5. ISTE’MOLCHILAR TANLOVI NAZARIYASI
5.1 Iste’molchining afzal ko‘rishi va naflilik
Bozor iqtisodiyotida iste’molchi mahsulotga bo‘lgan talabni shakllantiruvchi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi iste’molchidan qanday mahsulotlarni qancha miqdorda ishlab chiqarish to‘g‘risida ma’lumotni bozordan, narx signallari orqali oladi. O‘z navbatida iste’molchilar mahsulot sotib olish yoki uni rad etish orqali ishlab chiqaruvchining ishini baholaydilar. Demak, iste’molchi bozorda ne’matni afzal ko‘rish asosida o‘zlariga maksimal naf keltiradigan qilib tanlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |