Beshinchi omil – vaqt omili yoki talabning qanday vaqt oralig‘ida o‘zgarishi. Iste’molchining qaror qabul qilish muddati qancha ko‘p bo‘lsa, talab shunchalik elastik bo‘ladi. Buning sababi shundaki, ko‘plab iste’molchilar iste’mol qilishga odatlanib qolgan mahsulot narxining biroz oshishi darhol talabning o‘zgarishiga olib kelmaydi, biroq birmuncha vaqt o‘tgach, ular o‘zlarining didlarini o‘zgartirishi mumkin. Masalan yengil avtomobil qimmatlashdi deb faraz qilamiz, bu mashinaga bo‘lgan talabning darhol elastik bo‘lishiga olib kelmaydi, chunki insonlar avtomobilda kam yurishadi, uni kam sotib olishadi, so‘ngra avtomobil o‘rniga metro, avtobus va shu kabilardan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |