1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini tashkil etishning meʼyoriy-huquqiy asoslari tavsifi



Download 0,71 Mb.
bet10/12
Sana25.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#702908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
AUDITor Etikasi

- Ko'rsatilgan xizmat uchun to’lov. Tekshiruv uchun to'lov etika talablariga javob berishi uchun to'lov summasi tekshiruv hajmi va sifatidan kelib chiqishi lozim. To‘lov summasiga ko'rsatilayotgan xizmatning murakkabligi, auditorlar malakasi, auditorlik firmasining obro-e’tibori va auditor o‘z zimmasiga olayotgan javobgarlik kabi omillar ham ta’sh o'tkazadi. To‘lov summasi yuqoridagi omillardan qat’iy nazar faqat ma’lum maqsadlarga erishilishiga bog'liq bo'lishi qonunga zid amaliyot hisoblanadi. Auditor dastlab kelishilgan to'lov summasidan yuqori summani faqatgina tekshiruvga doir va dastlab ko‘zlanmagani, ammo majburiy amalga oshirgan qo‘shimcha xarajatlarini qoplaganlik uchun olishi mumkin.
Auditor xizmat uchun to‘lov summasi va shaklini oldindan kelishib qo'yishi kerak. Mijoz o‘z yillik daromadining katta qismini audit teksliiruvi uchun xizmat haqi sifatida berishi esa auditor tomonidan auditorhk etikasiga amal qilinganini shubha ostiga qo‘yishi mumkin.

  • Auditorlar o'rtasidagi munosabatlar. Auditorlar boshqa auditorlarga do'stona munosabatda bo'lishlari va ularning ishlarini asossiz tanqid qilmasliklari zarur. Mijoz talabiga ko‘ra tekshiruvda qatnashayotgan audilorlardan bir yoki bir nechtasi almashtirilsa, avvalgi auditor keyingi auditor bilan ham yaxshi munosabatlarni o'rnatishi, yangi auditor o‘z ishini yuqori sifat qilib o'tkazishi uchun barcha amaliy yordamni ko'rsatishi kerak.

  • Xodimlarning auditorlik fírmasi bilan munosabatlari. Malaka sertifikatiga ega bo'lgan auditor auditorlik firmasiga ishga qabul qilingach, shu o’rindagi butun faoliyati davomida firma obro‘sining ortishi va kelgusi rivoji uchun xizmat qilishi, firma rahbariyati va boshqa xodimlari, shuningdek, mijoz rahbariyati va xodimlari bilan do'stona munosabatlami o'rnatishi va ta’minlashi lozim. Auditorlik firmasi rahbariyati va xodimlarining o 'zaro munosabati xizmat ko'rsatish jarayonida umumiy javobgarlikka asoslanishi va firmaning xizmat ko'rsatish dohasini kcngaytirlsh va rivojlantirlshga qaratilishi zarur. Auditorlik firmasi o'z xodimlarining malakasini oshirishi ustidan doimiy nazoratni tashkil etilishi va uzluksiz ta ’limni ta’minlashi kerak. Rivojlangan davlatlarda yirik auditorlik firmalari «Professional rivojlanish» bo'limini tuzganlar. Bu bo'limning asosiy vazifalari qatoriga firma xodimlarining malakasini doimiy ravishda yuqori darajada bo'hshini ta’minlash maqsadida audit, buxgalteriya, sohq, qonunchilik, axborot texnologiyalari kabi sohalar bo‘yicha turli seminarlnr, trening kurslarlni tashkil etish, ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy gazeta, jurnallar va adabiyotlar nashrini yo’lga qo‘yish kabilar kiradi.

Auditorlik firmasida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘z vazifalariga halollik bilan, zimmalaridagi majburiyat va javobgarlikni his etgan holda yondashishlari, o‘z malakalarini oshirib borishga harakat qilishlari, ichki va tashqi hujjatlar bilan ehtiyotkor ishlashlari va mijoz rahbariyati, shuningdek, xodimlari bilan munosabatda mustaqillik tamoyilidan chetlashmasliklari zarur.
Auditorlik firmasini doimiy o'zgartiradigan, tekshiruv jarayonida kutilmaganda firmani tark etadigan xodimlar auditorlik etikasini qo‘pol ravishda buzgan hisoblanadilar.
Ma’lum sabablarga ko‘ra auditor hozirgi auditorlik firmasini tark etsa, yangi firmada faoliyat yuritish jarayonida avvalgi firma rahbariyati va xodimlari to‘g‘risida salbiy fikr bildirmasligi, bu firmada tekshiruv jarayonida qo‘llanilgan uslubiyatlarni, firma faohyati borasida o'ziga ma’lum bo‘lgan maxfiy ma’lumotlar va hujjatlarni oshkor etmasligi lozim.
Agar avvalgi xodimlar auditorlik firmasi manfaatlari va auditorlik faoliyati obro‘-etiboriga jiddiy ta ’sir etuvchi xatti-harakatlarni sodir etmagan bo‘lsalar, auditorlik firmasi rahbariyati ham uchinchi tarafga bu avvalgi xodimlarining professional va shaxsiy xususiyatlarini ochiq bayon etmasligi kerak.
Rivojlangan davlatlarda yangi auditorlik firmasiga ishga joylasliish uchun asosiy talablardan biri avvalgi auditorlik firmasi rahbariyatidan tavsiyanoma taqdim etish hisoblanadi. Ushbu tavsiyanoma juda katta ahamiyatga va kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Tavsiyanoma orqali auditorning e’tiborli bo’lgan ijobiy xususiyatlari va kamchiliklari yoritilishi mumkin. Shu sabab, ushbu hujjat xodimning yangi ishga qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi masalasini hal etishda katta o‘rin tutadi.
Biror sabablarga ko‘ra auditorlik firmasini tark etayotgan xodim ushbu firmaga tegishli, ahamiyatli va maxfiy hisoblangan barcha hujjatlarni, ma’lumotlarni, texnik vositalar (uyali aloqa, kompyuter)ni o‘z vaqtida topshirishi kerak.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish