2. Islom taraqqiyot bankini maqsadi va vazifalari.
ITB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratizilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi. Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB moliyalashtirgan mablag‘lar umumiy hajmi 2013 yilning oxiri holatiga 97,8 mlrd.dollarni tashkil etdi, undan 46,9 mlrd.dollari(48%) loyihaviy moliyalashtirishga, 49,8 mlrd.dollari savdoni moliyalashtirishga va 0,7 mlrd.dollari(1%) maxsus yordam uchun yo‘naltirildi.
ITB a’zo-mamlakatlarda taraqqiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun turli islomiy moliyaviy vositalardan foydalanadi. Ushbu vositalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Imtiyozli qarzlar. Kreditlar asosan uzoq muddatli loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida, qishloq xo‘jaligi va tayanch infratuzilmalarni rivojlantirish uchun davlat kafolotiga ega hukumatlar yoki davlat muassasalariga beriladi.Bunday qarz berish shariatga ko‘ra foizsiz hisoblanadi.Bank o‘zining ma’muriy xarajatlarini xizmat ko‘rsatish uchun olingan to‘lov hisobiga qoplaydi.
2. Texnik ko‘mak. Ushbu yordamning maqsadi aniq loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish, siyosatni shakllantirish, xodimlar tayyorlash va inson resurslarini rivojlantirish yoki muassasaviy ko‘makni ta’minlash maqsadida texnik bilimlar olishni moliyalashtirishdan iboratdir.
3. Lizing. ITB sanoatni moliyalashtirish holatlarida ishlab chiqarish liniyalari uchun zarur bo‘lgan mashina va asbob-uskunalar, elektr energiyasi ishlab chiqarish, kemasozlik va boshqa shu kabi alohida va bir toifadagi tarkibiy qismlarni o‘zida ifodalaydigan aktivlarni sotib oladi va keyin ma’lum bir vaqt mobaynida uni oluvchiga lizingga beradi.
4. Bo‘lib to‘lashga sotish. ITB ma’lum bir loyiha uchun zarur mashina/uskunalarni sotib oladi, keyinchalik ularni benefitsiar(mijoz)ga bank va benefitsiar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan ustamani qo‘shgan holda, qayta sotadi.
5. Istisno’. Ushbu usul aksar infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda qo‘llanadi.
6. Moliyalashtirish liniyalari. ITB kichik va o‘rta, ayniqsa sanoat sektoridagi korxonalarning o‘sishiga ko‘maklashuvchi milliy taraqqiyot moliya muassasalari(NDFI) yoki islomiy banklar(IB) uchun moliyalashtirish liniyalari taqdim etadi.
7. Kapitalda ishtirok etish(equity). ITB iqtisodiy va moliyaviy jihatdan yashovchan hisoblangan qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi loyihalarining hissadorlik kapitalida ishtirok etadi.
8. Murobaha. Ushbu usul tashqi savdoni moliyalashtirish uchun ishlatiladi.Bank so‘ralayotgan tovarni sotib oladi va uni benefitsiarga qayta sotadi.Importni moliyalashtirish holatida moliyalashtirish davri 30 oygachani tashkil etadi: eksportni moliyalashtirish holatida esa ushbu davr 120 oygacha uzaytirilishi mumkin.
9. Foydani taqsimlash(Profit Sharing). Foydani taqsimlash sherikchilik(mushoraka yoki muzoraba) shakllaridan biri hisoblanadi va loyihani moliyalashtirish uchun ITB hamda hamkor tomonning mablag‘larini birlashtirishni taqozo etadi; har bir sherik korxonadan kelib tushadigan sof foydadan foiz oladi ITB chet ellik taraqqiyot moliyaviy muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.2011 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Moliyaviy nazorat yuqori organlari halqaro tashkiloti, Butunjahon banki bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ITB loyihalarini moliyalashtirish ITBga a’zo-mamlakatlarning har biri erishishga intilayotgan Ming yillik rivojlanish maqsadlariga(Millennium Development Goals) muvofiq amalga oshirilmoqda.
ITB o‘z faoliyatida davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmini faol ishlatib kelmoqda, bu esa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni qo‘llash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi.Misol tariqasida, Malayziyaning Selangor shtatida tezkor avtomagistral qurish bo‘yicha Malayziya taraqqiyot banki bilan davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmi tamoyili bo‘yicha ITB tomonidan amalga oshirilgan loyihani keltirish mumkin.
ITB faoliyatining strategik muhim yo‘nalishi musulmon mamlakatlar aholisini malakaviy tayyorlash va o‘qimishliligi darajasini oshirish hisoblanadi.2012 yilgi faoliyat yakunlari bo‘yicha ITB portfelidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda eng katta ulushni ta’lim sohasidagi loyihalar egalladilar.Yuqoridagi tashabbuslar ishsizlik darajasini pasaytirishga va ITB a’zo-mamlakatlar mehnatga qobiliyatli aholisining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
ITB a’zo-mamlakatlarda qashshoqlikni bartaraf etishga alohida ahamiyat qaratdi.Ushbu muammoni yechish maqsadida mikromoliyalashtirishdan foydalanilmoqda.
ITB shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarga ham yordam ko‘rsatmoqda, bunda atrof-muhit himoyasi tamoyili hisobga olinadi.Jahondagi eng yaxshi taraqqiyot banklari amaliyotiga muvofiq, ITB investitsiyalarining sezilarli qismi infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
2012 yilda ITB mablag‘larini iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha taqsimlanishi energetik sektor ulushining (28,1%) yuqoriligi bilan ta’riflanadi, undan keyin suv bilan ta’minlash va shahar xizmati(18,7%), qishloq xo‘jaligi(16,9%), sog‘liqni saqlash(10,9%), transport(10,1%), ta’lim(6,5%), moliyalar(5,8%), sanoat va qazib olish(3%) hamda boshqalar(0,02%) turadi.
ITBga nafaqat moliyaviy vazifani amalga oshirish, balki Mavritaniya,Maldiv, Qirg‘iziston, Jibuti va boshqa kam taraqqiy etgan a’zo-mamlakatlarga texnik ko‘mak berish yuklatilgan.
Bundan tashqari ITB islomiy qimmatli qog‘ozlar – sukukni joylashtirish tashkilotchisi hisoblanadi.ITB shariat o‘rnatgan cheklovlar doirasida moliyaviy mablag‘larni jamlash uchun depozitlarni jalb qilish huquqiga ega.
Kredit, bozor va amaliyot xatarlarini o‘z vaqtida pasaytirish va baholash maqsadida ITB o‘z faoliyatida xatarlarni boshqarish maxsus vositalaridan foydalanadi.A’zo-mamlakatlar va boshqa qarzdorlarning kredit qobiliyati, moliyaviy barqarorligini doimiy monitoring qilish ITB kredit xatarini samarali boshqarish imkonini beradi.
Likvidlilik xatari va mustaqil xatarlarga alohida e’tibor qaratiladi.Buning uchun ITBda xatar - menejmenti faoliyatining samaradorligi ustidan ichki nazorat tizimi, yuqorida qayd etilgan xatarlar ahamiyati bo‘yicha limit va cheklovlar tizimi joriy etilgan.Xatarlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish maqsadida ishga vaqti-vaqti bilan tashqi maslahatchilar jalb etiladi.
Aʼzo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga taʼsir oʻtkazish.
OʻzbekistonRespublikasining ITBga aʼzoligining huquqiy asosi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2013-yil 27-avgustdagi 371-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Islom Taraqqiyot bankiga aʼzoligi toʻgʻrisida”gi qarori hisoblanadi.
Oʻzbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4224-sonli “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʻarmalari bilan sheriklikni yanada kengaytiriish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ITB bilan hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol oʻynadi.
Mazkur Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston va ITB oʻrtasidagi uzoq muddatli sherikchilikning asosiy yoʻnalishlari qilib quyidagilar belgilandi:
- energetika, yoʻl-transport, kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, uy-joy qurilishi, bank-moliya tizimini hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimlarini takomillashtirish hamda respublika tarmoqlari va hududlarini kompleks rivojlantirishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga ITB guruhining, shu jumladan, Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha islom korporatsiyasi (XSRBIK), Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK), Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash korporatsiyasi (IEKSIK), Islom tadqiqot va taʼlim instituti mablagʻlarini jalb qilish;
- energetika, yoʻl-transport, kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, uy-joy qurilishi, bank-moliya tizimini hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimlarini takomillashtirish hamda respublika tarmoqlari va hududlarini kompleks rivojlantirishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga ITB guruhining, shu jumladan, Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha islom korporatsiyasi (XSRBIK), Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK), Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash korporatsiyasi (IEKSIK), Islom tadqiqot va taʼlim instituti mablagʻlarini jalb qilish;
- bank sektorida islomiy moliyalashtirish asoslarini joriy etish, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini, jumladan vaqf-jamgʻarmalarni tashkil etish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va Oʻzbekistonda tatbiq qilish;
- respublika tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning eksport imkoniyatlarini mustahkamlash uchun XSRBIK, XISMK va IEKSIK moliyaviy resurslari va mahsulotlarini faol jalb etish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi salohiyatini oshirish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.
Afsuski, mamlakatimizning ITBning ustav kapitalidagi ulushi uning iqtisodiy salohiyatiga mos emas. Oʻzbekistonning ITBning ustav kapitalidagi ulushi 0,03 foizni tashkil etadi.
Eʼtirof etish joizki, islom moliyasini joriy qilish Oʻzbekiston moliya tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalaridan biri boʻlib turibdi. Bu esa, oʻz navbatida, ITB bilan islom moliyasining qonunchilik asoslarini yaratishda hamkorlik qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ushbu hamkorlikni amalga oshirishda ITBning Islom biznesi va moliyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi muhim rol oʻynaydi.
Mazkur Jamgʻarma 2010-yil 2-fevralda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi boʻlib, Rossiya Federatsiyasi va MDH (Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi) mamlakatlarida islom biznesi va moliyalarini rivojlanishi va takomillashishiga koʻmaklashish hisoblanadi.
Shu oʻrinda eʼtirof etish joizki, ITBning 46-yillik yigʻilishida ITB tomonidan Oʻzbekistonda Islom banki va moliya sohasining huquqiy asoslarini ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash uchun 265 ming AQSH dollari miqdorida texnik yordam granti ajratiladigan boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |