1. Ishlab chiqarish tadbirkorligi Tijorat tadbirkorligi



Download 70,37 Kb.
bet5/21
Sana17.04.2022
Hajmi70,37 Kb.
#558407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tadbirkorlik shakllari

Tijorat tadbirkorligi




Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog’liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari haridor tomonidan oldindan ko’zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozorining turi. Tovar birjasida o’zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o’z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo’yicha sotiladigan tovarlar (don, ko’mir, metall, neft, yog’och)ning doimo faoliyat ko’rsatuvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o’xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko’rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari fyucher bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo’yicha kontraktda ko’rsatilgan tovar uchun to’lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:

  • savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi;

  • tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal qiladi;

  • narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi.

Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdaagi tovar yoki tovar etkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo’ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va haridor o’rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birja-larda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin. Tovar bir­jalari birja operatsiyalari mazmuniga ko’ra real tovar bir­jalari va fyuchers tovar birjalariga bo’linadi.
Respublika tovar-xomashyo birjasi 1994 yili ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xomashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida brokerlar orqali harid qilingan mahsulotlar respublikadan tashqariga litsenziyasiz va bojxona to’lovisiz chiqariladi. Tovar-xomashyo birjasining bo’linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpog’iston Respublikasida tashkil etilgan.
Tovar-xom ashyo birjasi chet el davlatlari (Angliya, Pol­sha, Turkiya) hamda MDH mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston) ning tovar xom ashyo birjalari bilan, Kiev, Belarus universal birjalari bilan birjalararo aloqalarni yo’lga qo’ygan.
«O’zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozorini shakllantirishda zarur infrastrukturani yaratish maqsadida 1994 yili O’zbekiston shartnomalar va savdo bo’yicha davlat aktsiyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xo’jaligi ta’minotiga respublika moddiy-texnika ta’minoti idorasi rahbarlik qilgan. O’zbekis­tonda o’tkazilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar moddiy-texnika ta’minoti tizimini ham tubdan o’zgartirdi. «O’zulgur­jibirjasavdo» xo’jalik mexanizmini rejaviy moddiy-texnika ta’minoti tizimidan erkin xo’jalik aloqalariga o’tishini, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berishni, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish yo’li orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiy-texnika ta’minoti va sotish bozor usullari bo’yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kim oshdi savdolari yo’li bilan amalga oshiriladi.
Etkazib beruvchilar va iste’molchilar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri o’zaro manfaatli aloqalar moddiy-texnika ta’minotining etakchi shakli bo’lib qoldi. «O’zulgurjibirjasavdo» uyush­masi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirishga, tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirishga, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga ko’maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aktsiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, «Sanoatanjomkartonsavdo» aktsiyador­lik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika viloyatlari va Qoraqalpog’istondagi 14 ta hududiy tijorat-vosi­tachilik aktsiyadorlik kompaniyalari, aktsiyadorlik transport ekspeditsiya agentligi, aktsiyadorlik tovar xom ashyo birjasi, «Trastbank» aktsiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kim oshdi bozorlari direktsiyasi mavjud.

Download 70,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish