Issiqlik tarqalish turlari. Issiqlik almashinish jarayonlari. Issiqlik balansi. Issiqlik o’tkazuvchanlik. Fure qonuni. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsenti. Issiqlik nurlanishi . Stefan Bolsman qonuni. Krixgof qonuni.
Reja;
1. Issiqlik tarqalish turlari.
2. Issiqlik almashinish jarayonlari. Issiqlik balansi
3. Issiqlik o’tkazuvchanlik. Fure qonuni. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsenti.
4. Stefan Bolsman qonuni. Krixgof qonuni.
1. Issiqlik tarqalish turlari. Issiqlik — materiya harakati shakli; jismlar oʻrtasidagi issiqlik almashinish jarayonining energetik ifodasi. Materiyani tashkil qiluvchi mikrozarralar (molekula, atom, elektron va b.) ning betartib harakatlari miqdori I. ni ifodalaydi. I. va issiqlik miqdori atamalari bir xil maʼnoni bildiradi.
Issiqlikl haqidagi maʼlumotlar juda qadimdan maʼlum. Qadim zamonlarda I. ni jismlarning har xil holatiga bogʻliq boʻlgan qandaydir asos, negiz deb qaralgan. 16-asr gacha jismlarning qizish darajasi sezgi organlari yordamida aniqlangan. 16-asr da G. Galiley birinchi marta termometr yasab, jismlarning qizish darajasini (temperaturani) aniqlagan. 17-asr dan boshlab, I. holatini materiya tarkibidagi zarralar harakatiga bogʻlab tushuntira boshlangan (F. Bekon va R. Dekart). 18-asr birinchi yarmida D. Bernulli, M. F. Volter bu taʼlimotni yana ham rivojlantirdi. 18-asr da metallurgiya va bugʻ kuchiga asoslangan texnika juda taraqqiy qildi. Bu esa I. hodisalarini yana ham anikroq tekshirishni talab etdi. Ayniqsa, temperatura (termometriya) ni, I. miqdorini oʻlchash (kalorimetriya) usullari taraq-qiy qildi. 18-asr oʻrtalarida M. V. Lomonosov berk idishda moddalarning ku-yishini tajribada tekshirib, moleku-lyar-issiqlik nazariyasini kashf etdi. Nemis tabiatshunosi Yu. R. Mayer is-siklik va mexanik ishning ekvivalentligini asoslaganidan keyin (1850—60) J. Jdulʼ va fransuz olimi Girni tomonidan molekulyarkinetik nazariya qayta tiklandi va R. Klauzius hamda J. Maksvell tomonidan rivojlantirildi. Bu nazariyaga asosan I. jismlar tarkibidagi atom va moleku-lalarning betartib qarakatiga bogʻliq. Jismning temperaturasi koʻtarilsa, tarkibidagi molekula yoki atomlarning betartib harakati tezlashadi. Agar har xil trali ikki sistema birbiriga yaqinlashtirilsa (I. kontaktiga keltiril-sa), ularning ichki energiyasi oʻzgaradi; ikki sistemada makroskopik (koʻzga koʻrinadigan) ish bajarilmasdan I. almashinadi. Sistema makroskopik ish bajarmasdan tashqi muhit bilan I. almashganda tashqi muhitning ichki energiyasi oʻzgarishi sistema olgan I. deyiladi va bu I. sistemaning I. harakati miqdori ortishiga olib keladi. I. almashishda makroskopik ish bajarilma-sada, mikroskopik (koʻzga koʻrinmaydigan) ishlar bajariladi, yaʼni tashqi muhit molekulalari, atomlari mole-kulyar kuchlar bilan sistemaning molekulalari va atomlariga taʼsir qilib ish bajaradi. Mas, jism bilan qizdirilgan gaz I. kontaktiga keltirilganda gazdan jismga energiyaning oʻtishi gaz molekulalarining jism molekulalari bilan bevosita toʻqnashishi (mikroskopik ish bajarishi) orqali sodir boʻladi