3. Ehtiyojlarning to‘yinganligi to‘g‘risidagi aksioma. Unga binoan iste’molchilar har doim ne’matning kichikroq qismidan ko‘ra ko‘proq qismini afzal ko‘radi. Masalan iste’molchi bitta mashinaning o‘rniga ikkita mashinani afzal ko‘radi. Ushbu aksiomaga nafliligi manfiy bo‘lgan tovarlar misol qilinishi mumkin, chunki ular iste’molchining farovonlik darajasini pasaytiradi. Xususan, havoning ifloslanishi, shovqin iste’molchi uchun naflilik darajasini pasaytiradi.
Ushbu 3 ta aksioma (zaminlar) naflilikning funksiyasini aniqlash uchun zarur. Bu aksiomalar iste’molchining afzal ko‘rishini tushuntirmaydi, balki aks ettiradi. Har bir iste’molchiga afzal ko‘rishini o‘ziga xos xususiyatlarini befarqlik egri chiziqlari yordamida ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |