotgan talablar
ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
Xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan talablar bilan
tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qoʻshib
olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga
qaraganda ancha murakkab ish, oʻquvchilar talablar mohiyatini
yaxshi anglashi mumkin, biroq aksariyat hollarda rioya
qilmaydilar. Shu bois, muntazam ravishda mashq qildirish
madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi.
Talablarning
qoʻyilish
jarayonida
ularga
ta’lim
oluvchilarning amal qilish ustidan nazorat oʻrnatishi lozim.


Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi.
Nazorat haqqoniy va muntazam boʻlishi kerak. Uning
natijalaridan oʻquvchi-yoshlarni ogoh etib borish lozim.
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faollarni
tarbiyalash bilan chambarchas bogʻliq. Har bir oʻqituvchining
jamoani shakllantirish borasidagi harakati jamoaning tayanch
yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Jamoa faollarini shakllantirish jamoaning u yoki bu
faoliyatiga nisbatan extiyoji mazmunidan kelib chiqadi.
Ishonchli, ishchan faollarni yaratish uchun oʻqituvchi
oʻquvchilar faoliyatini, ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-
atvorini kuzatib borishi har bir oʻquvchining ijtimoiy faoliyatini
tashkil etish layoqatini aniqlashi zarur. Jamoa faollarini
shakllantirishda oʻquvchilarning jamoadagi obroʻsini inobatga
olish lozim. Jamoa faoli tarkibida bolalarning oʻzlari, albatta
pedagog ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq
boʻladi. Pedagog jamoa faoli bilan maslahatlashish tashkil etadi.
Jamoa faollarining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifa
yuklash, ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib
borishlariga erishish lozim. Pedagog ayni shu faolga oshirilgan
talab qoʻyadi. Oʻquvchilar jamoasida faol rahbarligida oʻz-oʻzini
boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan
ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois, pedagog faolni
maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.

Download 216,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish