1. Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligi



Download 25 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi25 Kb.
#589444
Bog'liq
FALSAFA 5


5-topshiriq
1.Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligi.
Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e’tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz.
Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san’atshunoslik, semiotika, san’atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi.
Tarixning mazmun va mohiyatini anglab etish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqealar majmui sifatida namoyon bo‘lgan. Tarix tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba’zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan.
2.Tarixda shaxsning roli.
Jamiyatning shaxs tarbiyasidagi roli, shaxsning jamiyat hayotida tutgan o`rni masalalari juda qadim zamonlardan buyon turli munozaralarga sabab bo`lib keladi. Zero, tarixda jamiyat tarbiyasi dunyoga tanitgan buyuk shaxslar yoki aksincha jamiyatni yuksaltirgan ulug` mutafakkirlar ko`plab uchraydi. Oqibatda tarix (ya`ni o`tib boruvchi hayot va jarayon) shaxslarni yaratadimi yoki shaxslar tarixnimi, degan savol tabiiy ravishda paydo bo`ladi.

Mening fikrimcha, shaxsning jamiyatda egallagan mavqei uning tarixiy faoliyati bilangina emas tarixiy xotirasining sifati bilan ham belgilanadi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi.

Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.


3.Demokratik davlat va fuqorolik jamyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o’rni.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning

V-bo‘lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston


Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga
ko‘ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi
hokimiyatni amalga oshiradi.
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o‘zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur
o‘zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni
shakllantirish uchun 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi.

1993-yilni 28-dekabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy


Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra respublika parlamentiga
saylovlar umumiy, teng , to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz
berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi I-chaqiriq Oliy Majlisiga
saylov respublikamiz siyosiy hayotida ulkan yutuq bo‘lib, bunda 250 deputatdan
iborat Oliy Majlis - Yangi Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida
tuzildi.
Oliy Majlis faoliyatini erkinlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi II-
chaqiriq Oliy Majlisining VII-sessiyasida ikki palatali parlament tuzish to‘g‘risida
umumxalq referendumi o‘tkazishga qaror qilindi. Shu asosda 2002-yil 27-yanvarda
o‘tgan umumxalq referendumida qatnashgan fuqarolarning 93,65 foizi parlamentni
ikki palatadan tuzilishini qo‘llab-quvvatladi.
1995-yil 23-24-fevralda chaqirilgan birinchi sessiyada O‘zbekiston parlamenti
hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini,
69 deputatdan tarkib topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni
uyushtirgan “Adolat” sosial-demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida “Vatan
taraqqiyoti” partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida va
uning qo‘mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan mamlakatimizni ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarish, qonunchilikni sifat
darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin umumxalq
muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir qildi.
1997-aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha vakil
(ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi.
4.Sharq va G’arb falsafasida inson muammosi.
O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom etgan bosqichidir. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer dengizi atrofiga yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning tushuntirishicha, xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi. Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining asosini tashkil etadi. Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir.
Sharq falsafasida inson muammosi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib, miflar, ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar o‘zlari yashab turgan atrof-muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni turli Xudolar ramzida ifodalashgan. Odamlar va Xudolarning turmush tarzlari bir xil, hatto ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga ega bo‘lganlar. Lekin Xudolar qudratli, kuchli, salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan. Asta-sekin o‘sha qudratlilik, yaratuvchanlik, buyuklik, barcha ishlarni uddasidan chiqa olish salohiyati odam, tirik mavjudot tomon og‘a boshlagan. Odam hamma narsaga qodir bo‘lgan. Dastlabki inson obrazini qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan Purusha misolida ko‘rishimiz mumkin. Eramizdan avvalgi XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob Rigveda, Atxarvaveda, Samoveda, Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida insonning qiyofasi haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin bu erda inson va uni yashaydigan joyi bo‘lgan jamiyat haqidagi qarashlar mifologik xarakterga ega. Vedalarda yozilishicha, bir butun yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson ikki yirik mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan bog‘liq. Qadimgi Hind vedalarida aytilishicha, olam bir butun, tirik mavjudotlarning hammasi o‘sha butunning ajralmas zarralaridir. Odam esa o‘sha tirik zotlarning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi odamzot tanasining shakli, jonining bir shakli tanadan boshqa shakl tanaga sonsanoqsiz marta kuchib o‘tishlari natijasida sodir bo‘lgan. Hind falsafasida axloqiy hatti-harakatlar o‘zgarishlar zanjiri, hayotning «aylanishi”ga kiritilgan: ..qayta tirilish – hayot – o‘lim – qayta tirilish – hayot – o‘lim... (sansara). Shunday qilib, renkarnatsiya g‘oyasi – bu spetsifik hindcha fenomendir. Buddani to‘rt oliy xaqiqati shu tinimsiz tug‘ilishdan qutilishdan iboratdir. 1. Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish – azob, qarilik – azob, kasallik va o‘lim – azob.O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish – azob, sevimli kishidan judo bo‘lish – azob, xohlagan narsani qondirish uchun kurashish – azob. Aslida xohish-istaklar va ehtiroslardan ozod bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu – azob haqidagi haqiqatdir. 2. YAshashga nisbatan kuchli irodaga asoslangan xohish, agar hatto uning izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bilan tugasada, o‘zi xohlagan narsani izlaydi. Bu – azoblarning sababi haqidagi haqiqatdir. 3. Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga etadi. Bu – azoblarning to‘xtatilishi haqidagi haqiqatdir. 4. Xohish-istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga (nirvanaga) erishish uchun, to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g‘ri turmush tarzi, kuchg‘ayratga erishish zarur. Bu – azoblarning sababidan xalos bo‘lish haqidagi haqiqatdir Inson va jamiyat haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni qadimgi Xitoy afsonalarida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, dastlabki inson Odam Ato Pango qiyofasida namoyon bo‘ladi. Eramizdan avvalgi XII asrda mavjud bo‘lgan CHjou davlatida dastlabki inson Odam Ato Pango yashagan ekan. Uning tanasidan tabiatning turli hodisalari kelib chiqqan ekan. Cheksiz bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning qudratli zarbasidan er va osmonga bo‘linib ketgan. O‘zining sehrli kuch qudrati bilan olamda tartib-intizom o‘rnatgan Odam Ato Pangodan odamzot bir umrga qarzdor emish. Inson to‘g‘risidagi mifologik-diniy qarashlar o‘rnini asta-sekin falsafiy qarashlar egallay boshladi. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu davrga kelib, qadimiy Chjou davlatida ijtimoiy munosabatlar keskinlashib ketdi. Ziddiyatlarning keskinlashib borishi o‘sha zamonning ijtimoiy tafakkurida ham o‘z ifodasini topdi. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy muhitdan izlay boshladilar. Inson yashayotgan tabiiy-ijtimoiy muhit o‘zgarishi bilan, uning o‘zi ham o‘zgarib borishi haqidagi fikr mulohazalar eramizdan avvalgi VI asrda vujudga kelgan daosizm ta’limotida olg‘a surilgan. Odam degan tirik mavjudotning paydo bo‘lishi sabablari, tabiati, olamdagi o‘rnini aniqlashda, odamning inson darajasiga ko‘tarilishida tarbiyaning ahamiyati haqida, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy, huquqiy normalarni tushuntirib berishda Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy ta’limotining ahamiyati katta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra odamlar bir-birlariga o‘xshab ketadilar lekin ular tarbiyasiga ko‘ra farq qiladilar. Ayniqsa ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgara borishi inson xulqatvorining o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan. Chunonchi, mutafakkirning e’tirof etishicha, odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lib, lekin xulq atvoriga ko‘ra ular bir-biridan yiroqdirlar. Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha – jen (insonparvarlik)dir. Lun Yuy (hikmatlar) kitobida shnday deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”, “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani o‘zgaga ham munosib ko‘rma, shunda davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan”6 . Inson va jamiyat haqidagi fikrlarni er. avv. VII-VI asrlarda o‘rta va yaqin SHarq mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoda keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ana shunday ta’limotlardan biri zardo‘shtiylik edi. Zardo‘shtiylik ta’limotining markaziy muammosi odam bilan olam o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jarayoni tahliliga qaratilganligi edi. Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i bilan bevosita aloqadordir. Ushbu ta’limotga ko‘ra, butun olam borlig‘i to‘rt unsurdan iborat. Olam borlig‘ining eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan odamning tabiati ham, shubhasiz o‘sha to‘rt unsur bilan bog‘liq bo‘ladi. Zardo‘shtiylik diniy-falsafiy qarashlarida ta’kidlanishicha, inson iymon e’tiqodining uchta yirik tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda faoliyatning insonparvarligi, Avestoda yozilishicha, iymon – e’tiqodning mustahkamligini ifodalovchi alomatlar turli – tuman bo‘ladi. Xususan bergan so‘zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdosotiqda tuzilgan shartnomalarga qat’iy amal qilish, aldamchilik va hiyonatdan holi bo‘lish iymon-e’tiqodlilik alomatidir. «Avesto»da axloqiy ideal voqelik bilan shunchalik chambarchas bog‘liqki, gap haqiqat yoki yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, go‘zallik va xunuklik haqida boradimi, barchasi hayotiy amallar orqali er yuzida boylik va ezgulik bunyod etishga qaratilgan. «Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning mohiyati er yuzini saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali ifodalanadi»7. Zardushtiylik ta’limotida jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy va falsafiy tizim yaratilgan bo‘lib, ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va havoni ilohiylashtirgan holda ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal birligida uning ekologik sofligini saqlashni o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-falsafiy qarashlarni Markaziy Osiyoda III asrda keng yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin. Moniy (216-277) qarashlari Zardo‘sht qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini yoyish uchun “Xuastuanift” kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib qiluvchi ushbu kitobdagi ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni yangicha davomiy ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot mazdakiylik edi. Mazdak ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasidagi sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. U jamiyatda xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi. Musulmon faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar. Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil topgan. Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7 A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini, Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, Momo Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom dinining ikki yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon falsafasida hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda o‘z ustozi Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u ichki ezoterik uslubdan foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi manbalarini o‘rgandi va uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari nuqtai nazaridan tahlil qildi. At-Termiziy Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan urfodatlari, rasm-rusumlari, marosimlarini musulmon madaniyati va axloqi qoidalariga moslashtirishda beqiyos ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar, normalari bilan boyitdi. Ayniqsa, inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda aqliy bilish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Qaerda bilim, ilmga e’tibor kamaysa, o‘sha erda odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar. Bilimsizlik – xurofotga moyillikni kuchaytirsa, ilm izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini yo‘qotishidir, deb tushuntiradi. SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa, inson bilan bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o‘rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish