IN me’yorlash
Radiatsiya xavfsizligi me’yorlari (RXM — 76/78)
Aniq belgilangan 3 toifadagi nurlanuvchi shahs :
A — IN manbai bilan bog’liq xodim;
B — IN manbaiga yaqin joyda bo’lgan xodim (aholining chegaralangan qismi);
V — tuman,o’lka, viloyat, respublika aholisi.
Jiddiy organlar guruhi (ta’sirchanlik darajasi kamayishi bo’yicha):
1.Butun badan, jinsiy a’zp, qizil suyak iligi.
2.Muskul (mushak),
qalqonsimon bez, yog’ to’qimalari
va boshqa organlar, 1 va 3
guruhga tegishli bo’lgandan tashqari.
3.teri qoplamasi, suyak to’qimalari, panja, bilak, oyoq yuzi.
RHM (radiatsiyadan himoyalanish me’yori) da keltirilgan 76/78 asosiy oxirgi yo’l
qo’yiladigan dozani mumkin bo’lgan va nazorat darajasi A va
B toifadagi shahslar uchun
o’rnatilgan.
V toifasi uchun radiatsiya xavfsizligi me’yori o’rnatilmagan,
chunki nurlanishni
chegaralash, reglamentatsiya yoki tevarak atrofdagi radioaktiv inshootlar nazorati orqali amalga
oshiriladi.
A oxirgi yo’l qo’yiladigan doza – OD - izlanishlarni zamonaviy usullari ko’rsatishicha,
kalendar yilda xizmat ko’rsatayotgan xodimlarga shahsiy doza ekvivalenti bir tekis ta’sir etishi
muhim ahamiyatga egadir va ularni sog’lig’ida 50 yilda ham og’ish sodir bo’lmaydi
B oxirgi yo’l qo’yiladigan doza — OD – asosiy oxirgi yo’l qo’yiladigan dozada, bir tekis
nurlanishda, izlanishlarni zamonaviy usullari ko’rsatishicha xizmatchi xodimlarda 70 yilda ham
sog’lig’ida og’ish hosil bo’lmaydi.
Ionlashgan nurlanish manbai bilan ishlashning asosiy sanitariya qoidalari (ASQ)
OSP 72/78 — me’yoriy xujjat o’zida aks etiradi:
1.Radioaktiv moddalar va ionlashgan nurlanish manbai bo’lgan qurilmalarni o’rnatish
talablari.
2.Ular bilan ishlashni tashkil etish talablari.
3. Etkazib berish, tashish va hisobga olish talablari.
4.YOpiq manbalar bilan ishlashga bo’lgan talablar.
5.Manba
bilan ishlashda isitish, shamollatish va chang-gazlardan tozalashga bo’lgan
talablar.
6.Suv ta’minoti va kanalizatsiyaga bo’lgan talablar.
7.CHiqindilarni yog’sizlantirish, ketkazish va yig’ishga bo’lgan talablar.
8.Ish xonalari va uskunalarni dezaktivatsisi va parvarishi talablari
9.SHahsiy gigiena va ximoyaga bo’lgan talablar.
10.Radiatsiya nazoratini o’tkazishga bo’lgan talablar.
11.Radiatsiya avariyalarini oldini olish va ularning oqibatlarini yo’qotishga bo’lgan
talablar.
Ekspozitsiya dozasi kuchlanishi bo’yicha, tashqi ionlashgan
nurlanishdan himoya
loyihasida hisoblangan himoya koeffitsienti 2 tengdir.
Radioaktiv moddalarning ochiq manbaidagi barcha ishlar uch sinfga bo’linadi:
I. (eng xavfli). Ish uzoq masofadan turib bajariladi .
III-sinf
manbai bilan ishlaganda, mahalliy ventilyatsiya tizimidan (tortish javonlari)
foydaliniladi.
II- sinf
manbai bilan ishlashda, mahsus jihozlangan chiqish joylari (dush
va radiatsiya
nazoratini olib boradigan vositalari) bo’lgan alohida joylashgan binodan foydalaniladi.
I, II va III-sinf moddalari bilan ishlaganda radiatsiya nazoratini albatta o’tkazish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: