Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish sanitariyasi
Reja:
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari.
2. Ishlab chiqarish shovqini va titrashlarni xususiyatlari va ularni inson organizmiga ta’siri.
3. Zararli moddalar va nurlarni inson organizmiga ta’siri va ulardan himoyalanish.
4. CHang va uni organizmga ta’siri.
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishchilarga zararli ishlab chiqarish omillarini ta’sirini oldini oluvchi vositalar, sanitarik-texnik gigienik va tashkiliy tadbirlar sistemasidir. Ishlab chiqarish sanitariyasida asosiy e’tibor insonga havo muhiti va bevosita tegish orqali salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning zararli omillariga qaratiladi. Havo orqali ishchiga ta’sir etadigan zararlar, noqulay mikroiqlim, changlar, gazlar, shovqinlar, infra va ultratovushlar, ish joylarini yoki xonani etarlicha bo’lmagan va juda ham yoritilganligi elektromagnit, infraqizil, ultrabinafsha, radioaktiv va boshqa nurlanishlar ko’rinishlarida bo’lishi mumkin. Insonga zararli omillar ularga bevosita tekkanda ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ularga qattiq yoki suyuq zararli ,,moddali" uskunalar yoki jihozlarni misol qilib keltirish mumkin.
Ochiq maydonlarda dalada jarayonlarni bajarishda ishchilar xavfsizligi va sog’ligi meteorologik (havo haroratining yuqori yoki pastligi, shamol, yomg’ir, qor, quyosh radiasiyasi va boshqalar) sharoitga ham bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi esa ishlab chiqarish zararlarining ruxsat etilgan darajasi asosida sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishdir.
Ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ruxsat etilgan darajalari (RED) yoki miqdorlari (REM), mehnat sharoitlari tavsifini boshqa optimal ko’rsatkichlari, ishlab chiqarish ob’ektlari va xonalariga sanitar talablar maxsus ilmiy-tekshirish institutlari va laboratoriyalarida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan talablar esa qonun kuchini oladi va standartlar, sanitar va qurilish normalari hamda qoidalari ko’rinishida joriy etiladi.
Ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun ulardagi har bir mashina va mexanizmlardagi ish sharoiti, xavfsizlik standartlari va normalariga javob berilishi uchun vazirliklar va tegishli tashkilotlar o’zlarining asosiy e’tiborlarini qaratadilar.
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning vazifasi esa qayd qilingan mashinalarning hammasida ish sharoitini xavfsizlik standartlari va sanitariya normalari talabi bo’yicha taminlashdan iborat.
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislar bu masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun ishlab chiqarish sharoitidagi zararli omillarning xossalari haqida, mehnat sharoitini tahlil qilish usllari bo’yicha va ular asosida mehnat sharoitini yaxshilash va tashkil etish tadbirlarni ilmiy asoslash uchun etarlicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishikerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |