4. Ishlab chiqarish jaryonlarini tashkil etish tamoyillari
Iste’mochilarning doimiy o‘sib boruvchi talabini to‘laroq qoldirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarining keng qamrovi jarayonini takomillashtirib borish talab etiladi.
Ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli tashkil etish jarayoni makon va zamonda asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar hamda kishilar va ishlab chiqarishning moddiy elementlarini bigalikda muqobil birlashtirishdir.
Korxonalarda ishlab chiqarishni samarali tashkil etishni ta’minlaydigan asosiy tamoyillar quyidagilardir: ixtisoslashtirish, propolsionallik, to‘g‘ri chiziqlilik, uzluksizlilik, bir maromdalik.
Ixtisoslashtirish pritsipi. U shuni anglatadiki, har bir ish joyi, uchastkasi, sexi, oqimga qat’iy chegaralangan komenklaturadagi ish yoki jarayon ( bir tundagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ) biriktirilgan bo‘ladi. £at’iy belgilangan jarayonlar katta presslovchi, presslovchi jinchi vash u kabilar ish joyolarida bajariladi.
Proporsionallik tamoyili - ishlab chiqarish jarayoni, bo‘limlar va ish joylarida vaqt birligida ishlab chiqarish unumdorligi bir xilda bo‘lishligilir. Propotsionallik buzilganda ishlab chiqarishda uzluksizlilik, bir maromdalik ta’minlanmaydi va ish joylarida ortiqcha materiallar to‘planib qolishiga olib keladi. Paxta tozalash korxonasida press uskunasi ish unumi tola bo‘yicha jin batareyalari ish unumiga teng bo‘lishi lozim, agarda u teng bo‘lmasa yoki press uskunasi to‘xtab tursa, u holda press uskunasi uzatilyotgan paxta tolasini toylashga ulgurishi uchun jinlarga paxta xom-ayosi uzatilishi vaqtinchalik to‘xtatilib turilishi talab etiladi. Agarda paxta xom-ashyosini uzatish jin uskunasida unga qayta ishlov berish ish unumiga mos kelmasa, u holda paxta xom-ashyosi ortiqchaligi kuzatiladi va bunker-ta’minlagichda yig‘iladi.
To‘g‘ri chiziqlilik tamoyili talabi - mehnat predmetlari ( xom-ashyo, materiallar va h. k. ) ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ri oqimda joylashtirilishi va natijada qisqa masofadan o‘tishlari kerak.
Uzluksizlik tamoyili ishlab chiqarishda barcha tanaffuslarni imkoni boricha minimal darajagacha kamaytirishni nazarda tutadi.
Bir maromdalik (ritm) tamoyili teng vaqt oralig‘ida bir xil hajmdagi mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Oqim ritmi deb, oqim yo‘llarida mahsulotning birin-ketin tayyor bo‘lish davridagi bir-birlari orasidagi vaqt oralig‘iga ( intervalga ) aytiladi. Bu interval mahsulot ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun sarflangan ish vaqtini ( smena, sutka ) mahsulot hajmiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi:
bu erda, Pr- oqim ritmi;
Sv- sarflangan ish vaqti ( soat, minut );
Mx- mahsulot hajmi ( t., dona, mkvadrat)
Misol. Paxta tozalash korxonasida bir sumkada 400 shartli dona paxta tolasi toyi olingan bo‘lsa, oqim ritmi Pr quyidagiga teng:
minut bir dona moyni ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan vaqt.
Do'stlaringiz bilan baham: |