Mintaqaviy ma’naviyat esa- muayyan geografik mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo’lgan manaviy boylikdir.
Umuminsoniy ma’naviyat- bu butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy- axloqiy boylikdir.
Milliy tuyg’u- shaxslar aro munosabat jarayonida, yuksak ma’naviy ichki tug’-yonlarda, ijodiy g’oyalar tug’ilishida,milliy zavq kabi ichki kechinmalarda aks etadi. Milliy meros-intelektual sohada o’tmishdagi ajdodlarimizdan avloddan-avlodga o’tib kelayotgan aqliy faoliyat natijalari, donishmandlarimiz ijodi namunalari, allomalarimizning adolatli jamiyat va komil inson tarbiyasi haqidagi ta’limotlardir. Ta’lim-tarbiya jarayonida vatanimiz tarixi, madaniyati, ilm-fan arboblari, mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar to’g’risidagi bilim berish o’quvchilarda g’urur va iftixor tuyg’usini vujudga keltiradi. O’zbekistonnning fan va texnikasi,unumdor yeri, tuprog’i, saxiy va zaxmatkash xalqi, foydali qazilmalari, jahon va umumxalq bozoridagi paxtasi, ipagi, qorako’l, oltini salmog’i ochib berilishi o’quvchilarda milliy ongini o’stiradi, milliy o’z -o’zini anglashni tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning eng muhim jihati hisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar ongida shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalar bilan boyitish, qadriyatlarning oqilona tadbirlariga e’tiborini qaratish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa
Buyuk sharq allomalarining milliy-ma’naviy merosi bola tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy badiiy merosi juda boy va kop qirralidir. U she’riy devonlar va yirik dostonlar yaratish bilan birga Markaziy Osiyoning XV asrdagi ma’naviy hayotni aks ettiradigan nasriy asarlar va ilmiy risolalar ham yozgan. Navoiy ilmiy va adabiy asarlarni yaratishda o’z davridagi olimlar, adiblar va shogirdlariga namuna bo’lgan. Uning deyarli barcha asarlari tarbiyaviy-marifiy ahamiyatga ega. Shoirning besh dostondan iborat shoh asari, “Xamsa” da inson kamolotining barcha masalalari qamrab olingan.Unda o’sha davr uchun dolbzarb axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar bayon qilingan. Adolat, muruvvat, saxiylik, odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq-vafo rostgo’ylik, do’stlik, o’zaro yordam va boshqa ajoyib fazilatlar, oddiy mehnatkashning jamiyatdagi o’rni ifodalangan. Ana shu olijanob fazilatlar ta’rifida alohida-alohida hikoyalar berilgan. Navoiyning didaktikaga oid asarlaridan eng muhimi yuqorida aytilgan ,,Mahbubul qulub’’dir. Kitob uch qismdan iborat. Birinchi qismda jamiyatning turli tabaqalari to’g’risida, ikkinchi qismda axloq va olijanoblik fazilatlar to’g’risida so’z yuritilgan. Uchinchi qismda esa tarbiyaviy va marifiy ahamiyatga ega bo’lgan hikmatli so’zlar va maqollar berilgan.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda buyuk bobomiz Navoiy merosini yosh avlodga chuqur o’rgatishimiz zarur. Zeroki,u o’z asarlarida milliy iftixor, xalqqa, ona tiliga,Vatanga mehr-muhabbat bilan qarash g’oyalarini targ’ib qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017yil, 6-son,70-modda.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.
R.A.Mavlonova,D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma T:.Fan va texnologiya 2012-yil
S.Nishonova, M.Imomova, R.Xasanov. Pedagogika tarixi. Darslik T.: O‘qituvchi 1996-yil.
M.Ochilov. Muallim qalb me’mori. O‘quv qo‘llanma T:.O‘qituvchi. 2004-yil.
N.Egamberdieva, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zMKN.T.: 2009-yil.
K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil
Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools. Michael Uljens. School Didactics and Learning: A School Didactik Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008-yil.
John Dewey,How we think(1910).Martin, Jay.The Education of John Dewey. (2003) Columbia University Press. Gutek Gerald L. (2009) New Perspectives on Philosophy and education. Pearson Education Inc.
Do'stlaringiz bilan baham: |