1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Jan Jak Russoning pedagogik qarashlarining nazariy va amaliy ahamiyati nimada



Download 284,77 Kb.
bet63/106
Sana11.03.2022
Hajmi284,77 Kb.
#489252
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

58 Jan Jak Russoning pedagogik qarashlarining nazariy va amaliy ahamiyati nimada
RUSSO (Rousseam) Jan Jak (1712.28.6, Jeneva — 1778.2.7, Ermenonvil, Parij yaqinida) — fransuz faylasufmaʼrifatparvari, yozuvchisi, kompozitori. Fransuz sentimentayaizmining yirik vakili. Malay, xattot, murabbiy, musiqa oʻqituvchisi va boshqa ishlarda ishlagan. Parijda D. Didro rahbarligida tayyorlangan ensiklopediyaga musiqaga oid maqolalar yozgan. 1741 yilgacha Shveysariyada yashagan, keyin Parijga ketgan 1762 y. "Emil, yaʼni Tarbiya toʻgʻrisida" nomli pedagogik romani va "Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida" siyosiy risolasi chop etilgach, dindorlar tomonidan taqibga olingan R. Fransiyani tark etgan. 1770 y. u yana Parijga qaytib kelib notalarni koʻchirish bilan shugʻullangan. "Fanlar va sanʼatlar haqida mulohazalar" (1750) asarida tengsizlik va zulmga asoslangan oʻz davridagi tamaddunni tanqid qilib, uning oʻrniga "tabiiy holat"ni qoʻygan. Uning gʻoyalari keyinchalik "Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza" (1755) asarida oʻz ifodasini topgan. "Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida" risolasida (1762) ideal jamiyat manzarasini tasvirlagan. R. ingliz parlamentarizmini qoralab, xalq suverenitetini, xalq hokimiyatini himoya qilgan. Ped. masalalariga bagʻishlangan "Emil, yaʼni Tarbiya haqida" (1762) asarida sxolastik taʼlim va tarbiya usullarini tanqid qilgan, maktabning eng birinchi vazifasi haqiqiy inson va fuqaroni tarbiyalashdir deb uqtirgan. Bolalarda mustaqil fikrlash tarafdori boʻlgan. R.ning asarlari ("Harbiy asirlar", 1743; "Yuliya, yaʼni Yangi Eloiza", 1761; "Iqror", 1766—69; "Yolgʻiz xayolparastning sayri", 1777—78 va boshqalar) Yevropa adabiyotida psixologizmning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Sheʼrlar, dostonlar, operalar ("Kishloqlik jodugar", 1752—53) yozgan, bir pardali lirik sahna asari "Pigmalion" — melodramaning ilk namunasi hisoblanadi. R. gʻoyalari koʻpgina mamlakatlar ijtimoiy tafakkuriga va adabiyotiga taʼsir koʻrsatgan
59 Germaniyaning ijtimoiy, madaniy taraqqiyotida maktab va amaliy ahamiyati qanday
Konstitutsiyaga binoan davlat maorif tizimini umumiy nazorat qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Har bir yerda maorif masalalari bilan shugʻullanuvchi vazirlik bor. 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy. Oʻqish muddati — 12 yil Jumladan, bolalar toʻla oʻquv haftasi dasturi boʻyicha maktabda 9 yil, soʻnfa toʻliqsiz oʻquv haftasi dasturi boʻyicha hunartexnika bilim yurtida 3 yil oʻqiydi. Maktablar bir necha bosqichga boʻlinadi: boshlangʻich bosqich — 1—4 sinflar (baʼzi yerlarda 1—6 sinflar). Soʻng oʻquvchilar umumiy taʼlim maktabining uch toifasiga ajratiladi; keyinchalik hunar taʼlimi olish huquqini beradigan asosiy maktab (5—6 yil), kasbkor yoʻnalishidagi toʻliqsiz oʻrta taʼlim huquqini va oʻrta hunar-texnika oʻquv yurtiga kirish va uni bitirgach, texnika oliy oʻquv yurtiga kirish huquqini beradigan real maktab; toʻliq oʻrta maʼlumot beradigan va universitet hamda oliy oʻquv yurtlariga kirish huquqini beradigan gimnaziya. Umumiy taʼlim beradigan maktabning yangi toifasi — umumiy maktab ham mavjud. Unda bolalar 5sinfdan 10-sinfgacha oʻqiydi. Baʼzi umumiy maktablarda gimnaziyalarning yuqori sinflari tarzida tashkil etilgan yuqori sinflar bor. Aqli zaif va nogiron bolalar uchun maxsus maktablar bor. Ularga ham majburiy taʼlim joriy etilgan.
Hunar-texnika taʼlimi tizimida hunar maktablari, texnika va muhandislik bilim yurtlari, turli ixtisoslikdagi oʻrta maxsus taʼlim maktablari hamda maxsus oliy maktablar bor. Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, oliy badiiy maktablar, texnika maktablari va boshqalar kiradi. Ularda oʻqish pulli. Eng yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Geydelberg, Leypsig, Rostok, Berlin universitetlari. 1960-yildan keyin yana 20 ta universitet tashkil etildi. Ularning yonida texnika oliy bilim yurtlari va pedagogika institutlari mavjud. Maxsus oliy oʻquv yurtlari oliy taʼlimning eng yosh va hammaga manzur toifasi hisoblanadi. Ulardagi taʼlim ayniqsa muhandislik, iqtisodiyot, ijtimoiy taʼminot, dizayn va qishloq xoʻjaligi sohalarida koʻproq amaliy tarzda olib boriladi. Germaniyada har yili 10 mln. fuqaro bilim saviyasini oshirish imkoniyatiga ega. Malaka oshirishning eng yaxshi va samarali shakli xalq universitetlaridir. Germaniyada 11 ta mintaqalararo iqtisodiyot oʻquv markazi va 30 ta malaka oshirish instituti mavjud. Yirik firmalar oʻz xodimlari uchun alohida kurslar tashkil etadi.
Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlari oliy oʻquv yurtlarida, davlat va xususiy ilmiy tadqiqot muassasalarida va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot boʻlimlarida olib boriladi. Tadqiqotlarda Dyusseldorf, Gyottingen, Geydelberg, Leypsig, Mayns va Myunxenda joylashadi Fanlar akademiyasilari va 1992-yil qayta tashkil etilgan Berlin-Brandenburg badiiy akademiyasi oliy oʻquv yurtlari bilan uzviy hamkorlik qiladi. Mamlakatda 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari mavjud. „21-asr texnologiyalari“ deb atalgan ishlardan tashqari, jumladan, transport, ekologiya, sogʻliqni saqlash, informatika, shuningdek mayda va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.
Germaniyada 3 mingdan koʻproq muzey bor. Yerlar, shaharlar, uyushmalarning muzeylari, oʻlkashunoslik va xususiy muzeylar, ibodatxonalar, qasrlar, saroylardagi muzeylar, ochiq havo ostidagi muzeylar shular jumlasiga kiradi. Eng yirik muzeylari: Axendagi sobor xazinasi, Yangi galereya, Berlindagi „Prussiya madaniy bisoti“ davlat muzeyi, Bonndagi shahar sanʼat asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va Yangi ustalarning rasmlar galereyasi, „Kuk gumbaz“, Essendagi „Folkvang“ muzeyi kabi sanʼat muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat muzeyi, Kyolndagi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya milliy muzeyi kabi madaniytarixiy muzeylar, Berlin, Frankfurtmayn, Gyottingen, Hamburg, Kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Shtutgartdagi etnografiya muzeylari va boshqalar. Yirik kutubxonalari: Myunxendagi Bavariya davlat kutubxonasi (6 mln.dan ortiq asar saqlanadi). „Prussiya madaniy bisoti“ning Berlindagi davlat kutubxonasi (4 mln. asar), Kyolndagi Markaziy kutubxona, Volfenbyuttedsagi gersog Avgust nomidagi kutubxona (660 mingdan ortiq asar) va boshqalar.

Download 284,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish