1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik asoslari


Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik



Download 124,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.05.2022
Hajmi124,37 Kb.
#603230
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirish Hududni ijtimoiy-i

 
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik 
asoslari.
 
O`zbekiston Respublikasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy darajasi va iqtisodiy-tabiiy 
salohiyatidagi farqlar ularni istiqbolda hududiy va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan 
holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirishni 
taqozo etadi. 
Hududni iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish strategiyasini asoslashning quyidagi 
yo`nalishlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir: 
- hudud rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy 
jarayonlarni tahlil qilish; bu bosqichda hududning erishgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish 
darajasi tahlil qilinadi; 
- hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini asoslash; rivojlanishni prognoz 
qilish; strategiya asoslanib, hudud rivojlanishini tartibga solish metodlari tanlanadi
- kontseptsiya ishlab chiqish va hudud rivojlanishini davlat va bozor mexanizmlari orqali 
tartiblash metodlarini tanlash; 
- hududning moliyaviy resurslari o`sishini prognoz qilish; byudjet daromad qismini 
kengaytirish va mustahkamlash yo`llarini izlash; byudjet daromad qismini to`ldirishning 
yangi manbalarini aniqlash, turli mulkchilik shakllariga asoslangan tadbirkorlikdan, xorijiy 
investorlardan va nobyudjet jam`garmalaridan qo`shimcha mabla`glarni jalb etish
1

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tuzishda ma`lum tamoyillarga asoslanish 
kerak bo`ladi. Bu tamoyillar mintaqaviy iqtisodiy fan nuqtai nazaridan quyidagilardan iborat 
bo`lishi mumkin: 


- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-
tadbirlarining maqsadliligi; 
- hududni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha resurslarni to`plash va yo`naltirish; 
- belgilangan harakatni nazorat qilish va tartiblash imkoniyatlarining ochiqligi; 
- hudud rivojlanishini qo`llab-quvvatlashning individualligi; 
- qo`llab-quvvatlash mexanizmining ta`sirchanligi; 
- respublika va mahalliy hokimiyat organlarining hamkorligi hamda ular faoliyatining 
uy`gunligi. 
Hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hududiy rivojlanishni davlat 
tomonidan tartibga solishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. 
Hududiy dasturlarni bajarishga to`sqinlik qiladigan holatlar va omillarni aniqlash muhim 
ahamiyatga egadir. 
Hududlarni rivojlantirish bo`yicha qabul qilinadigan dasturlarning bajarilishiga ko`pgina 
hollarda quyidagi omillar to`sqinlik qilishi mumkin: 
- respublika va hududiy maqsadli dasturlarni tanlashning sinalgan tizimlarining mavjud 
emasligi, ularni amalga oshirish ketma-ketligining yetarli darajada asoslanmaganligi; 
- respublika tarmoq dasturlari hududiy jihatlarining yetarli darajada ishlanmaganligi; 
- tarmoq dasturlari hududiy jihatlari monitoringining yo`qligi; 
- respublika va hududiy dasturlarni amalga oshirish mexanizmining mustahkam emasligi; 
Respublika va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda maqsadli-dasturlash uslubidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu uslub pirovard natijaga erishish uchun iqtisodiy 
resurslarni yo`naltirishni ta`minlashni ifodalaydi. Uning yordamida eng muhim iqtisodiy, 
ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish muammolari hal etiladi. Bu muammolar amalda 
tarmoqlararo yoki hududlararo tavsifga ega bo`lib, xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega bo`ladi. 
Maqsadli dasturlar o`rta va uzoq muddatga mo`ljallab korxona, mamlakat va xalqaro 
miqyosda tuziladi. Dasturlar o`z ichiga pirovard va oraliq maqsadlarni, vazifalarni, ularni 
amalga oshirish chora-tadbirlarni, resurslar ta`minotini olishi kerak. 
Dastur maqsadi o`lchamga ega bo`lishi, chora-tadbirlar tizimi esa pirovard va oraliq 
maqsadlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi lozim. 
Maqsadli hududiy dasturlar hududiy rivojlanishni tartibga solishning samarali metodi sifatida 
davlat, mahalliy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarni uy`gunlashtirishi hamda jamiyatning barcha 
aholi tabaqalarini davlatning hududiy siyosatini amalga oshirishga da`vat etadigan, 
yo`naltiradigan bo`lishi kerak. Shuningdek, hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish 
dasturlari mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy me`yoriy xujjatlar asosida ishlab 
chiqilishi lozim. 
Hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan 
ko`zlangan asosiy maqsad hududiy iqtisodiyotni uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali 


foydalanish va tashqi manbalarni jalb etish yo`li bilan mutanosib va oqilona rivojlantirishdan 
iboratdir. 
Ushbulardan kelib chiqib, hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qo`yidagi vazifalarni 
bajarishga alohida e`tibor qaratish lozim bo`ladi; 
- hudud ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini umumiy baholash va iqtisodiy rivojlanishning asosiy 
tendentsiyalari, iqtisodiy o`sish muammolarini va rezervlarini aniqlash; 
- hududning mahalliy mineral-xom ashyo, yer-suv va mehnat resurslaridan foydalanishning 
miqdor va sifat darajalarini tahlil qilish; 
- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, istiqbolli 
tarmoqlar va hududning ixtisoslashish sohasini, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari 
rivojlanishining ustuvor yo`nalishlarini aniqlash; 
- maxalliy qishloq xo`jaligi va mineral xom ashyolardan samarali foydalanishga asoslangan, 
yangi eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlarni shakllantirishning aniq yo`llarini 
belgilash, jahon darajasidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha kam chiqindili va 
chiqindisiz texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni vujudga keltirish; 
- hududda qulay, jozibador investitsion muhitni yaratish, xorijiy investorlar, mahalliy 
korxonalar, tadbirkorlar, aholi mabla`glari va resurslarini kengroq jalb etish; 
- aholini ijtimoiy himoyalash va mehnat resurslarining oqilona bandligini ta`minlash 
mexanizmini ishlab chiqish; 
- xo`jalik sub`ektlari o`rtasida raqobat sharoiti va to`laqonli bozor infratuzilmasini vujudga 
keltirish; 
- hududni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ommaviy iste`mol mollari bilan o`zini-o`zi 
ta`minlashini oshirish; 
- qishloq aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni jadallashtirish uchun qulay 
sharoitni shakllantirish. Buning uchun hududga mahalliy soliqlar bo`yicha imtiyozlar berish 
maqsadga muvofiqdir. 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, 
ra`gbatlantirish orqali uning hudud yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirish; 
- hududning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish, eksport va import tarkibini 
oqilonalashtirish, hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini 
yanada yaxshilash va yangi qo`shma korxonalarni tashkil etish. 

Download 124,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish