8. Bosh buxgalter qaysi hollarda soliq va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗g‗ri hisoblash hamda o‗tkazishga javobgar bo‗ladi?
a) Har qanday holda ham javobgar bo‗ladi
523
b) Faqatgina ularni hisoblash va o‗tkazish bilan o‗zi shug‗ullangan hollarda
c) Har qanday holda ham javobgar bo‗lmaydi
d) Faqatgina ushbu javobgarlik rahbarning buyrug‗i bilan unga yuklatilgan hollarda
9. Bosh buxgalterning majburiyatga kirmaydi:
a) Kreditorlik qarzlarini belgilangan muddatlarda to‗lash
b) Tovar moddiy boyliklarni qabul qilish va chiqim qilish hujjatlariga imzo qo‗yish huquqi berilgan shaxslarning ro‗yxatini tasdiqlash
c) Buxgalteriya schyotlarining ish rejasini tayyorlash va qabul qilish ishlariga rahbarlik qilish
d) Kassir hisobotini tekshirish va qabul qilish
10. Bosh buxgalterga kim ma‘muriy va jinoiy jazolarni tayinlash huquqiga ega?
a) Ma‘muriy sanktsiyalarni – ma‘muriy huquqbuzarliklar to‗g‗risidagi ishlarni ko‗rib chiqishga vakolati bo‗lgan organlar, jinoiy sanktsiyalarni – faqat sud
b) Ma‘muriy sanktsiyani – ish beruvchi; jinoiy sanktsiyani – sud
c) Ma‘muriy sanktsiyalarni – ma‘muriy huquqbuzarliklar to‗g‗risidagi ishlarni ko‗rib chiqishga vakolati bo‗lgan sudlar, jinoiy sanktsiyalarni – prokuratura, soliq inspeksiyasi
d) Hamma sanktsiyalarni sud belgilaydi
11. Bosh buxgalterga ma‘muriy jazo sifatidagi jarima qaysi ko‗rinishda o‗z ifodasini topadi?
a) Oylik ish haqiga nisbatan foyiz yoki qat‘iy belgilangan miqdorda davlat foydasiga undiriladigan pul
b) Eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorda davlat organlari, tashkilotlar, jamoa birlashmalari foydasiga undiriladigan pul
c) Qonun hujjatlarida qat‘iy miqdorda belgilangan, davlat foydasiga undiriladigan pul
d) Eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorda davlat foydasiga undiriladigan pul
12. Bosh buxgalterga nisbatan jarima ko‗rinishidagi ma‘muriy jazo tayinlangan. Ushbu sababga ko‗ra ish beruvchi bosh buxgalter bilan mehnat shartnomasini tugatishga haqlimi?
a) Ha, ish beruvchining tashabbusiga ko‗ra
b) Yo‗q
c) Ha, tomonlarning istak-xohishiga bog‗liq bo‗lmagan sabablarga ko‗ra
d) Yo‗q, chunki u o‗z oyligidan jarimani qoplaydi, korxona tomonidan qoplansa bo‗lishi mumkin
13. Bosh buxgalter qaysi xodimlarga nisbatan ularni boshqa lavozimga tayinlash, egallab turgan lavozimidan ozod qilish to‗g‗risida korxona rahbariga takliflar kiritish huquqiga ega?
a) Buxgalteriya xizmati xodimlari hamda moddiy javobgar shaxslarga nisbatan
b) Ichki auditorga nisbatan
c) Korxonaning barcha xodimlariga nisbatan
d) Ma‘muriy-boshqaruv xodimlariga nisbatan
14. Bosh buxgalterni ishdan bo‗shatishga qaysi biri asos bo‗lmaydi?
a) Buxgalteriya xizmatiga xona ajratilmaganligi
b) Korxona rahbarining o‗zgarishi
c) Ilgari mazkur ishni bajargan xodimni qayta ishga tiklash
d) Xodimning ishiga nomuvofiqligi
15. Bosh buxgalterning xo‗jalik operatsiyasini hujjat bilan rasmiylashtirish bo‗yicha talablarni qaysi xodimlar majburiy bajarishi lozim?
a) Korxonaning barcha xodimlari tomonidan
b) Faqat moddiy javobgarlar tomonidan
c) Faqatgina ombor hisobi bilan bog‗liq bo‗lganlar tomonidan
d) Faqatgina buxgalteriya xodimlari tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |