1. Islom taraqqiyot bankini yuzaga kelish tarixi va a’zolari


ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi



Download 18,4 Kb.
bet3/3
Sana05.06.2022
Hajmi18,4 Kb.
#637465
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish

3. ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi.
ITB boshqaruv organlari va tashkiliy tuzilishi.
ITB a’zo-mamlakatlari o‘zlarining vakillari orqali bankni boshqarishda, rahbarlik organlari – Boshqaruvchilar kengashi va Ijrochi direktorlar kengashida ishtirok etadilar.
ITBni boshqaruv yuqori maslahat tashkiloti Boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi.Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishlari vaqtida yillik hisobotni baholash, foydani taqsimlash, grantlar berish, Direktorlar kengashi a’zolarini tayinlash va boshqa masalalar muhokama qilinadi.2003 yilning sentyabrida ITB Boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishi Olma-Ota shahrida bo‘lib o‘tdi.
Ijrochi direktorlar kengashi 18 ta a’zodan iborat.Ijrochi direktorlar kengashi tarkibining yarmi ITB kapitalida kattaroq ulushga ega a’zo-mamlakatlarning doimiy vakillaridan shakllantiriladi, qolgan yarmi esa Boshqaruvchilar kengashi tomonidan tayinlanadi.Qayd etish lozimki, 2011 yilda Ijrochi direktorlar kengashiga birinchi marta Qozog‘iston vakili saylandi.
Direktorlar kengashi ishiga doimiy qo‘mitalar yordam beradi: Ma’muriy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Audit bo‘yicha qo‘mita, Moliyaviy masalalar bo‘yicha qo‘mita, Amaliy faoliyat bo‘yicha qo‘mita.
ITBning tashkiliy tuzilishi 24 ta mustaqil faoliyatga ega tarkibiy bo‘linmalardan iborat.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi uchun ITBning Islom tadqiqot va oʻquv instituti bilan hamkorlik qilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, islom moliyasini respublikamiz amaliyotiga joriy qilish aholining bu boradagi moliyaviy savodxonligini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Islom tadqiqot va taʼlim instituti, musulmon mamlakatlarida aholining savodxonlik darajasini oshirish va kasbiy malakasining oʻsishiga koʻmaklashish maqsadida, 1981-yilda tashkil etilgan.
XX asrning 80-yillarida Islom instituti tomonidan kambagʻallikni qisqartirish maqsadida stipendiyalar dasturini moliyalashtirish joriy etildi. 2020-yilning boshiga kelib, ITBga aʼzo mamlakatlardan va aʼzo boʻlmagan mamlakatlarning musulmon fuqarolaridan 17 mingga yaqin talaba va olimlar Institut stipendiyasini olishdi.
Islom tadqiqot va taʼlim institutining taʼlim dasturlarini moliyalashtirishning umumiy hajmi 134 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
ITB va Oʻzbekiston oʻrtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlik boʻyicha ilk qadamlar qoʻyilmoqda. Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi bilan islom rivojlanish smart sinfi yaratish loyihasi boʻyicha 51535 AQSH dollari miqdorida shartnomalari imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi amaliyotiga islom moliyasini joriy etilishi islomiy moliyaviy vositalardan va islom sugʻurtasidan keng koʻlamda foydalanish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Buning natijasida, Islom investitsiyalarni sugʻurtalash va eksportni kreditlash korporatsiyasi bilan hamkorlik qilish imkonini yuzaga keladi.
Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash korporatsiyasi ITBga aʼzo boʻlgan mamlakatlar oʻrtasidagi tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va diversifikatsiya qilish maqsadida, 1994-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik uning faoliyati yoʻnalishi eksportning oʻsishiga koʻmaklashish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro savdo va sugʻurtada islomiy prinsiplarni qoʻllanilishiga koʻmaklashish hisobidan kengaydi.
Hozirgi davrda Islom investitsiyalarni sugʻurtalash va eksportni kreditlash korporatsiyasi ITBga aʼzo mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan, shu jumlada, eksport agentliklari bilan faol hamkorlik qiladi, tadbirkorlik riskini nazorat qilish instrumentlarini taklif qiladi. Ammo, korporatsiya shariat qoidalariga toʻgʻri kelmaydigan tijorat shartnomalarini sugʻurta qilmaydi.
Taʼkidlash joizki, ITB barqaror resurs bazasiga ega. Ustav kapitali ITBning barqaror resurs manbai boʻlgani holda, u investitsion faoliyatdan daromad oladi va jahon kapitallar bozoridan resurslar jalb qiladi. Bundan tashqari, ITB xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan investitsion hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Jumladan, ITB 2011-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan, 2018-yilda Jahon banki guruhi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan investitsion hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy bosqichida investitsiyalarni moliyalashtirishning istiqbolli shakli sifatida qaralmoqda. Shu sababli, 2019-yilda alohida qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-sheriklik toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonunga koʻra, davlat-sheriklik toʻgʻrisidadagi bitim doirasida xususiy sherikning va kreditorning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qoʻllab-quvvatlashning subsidiya, aktivlar va mol-mulk tarzidagi quyilmalar, byudjet ssudalari, byudjet grantlari kabi turlarini taqdim etadi.
Shu jihatdan olganda, ITBning davlat-sheriklik mexanizmi Oʻzbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda ITB ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar uchun davlat-sheriklik asosida moliyaviy resurslarini taqdim etadi.
Shunisi ahamiyatliki, ITB qisqa muddatli moliyalashtirishni amalga oshirishda Murabaxa shaklidan keng foydalanadi. Murabaxa sotib olish va qaytariladigan lizing boʻlib, ishlab chiqarish korxonalarining aylanma mablagʻlarga, shu jumladan, katta hajmdagi xom-ashyoga boʻlgan ehtiyojini 24 oygacha muddatga beriladigan moliyalashtirish asosida qondirish imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bagʻishlangan marosimdagi nutqida eʼtirof etganlaridek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichda davom ettirilayotganligining yorqin namoyondasi sifatida eʼtirof etish mumkin.
-aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish.
-ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish
-aʼzo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshq shakllarda moliyaviy yordam berish.
-aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish. Nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan.
-moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yoʻnaltirish va depozitlarini qabul qilish.
-aʼzo-davlatlarga texnik yordam koʻrsatish.
-musulmon davlatlarning rivojlanishi boʻyicha tashkilot aʼzolarini oʻqitishda xizmatlar koʻrsatish.
-bepul kreditlar berish.
Download 18,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish