Ikkinchi omil. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi. Bunday sharoitda narx oshganda talab narxi o‘zgarmagan boshqa tovarga ortadi, chunki, bu tovarlar o‘rinbosar bo‘lib, ehtiyojni bir xil qondiradi. Masalan, o‘rinbosar mahsulotlar - grechka va guruch, mol go‘shti va qo‘y go‘shti, sariyog‘ va margarin. Agar o‘rnini bosadigan tovarlar bo‘lmasa , unda talab elastik emas (insulin, tuz).
Uchunchi omil- bozorning tavsifi. Agar bir tarafdan, bozor tor bo‘lsa, narx o‘zgarishi u erdagi ma’lum tovarga bo‘lgan talabni elastik qiladi, ikkinchi tarafdan, bozor kengroq bo‘lsa o‘rinbosar tovarlarni topish mumkin, bu yerda bir tovarga narxning o‘zgarishi unga talabni elastik qilmasdan boshqa tovarga ko‘chirib, uning talabini elastik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |