Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Zamonaviy printerlarining bir-biridan farqi nimada? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring;
2. Zamonaviy skanerlarning turlari qanday? Ular qanday texnologiyalar asosida ma’lumotlarnii o’zlarida saqlashi mumkin? Ularning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari qanday? Misollar keltiring;
3. Printerlar va skanerlarni qaysi ko’rsatgichlari bo’yicha guruhlash mumkin? Har bir guruhdagi qurilmalarni halq xo’jaligining qaysi tarmoqlarida foydalanish mumkin? Misollar keltiring;
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:
1. Printerlarning asosiy vazifalari qanday?
2. Printerlarning asosiy sifatiy ko’rsatgichlari qanday?
3. Skanerlarning asosiy vazifalari qanday?
4. Skanerlarning asosiy sifatiy ko’rsatgichlari qanday?
5. Zamonaviy printerlar va skanerlar qanday firmalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda?
6.Skanerlardan kiritilayotgan ma’lumotlarni qanday qilib tahrir qilish mumkin?
8§. Zamonaviy kompyuterlarning tashqi xotiralash qurilmalari
Kompakt disk diskovodlari;
DVD diskovodlari;
Mobil (olinuvchi) diskovodlar;
Magnitooptik diskovodlar;
Strimerlar.
Tayanch iboralar:
CD ROM; CD-R; CD-RW; Photo CD; CD DA; Zip; DVD; DVD ROM; DVD Audio; DVD Video; Magnitooptik diskovodlar; Strimerlar; DM Extra; QIC Extra; Asosiy ko’rsatgichlar.
8.1. Kompakt disk diskovodlari
Kompakt disk diskovodlari yoki (CD–ROM- Compakt Disk-Read Only Memory) - diametri 4,7 dyum va qalinligi 0,6 dyum bo’lgan kompakt lazer disklarga yozilgan ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kirituvchi qurilmalardir. Keyingi paytlarda bunday diskovodlarga bo’lgan talab oshib bormoqda. CHunki, ko’pgina amaliy dasturlar (OC Novell; Windows NT; Borland C ++ kompilyatori; Coler Draw grafik paketi) kompakt disklarga yozilgan holda sotilmoqda. Bundan tashqari bunday diskovodlar musiqa eshitish, videoroliklarni va maxsus multimedia-filmlarni tamosha qilish imkonini beradi. Bunga kompakt disklarning quyidagi qulayliklari sabab bo’ldi:
-ma’lumotlar juda ishonchli holda saqlanadi;
-bitta kompakt diskga juda katta hajmdagi (700 Mb gacha) ma’lumotlarni sig’dirish mumkin;
-diskovodagi ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kiritish tezligi ancha yuqori (500 Kb/sek. gacha).
Hozirgi paytda Acer, Astech, Cold Star, Toshiba, Verbatim, Agfa, Canon, Epson, Fijitsu, HP, Microtek, Primax, Visionner, LG, Sony, Samsung, Panasonic va boshqa firmalar tamonidan bunday diskovodlarning sig’imlari 650Mb va 700Mb bo’lgan ikki turi ishlab chiqilmoqda:
-kompakt-diskdagi ma’lumotlarni o’qishga mo’ljallangan (CD-Read yoki CD-R) diskovodlar;
-kompakt-diskdagi ma’lumotlarni o’qishga hamda shunday disklarga yozishga mo’ljallangan (CD-ReWriter yoki CD-RW) diskovodlar.
Ayniqsa, Verbatim tomonidan ishlab chiqilayotgan CD-R DataLifePlus Metal Aro, CD-R/CD-RW Audio, CD-RW DataLifePlus kompakt disklari keng tarqalgan.
Bulardan tashqari ovozli ma’lumotlarni yozishga mo’ljallangan CD-DA(Compact Disk Digital Audio), turli tasvir va rasmlarni yozishga mo’ljallangan Photo CD (Kodak firmasi mahsuloti) maxsus disklar ham ishlab chiqilmoqda.
Har bir turdagi diskovodlar uchun alohida kompakt-disklar ishlab chiqilgan bo’lib ular mos ravishda CD-R (faqat o’qishga mo’ljallangan) va CD-RW(o’qish va yozishga mo’ljallangan) kompakt-disklar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |